Abdulla qodiriy



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə2/91
tarix30.03.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#91316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Abdulla qodiriy (1)

1-mavzu
KIRISH
Reja
1. «O’zbek adabiy tili tarixi» til tarixi fanlaridan biri sifatida.
2. Adabip til tarixi va uning manbalari.
3. Adabiy tilning shakllanishida uslublar taraqqiyoti.
4. Adabiy tilning shakllanishida uslublar taraqqiyoti.
5. O’zbek tilining boshqa turkiy tillar o’rtasida tutgan o’rni.
6. O’zbek adabiy tili va qadimgi turkiy til, qadimgi yozuvlar.
7. O’zbek adabiy tili va essh turkip til, yozuv yodgorliklari.


O’zbek adabiy tili tarixi o’zbek tilshunosligi doirasiga kiradigan ixtisosiy fanlardan biridir. Ma’lumki, o’zbek tili tarixi uch mustaqil predmetni o’z ichiga oladi. Bular - «Qadimgi turkiy til», «O’zbek adabiy tili tarixi» va «O’zbek tilining tarixiy grammatikasi» predmetlaridir. Bu uchala predmet ichki xususiyatlari bilan bir-biriga bog’lik bo’lishiga karamasdan, tekshirish obyektlarini o’rganish usullari jihatidan bir-biridan farq qiladi.
«Qadimgi turkiy til» kursida barcha turkiy qavmlar uchun mushtarak sanalgan turk runiy yozma yodgorliklari, ularning fonetik, leksik va morfologik va sintaktik xususiyatlarini o’rganiladi.
«O’zbek tilining tarixiy grammatika»si tilning fonetik sistemasi taraqqiyotini, grammatik strukturasining rivojlanishini o’rganish bilan qiziqadi. Lekin til hodisalarining ijtimoiy hodisalar bilan munosabati, stillar taraqqiyoti va uning turli ko’rinishlari, tilning normasi kabi masalalar uning tekshirish doirasidan chetda qoladi. Bularni esa «O’zbek adabiy tili tarixi» predmeti tekshiradi.
«O’zbek adabiy tili tarixi» kursi til taraqqiyotini xalq tarixi bilan bog’lišlik holda yoritib beradi. Adabiy til stilida yuz beradigan barcha o’zgarishlar u yoki bu darajada xalqning moddiy va ma’naviy hayotida yuz beradigan o’zgarishlar bilan bog’lišdir.
O’zbek adabiy tili tarixi bir qator fanlar bilan bog’liš ravishda o’rganiladi va ular bilan uzviy bog’lanadi. Birinchi navbatda, o’zbek tilshunosligi doirasiga kiradigan fanlar bilan uzviy bog’lanadi. «O’zbek adabiy tili tarixi», «O’zbek tilining tarixiy grammatikasi», «O’zbek dialektologiyasi»ning bergan ilmiy xulosalariga suyanadi. Ayni zamonda hozirgi o’zbek adabiy tili kursiga ilmiy zamin hozirlaydi. 2-
navbatda «Adabiyot tarixi» fani bilan bog’lanadi, chunki ulkan va boy madaniy yodgorliklarimiz shu davr tilini tashuvchi manba xisoblanadi. 3-navbatda «O’zbekiston tarixi» fani bilan munosabatda bo’ladi, chunki adabiyot va til tarixini xalq tarixisiz tasavvur qilish mumkin emas.
O’zbek adabiy tili tarixining asosiy manbalariga yozma obidalar - badiiy, ilmiy asarlarning mantlari, sheva materiallari, joy nomlari, kishi ismlari, hozirgi o’zbek adabiy tili materiallari, tarixiy lingvistik lug’atlar, turkshunoslikka oid o’zbek, rus va xorijiy olimlarning tadqiqot va qo’llanmalari kiradi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin