QARLUQ-XORAZM ADABIY TILI VA UNING MANBALARI HAQIDA Qoraxoniylar davlati hukmronligi tugagandan keyin Xorazmda qarluq-xorazm adabiy tili vujudga keldi. Bu til mo’g’ullar istilosidan so’ng ikki bir-biriga yaqin bo’lgan adabiy tillarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Ulardan biri Oltin O’rda yoki Xorazm adabiy tili va ikkinchisi Chig’atoy ulusining tili. Karluq-xorazm adabiy tilining yodgorligi sifatida Rabg’o’ziyning «Qissasul-anbiyo», Alining «Qissai Yusuf», Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat» kabi asarlarni ko’rsatish mumkin. Shundan «Qissasul anbiyo» asarining til xususiyatlari bilan tanishamiz.
«QISSASUL ANBIYO» ASARINING TIL XUSUSIYATLARI. Mo’g’ullar istilosi ma’lum darajada diniy reaksiyaning kuchayishiga olib keddi. Bu holat badiiy adabiyotga ham ta’sir qildi. Aksariyat adiblar diniy qonunlarni xalqša tushunarli tilda yoritishga xarakat qildilar. Bunda ular šissa janridan foydalandilar. Qissalarda esa so’zlashuv tiliga ko’plab murojaat qila boshladilar. Natijada xalq tiliga xos elementlar ayrim diniy afsonaviy syujet asosida yozilgan asarlar uslubiga kirib keddi. Shu jihatdan Rabg’uziyning «Qissasul 20 anbiyo» asari xarakterlidir. Rabђuziy XII asrning oxiri va XIV asrning boshlarida yashagan. Uning «Kissasul-anbiyo» asari shu davr tilini o’rganishda muhim manbadir. Bu asar 72 qissani o’z ichiga olib, unda «Qur’on» va boshqa diniy kitoblarladi syujet saqlangandir.
Rabg’uziy islom dinini targ’ib qilish maqsadida xalqqa tushunarli bo’lsin uchun xalq so’zlashuv tiliga murojaat qiladi. Asarda xalq og’zaki ijodida mavjud bo’lgan qissa va latifalar stili ustun darajada o’z ifodasini topgan. Bu esa kitobiy til bilan xalq tilini bir-biriga yaqinlashtirish imkonini tug’dirar edi.
Rabђuziy bayon etish uslubini juda soddalashtirgan va asarida xalq ertaklari uslubini tanlab, «Qissadan xissa» chiqarib boradi. Xalq mašollaridan ham ustalik bilan foydalangan.
«Qissai anbiyo» asari fonetik jihatidan d-lashishning kamayib, y-lashish hodisasidan kengrok qo’llangan davriga to’g’ri keladi. Ba’zi o’rinlarda har ikkalasi parallel qo’llangan: idi-izi (janob-xudo), qaygu, qayguluq va h.o.
Morfologik xususiyatlariga nazar tashlaganda quyidagilar qo’rinadi:
qaratqich kelishigi -nың//-ң//-nuң//-ы-i/-/in affiks variantlariga ega: Arabnuң adabы bar. Ul eliң әvlәri. jo’nalish kelishigi -ђaru//-g’әrү affiks variantiga ega; tashqaru, qayg’aru, ungaru (oldinga) Asarda kishilik olmoshlariga kelishik qo’shimchalari ikki marta qo’shilishi mumkin: Bizindin qachtыn. Sizindin kedim. Jamlik son -әgu affiksi bilan hosil qilingan: ikәgү, үchәgү.