Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

 
38. 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakat strategiyasi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan 
tantanali marosimdagi “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt 
taraqqiyoti va xalq farovonliginining garovi” nomli ma'ruzasida parlament nazorati 
va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan taklif va mulohazalar ilgari 
surilgan
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat 
rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, 
mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni 
amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha 
Harakatlar 
strategiyasi 
to‘g‘risida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 7 fevral 2017 yildagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlandi 
hamda kuchga kirish sanasi 8 fevral 2017 yil deb belgilab qo‘yildi. 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, qo‘yidagicha: 
 
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatimizni modernizatsiya 
qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi va davlat 
xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotni 
tartibga solish borasidagi funksiyalarini qisqartirish, “yagona oyna” tamoyili 
bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini keng joriy etish, jamoatchilik 
nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish va fuqarolik jamiyati institutlari 
hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo‘lida davlat va jamiyat 
qurilishini takomillashtirish; 


26 
 
sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquqva 
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash, yurtdoshlarimiz 
tomonidan odil sudlovga erishish darajasini oshirish, jinoyatchilikka qarshi 
kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, sud 
jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va xizmatlar 
sifatini tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq 
tizimini yanada isloh qilishga e'tiborni yanada kuchaytirish; 
 
iqtisodiyotning 
ochiqligi 
va 
raqobatdoshligini 
oshirish, 
iqtisodiy 
mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va 
iqtisodiy o‘sish sur'atlarini saqlab qolish, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini 
modernizatsiya va faol diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini tubdan isloh 
etish, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama himoya qilish, tashqi iqtisodiy 
aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, turizm 
tarmog‘ini samarali rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni 
amalga oshirish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 
 
ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirish, aholi 
bandligini ta'minlash masalasini samarali hal etish, fuqarolarni zamonaviy va arzon 
uy-joylar bilan ta'minlash, uy-joy va kommunal xo‘jaligini, sotsial infratuzilma 
ob'ektlarini modernizatsiya qilish, aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni 
saqlash, ilm-fan, ta'lim-tarbiya tizimini, yoshlarga oid davlat siyosatini 
takomillashtirish yo‘lida ijtimoiy sohani rivojlantirish; 
 
davlatning mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mintaqamizda 
xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini vujudga keltirish, jahon 
hamjamiyatida mamlakatimizning ijobiy xalqaro nufuzini mustahkamlash yo‘lida 
xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirish 
hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritishdur. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin