Monarxiyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 1) monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig‘i
sifatida maydonga chiqadi;
2) monarx davlatni yakka o‘zi boshqaradi;
3) monarx hokimiyati muqaddas deb e'lon qilinadi;
4) monarx o‘z faoliyatida rasman mustaqildir;
5) muddatsiz va umrbod boshqaruv;
6) monarx yuridik jihatdan o‘z boshqaruvining natijasi uchun javobgar emas.
Monarxiya mutloq (cheklanmagan) va parlamentar (cheklangan) shakllarda
bo‘ladi.
Davlat hokimiyatini boshqa bironta idora bilan cheklanmagan monarx (qirol,
podsho, imperator) amalga oshirsa, bunday monarxiya mutloq monarxiya bo‘ladi.
Masalan: Saudiya Arabistoni, Qatar, Omon, Birlashgan Arab Amirliklari.
Agar monarxning hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan biron bir
vakolatli idora bilan cheklangan bo‘lsa, bunday monarxiya cheklangan (konstitutsiyaviy, parlamentar) monarxiya bo‘ladi. Masalan: Buyuk Britaniya,
Daniya, Norvegiya, Shvetsiya.
“Respublika” yunonchadan tarjima qilingan bo‘lib, umumiy ishdegan
ma'noni bildiradi. Respublika davlat boshqaruvining hokimiyat oliy idoralari
muayyan muddatga saylanadigan shaklidir.
Respublikaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 1) hokimiyat oliy idoralarining saylab qo‘yilishi;
2) hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi;
3) hokimiyat oliy organlarining o‘z qarorlarini saylangan muddati davomida
qabul qilishi;
4) qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi organ bo‘lgan sudlar obro‘ining
ortishi;
8
5) fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi.
Respublika prezidentlik va parlamentar respublika ko‘rinishida bo‘ladi.