Qobiliyatini rivojlantirishda innovatsion



Yüklə 360,49 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix21.06.2023
ölçüsü360,49 Kb.
#133827
huquq-darslarida-o-quvchilarning-mustaqil-fikrlash-qobiliyatini-rivojlantirishda-innovatsion-texnologiyalarning-o-rni



109 
HUQUQ DARSLARIDA O’QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH 
QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION 
TEXNOLOGIYALARNING O`RNI 
Kazbekova Gauxar Ibraximovna,O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi 
huzuridagi Nukus "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi o`qituvchisi 
Qisqa annotatsiya. Maqolada, huquq darslarida o’quvchilarning mustaqil fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning o`rni, o`quvchilarning huquqiy 
bilim , ko`nimalarini rivojlantirish ,qonunlarga rioya etish ko`nikmalarini rivojlantirishga 
oid masalalar tahlil etilgan. 
Tayanch so`zlar: huquq, qonun, huquqiy ta`lim, huquqiy savodxonlik, huquqiy axborot, 
mustaqil fiklash. 
Bugungi kun talablaridan biri — o’quvchi yoshlarni erkin, mustaqil fikrlashga 
o’rgatishdir. Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi 
muqarrar. Mustaqil fikrlashning ahamiyati beqiyos katta. O’quvchilarda erkin fikrga ega 
qilish pedagoglarning eng muhim vazifalarimizdan biridir. Shundan kelib chiqib, har bir 
pedagog o’zining asosiy e’tiborini quydagilarga qaratishi lozim: 
-O’qitish jarayonida o’quvchilar bilan hamkorlik qila olish; 
-Darsda va darsdan tashqari vaqtlarda o’quvchilar faolligini oshirish; 
-O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish; 
- Davlat va huquq asoslari darslariga o’quvchilar qiziqishini o’stirish. 
Hozirgi kunda o’quvchilarning bilim va amaliy ko’nikmalarini muntazam egallab 
borishlariga erishish o’quvchining muxim vazifalaridan xisoblanadi. Bu vazifani 
o’quvchilarning mustaqil ishlarisiz hal etib bo’lmaydi. Shuning uchun ham dars va darsdan 
tashqari mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarning mustaqil ishlariga alohida e’tibor berish 
lozim. O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishiiig metodik usullari xilma- xildir. 
Mustaqil ish sinfda va uyda sinfdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida ham 
bajariladi.O’qituvchining vazifasi sinf o’quvchilarining ish faoliyati ustidan nazorat qilish, 
ular mustaqil ishni ongli bajarishlariga erishishi lozim. O’qituvchining rahbarlik roli shunga 
qaratilgan bo’lishi kerak. O’quvchi dars jarayonida u yoki bu masala yuzasidan fikr-
muloxazalar yuritsin, o’ylab ko’rsin, o’z fikrini bayon qilsin, xulosalar chiqarsin. 


110 
O’quvchilarga darsda yangi ma’lumot berish jarayonida o’qituvchining bayoni 
oldindan belgilab qo’yilgan savollar yordamidagi suhbat bilan qo’shib olib borilsa, 
o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish va mustaqil fikrlashga o’rgatish uchun katga 
imkoniyat tug’iladi. Bunda o’qituvchi butun dars davomida shu faollikni saqlashi va 
o’quvchilarning mustaqil fikrlashini kuzatib borishi lozim. Shu tarzda dars boshidan 
oxirgacha o’quvchilarning faol ishtirok etishlari va o’qituvchining savollariga mustaqil 
javob berishlari asosida o’tadi. O’quvchilarning javoblari ongli, to’liq va mustaqil bo’lishi 
kerak. Tadqiqotchi R.Boymirzaevaning ta’kidlashicha, “...ta’lim muassasalarida huquqiy 
fanlar doirasida huquqiy ong va huquqiy madaniyat mavzusini alohida o‘qitish jarayonida 
innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, tegishli qonun hujjatlarida va 
dasturlarda ushbu masala ustuvor vazifa sifatida belgilash kerak”
34
, deyiladi. 
O’quvchilar savollarga javob berishda hamma vaqt ham o’rganilayotgan materialning 
tomonlarini to’liq ochib bera olmaydilar. Bunday vaqtlarda asosiy savollar bilan birga 
qo’shimcha savollardan ham foydalanishga to’g’ri keladi. Yordamchi savollar malum 
maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi, berilgan savolga javob berishda ochilmay qolgan 
o’rinlarni to’ldirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Shuning uchun bunday savollar o’qituvchi 
tomonidan sharoitni xisobga olgan holda beriladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, 
o’quvchilarda huquqga oid bilim va malakalarni vujudga keltirish jarayonining hamma 
tarkibiy qismlarini bir darsning o’zida amalga oshirib bo’lmaydi. Bu ishda o’quvchilarning 
mustaqil mutolaasi, darsdan tashqari mashg’ulotlar katta ahamiyatga ega.
O’quvchilarga davlat va huquq asoslari fanidan eng muxim manba - darslikdir. Undan 
tashqari xujjatlar bilan ishlash, badiy, huquqiy adabiyotlardan foydalanish, mavzuga oid 
referatlar yozish, tarixiy mavzularda kechalar, ma’lum bir mavzuda munozaralar o’tkazish 
ham o’quvchilarni ta’limiy o’stirish vositasi hisoblanadi. O’qituvchi o’quvchilarga 
darslikdagi savol va topshiriqlarni muntazam bajarishga odatlantirish orqali mustaqil 
ravishda aqliy faoliyat bilan shug’ullanishi, tarixiy xodisalarni taqqoslab ko’rishi, 
34
Boymirzayeva Raximaxon. “Huquqiy bilim berish –ta’lim oluvchilarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini 
shakllantirishning samarali omilaridan biri sifatida”. Ilmiy maqola. Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirirish hududiy markazi “Fan va jamiyatning o‘zaro ta’siri – modernizatsiya va 
innovatsion rivojlanish sari yo‘l” xalqaro onlayn ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari to’plami.2- 
tom.10.06.2020.Namangan. B-287 


111 
tushunchalarni umumlashtirishni, ijtimoiy xodisalar sabablarini aniqlashni, asosiy sababni 
asosiy bo’lmagan sababdan ajratishni, to’g’ri xulosa chiqarishni, xulosalarni asoslab 
berishni o’rgatib borishi kerak. O’quvchilar o’qituvchi bergan topshiriqni bajarish 
jarayonida mustaqil holda izlanadi, fikr yuritadi. Eng muhimi mustaqil fikrlashga o’rganadi. 
O’qituvchi o’quvchi fikrini tinglashi, so’ngra esa uning kamchiliklarini muxokama qilish 
jarayonida sinf o’quvchilarini bahsga chorlashi yaxshi natija beradi. Fikr - muloxaza bahs 
jarayonida tug’iladi. Sinfdagi barcha o’quvchilarni bahsga chorlash ularni rag’batlantirib 
turish, o’quvchilarni cho’chimay o’z fikrini ochiq aytishga, erkin fikr bildirishga, o’z fikrini 
asoslab berishga - ijodiy fikrlashga olib keladi. 
O’qituvchi qo’llaydigan metodik usullar o’quvchi fikrlash qobiliyatining o’sishida 
muhim ahamiyatga ega. Bitta mavzuni turli xil metodik usul, vositalar bilan ochib berish 
mumkin. Masalan: ishlash, muammoli vaziyat yaratish, qiyosiy taxlil usullaridan, 
noan’anaviy usullardan foydalanish mumkin.O’quvchilarning fikrlash qobiliyati bilan 
bog’liq malaka va ko’nikmalariga quyidagilarni kiritish mumkin: huquqiy bilim beruvchi 
manbalarni tahlil qilish, tarixiy voqea va xodisalardagi eng asosiy, muxim narsalarni ajrata 
olish, huquqiy tushunchalarni ta’riflab berishga o’rgatish.O’quvchilarning fikrlash 
qobiliyati bilan bog’liq malaka va ko’nikmalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Huquqiy hodisalarning joyini aniqlash, huquqiy voqelikni tilga kiritish. 
2. Voqealar va hodisalarni taqqoslash, qiyoslash. 
3. Axborotlar, ma’ruzalar, referatlar tayyorlash, kichik badiiy-huquqiy asarlarni tahlil 
etishga o’rgatish. 
4. Huquqiy bilim beruvchi manbalarni tahlil qilish, manbalarning eng asosiysini ajrata 
olish, huquqiy tushunchalarga ta’riflar berish.
Huquqiy bilim olgan shaxs o’z bilimini hayotda amaliyotda ishlata bilish, tadbiq eta 
olishi kerak. Masalan, bunday shaxs inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari , burchlari
bo’yicha o’rganganlaridan hayotda foydalana olish, qonun asosida o’zini himoya qila olishi 
lozim
35
. Demak ,bugungi o’quvchilar ertaga huquqiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan 
yetuk shaxs sifatida jamiyatning faol a’zolariga aylanadilar. 
35
Боймирзаева Р.Х .”Таълим муассасаларида ҳуқуқий билим беришнинг ўзига хос хусусиятлари ”. Илмий 
мақола. Халқ таълими. Журнал 2016 йил 1-сон.Б-84. 


112 
Shunday qilib, dunyoqarashning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lgan ana shu 
malakalarni takomillashtirib borish o’z-o’zidan o’quvchida erkin fikrlash qobiliyatining 
shakllanishiga olib keladi.Maktab davri shaxsning shakllanishi jarayoni kechayotgan 
bosqich hisoblanadi. Shu davrda o’z fikrini erkin aytishga, o’z qarashlarini himoya etishga 
odatlanmagan.Bizning vazifamiz, har bir o`quvchiga to`g`ri va tezkor qarorlar qabul 
qilishni o`rgatish,huquqiy ongini rivojlantirish hamda qonunlarga hurmat nazari bilan 
qaraydigan shaxsni tarbiyalashdir . 
Adabiyotlar 
1. Huquqshunoslik.Adademik litseylar uchun darslik.T..; Sharq.2020. 
2.Boymirzaeva R.X.”Ta’lim muassasalarida huquqiy bilim berishning o’ziga xos 
xususiyatlari ”. Ilmiy maqola. Xalq ta’limi. Jurnal 2016 yil 1-son. 
3.Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirirish hududiy markazi “Fan va jamiyatning o‘zaro ta’siri – modernizatsiya va 
innovatsion rivojlanish sari yo‘l” xalqaro onlayn ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari 
to’plami.2- tom.10.06.2020.Namangan.

Yüklə 360,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin