Tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


 Davlatning qanday belgilari mavjud?



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/61
tarix10.11.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#68317
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Davlat-va-huquq-asoslari-oqituvchilari-uchun-metodik-tavsiyanoma

 
4. Davlatning qanday belgilari mavjud?

Davlatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 
1. Chegaralangan hudud va aholining hududlar bo‘yicha uyushganligi. Davlat 
paydo bo‘lgan jamiyatda fuqarolar ma'lum bir hududga birlashadilar. 
2. O‘ziga xos ommaviy hokimiyat – davlat hokimiyatining mavjudligi, ya'ni davlat 
o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun boshqaruv apparatini shakllantiradi. 
3. Suverenitetning mavjudligi, ya'ni ichki va tashqi siyosatni amalga oshirishda 
boshqalarning aralashuvisiz mustaqil faoliyat yuritishi.
4. Huquq ijodkorligi, ya'ni davlat hududida yashovchi barcha kishilar rioya 
etadigan qonunlarni chiqarishga qodirlik.
5. Chegaralarning dahlsizligi hamda aholining xavfsizligini ta'minlash uchun 
armiya va ichki ishlar organlarining mavjudligi. 
6. Davlat xazinasining mavjudligi. Davlat apparatini saqlash hamda aholining kam 
ta'minlangan qismiga yordam berish uchun aholidan olinadigan soliqlarning 
mavjudligi. 
 
 
5. Davlat funksiyasi deganda nima tushuniladi? 
 
Davlatning funksiyalari – davlatning maqsad va vazifalarini amalga 
oshirishga qaratilgan faoliyatning asosiy yo‘nalishlaridir. Davlat funksiyalarining 
asosiy belgilari: 
1) mazmuni – davlat faoliyati bir hil jihatlarining yig‘indisi; 
2) miqyosi – funksiyalar davlatni bir butun sifatida qamrab oladi; 
3) xususiyati – kompleks, majmua; 
4) 
maqsadi – insonning ijtimoiy himoyalanganligi, tashqi xavfsizlik va
boshqalar. 
Davlat funksiyalari quyidagicha tasniflanadi
 faoliyat doirasiga ko‘ra (ichki va tashqi); 
 faoliyat muddatiga ko‘ra (doimiy va vaqtinchalik); 
 ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra (asosiy va asosiy bo‘lmagan); 
 amalga oshirishning huquqiy shakllariga ko‘ra (huquqni ijod qilish, huquqni 
ijro qilish va sud). 
 
Davlatning ichki funksiyalari mamlakat ichki hayotini boshqarishga 
qaratilgan faoliyatning asosiy yo‘naliishlaridir. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin