O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
Maktabgacha ta’lim va boshlangich ta’limda masofaviy ta’lim kafedrasi
“ Boshlang'ich ta'lim ” yo’nalishi
Shahnoza Ashirova
« Alohida olingan so’zlar »
mavzusida yozgan
KURS ISHI
Qabul qildi:________________________________
Jizzax – 2023-yil
Mavzu: Alohida olingan so’zlar
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………
1.bob Alohida olingan soz turkumlarining tarifi, turlari va Grammatik xususiyatlari
So’z turkimlariga nima kiradi ………………………………..
1.1 Alohida olingan so’z turkimlari………………………………..
2.bob BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI O’QITISH METODIKASI
2.1 O'quvchilarning alohida olingan so’zlar haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish……………………………………………
2.2 O‘zbek tilida so‘z yasash yo‘llari haqida
Xulosa………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati………………………………….
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta‟lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‟nalishi darajasiga ko‟tarildi. O‟zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan Kadrlar Tayyorlash Milliy Dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta‟lim tizimi barpo etildi. Videoselektor yigʻilishida taʼlim sohasidagi muammolar, ularni hal etib, taʼlim sifatini oshirishga oid vazifalar muhokama qilindi.Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini taʼkidladi.Bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika boʻyicha dunyoda eng ilgʻorlardan biri.– Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham oʻzgarmaydi,1 – dedi Shavkat Mirziyoyev.Dunyodagi zamonaviy oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikalarini oʻrganib, yurtimiz umumtaʼlim maktablarida joriy qilish muhimligi taʼkidlandi. Xalq taʼlimi vazirligiga ushbu tajriba asosida Milliy oʻquv dasturini ishlab chiqib, 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab taʼlim jarayoniga sinov tariqasida tatbiq etish vazifasi qoʻyildi.
Ona tili bilan iftihor qilish , uni asrab – avaylash , rivojlanishi , istiqboli haqida qayg’urish biz uchun azaliy me’ros , qadimiy an’ana , ezgu qadriyatdir. Zero , bu til Navoiy va Bobur , Munis va Ogahiy , Muqimiyva Furqat , Anbar otinlar tilidir. Bu til dunyoga ilk bor turkey ”Xamsa”ni tadbiq etgan tildir. Shuning uchun ham biz – o’qituvchilar o’quvchilarni ona tilini 1 – sinfdanoq chuqur o’rganib borishga , qadrlashga va hurmat qilishga o’rgata borishimiz lozim. Bugungi kunda maktabda ona tilini o’rgatish o’quvchilarning nutq madaniyatini shakllantirish , ularning bilish faoliyatini boyitish , nutq ko’nikmalarini hosil qilish , ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi asosiy masalalarni o’z ichiga oladi. Shuningdek o’quvchilar boshqa fanlardan beriladigan bilmlarni puxta o’zlashtirishlari va olgan bilimlarini hayotga qiynalmay tadbiq eta olishlari uchun ham ona tilini yahshi bilishlari , fikrlarini og’zaki va yozma ravishda erkin ifodalay olishlari kerak. Chunki ona tili boshqa fanlarni o’rganishning kaliti hisoblanadi. Ona tili darslarida mustaqil so’z turkumlarini o’rganish har bir sinfda o’ziga hos metodni talab etadi. Ikkinchi sinf so’z turkumlarini o’rganishda boshlang’ich bosqich hisoblanadi. Dasturga ko’ra , ot , sifat , son , fe’l terminlari berilmagan holda.
Ikkinchi sinfda narsa va shahs nomini bildirgan so’zlar , ya’ni so’z turkumlari mavzusiga o’n soat vaqt ajratilgan bo’lib , har bir so’z turkimiga oid so’zlarning aniq ma’nosi grammatik belgilari bilan harakterlanadi.
Barcha otlarga xos umumiylik narsa va shahs ma’nosini ifodalashdir. Ot aniq narsalarning ( kitob , daftar , javon ) kishilarning ( ona , ota , aka , singil ), jonli mavjudodlarning (qaldirg’och , sigir , chumoli ) , tabiat hodisalarining ( yomg’ir , qor , shamol , bo’ron , sel ) , voqea hodisalarning ( majlis , kurash , harakat ) , belgining (yahshilik , kuchlilik ), vaqtning (yoz , qish , bahor , peshin ) nomini bildiradi.
Bu sinfda , asosan aniq narsalarni , kishilarni , jonli mavjudodlarni ifodalaydigan otlar yuzasidan kuzatish o’tkaziladi. O’quvchilar narsa , shahs va uning nomi bo’lgan so’zni bir – biridan farqlashga o’rganadilar , so’zning leksik ma’nosiga ( har bir so’zning ma’no bildirishiga ) e’tibor oshadi , so’zlarning ma’nosini hisobga olgan holda ularni guruhlash ko’nikmasi shakllana boradi ( masalan , ish qurollari, sabzavotlar , mevalarni ifodalovchi so’zlar kabi ).
So’zlarni guruhlash ularni taqqoslash , ohshatish yoki farqli tomonlarini aniqlash , abstraklash ( narsa yoki hodisalarni fikran tasavvur etish , ularning muhim hususiyatlarni umumlashtirish ) ko’nikmalarini o’stiradi. Demak , bolalarni otni o’rganishga tayyorlash ularning muayyan ko’nikmalarini bilib olishlariga erishish hamdir.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida mustaqil so’z turkumlarini o’rganish-atrofdagi narsalarni,borliqni o’rganishning asosi hisoblanadi.Tilshunoslikning bu bo’limi o’quvchining tasavvurini,tushunchasini o’stirishga uni dunyoni tushunishga,dunyoqarashini o’stirishdagi xissasi juda katta,shu jihatdan mavzumiz dolzarbdir.
Dostları ilə paylaş: |