Savol va topshiriqlar: 1. Alisher Navoiy tilining dialektal xususiyatlari nimalardan iborat? 2. XV asrning 2-yarmidagi tarixiy sharoit haqida gapirib bering. 3. Alisher Navoiy o’zbek tilining asoschisi deganda nima nazarda tutiladi? 4. Alisher Navoiy asarlarida o’zbek tili me’yorlari qanday belgilangan? 5. Alisher Navoiy o’z asarlarida qo’llagan «turkiy», «turkcha» atamalarining qanday ma’nolarda qo’llangan? Tayanch tushunchalar: Atama – ilm-fan, texnika, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarga oid tushunchalarning aniq atamasi bo’lgan so’z yoki so’z birikmasi atama deyiladi. Har bir fan, kasb-hunar o’z terminlariga ega, shu terminlar jami iborat leksikada.
Leksika – tildagi so’larning jami leksikani tashkil etadi. Leksikologiya tilshunoslikning leksikani o’rganuvchi sohasidir.
O’g’uz tili – turkiy xalqlarning ikki katta guruhga, sharqiy va g’arbiy xunnga bo’linishi natijasida tillar o’rtasida tafovutlar ham sezilarli darajada o’zgardi. O’g’uz tilli turkiy xalqlar g’arbiy tillar guruhiga kiradi.
7-mavzu XVI ASRDA BUYUK ALISER NAVOIY TRADISIYASI VA O’ZBEK ADABIY TILI TARAQQIYOTINI O’RGANISHDA BOBUR, MUHAMMAD SOLIH ASARLARINING AHAMIYaTI Reja: 1. XVI asrda Alisher Navoiy yaratib qoldirgan an’ananing davom zttirilishi. 2. Bobur asarlari tili. Bobur asarlari tilida turkiy so’zlarning ishlatilishi. 3. Muhammad Solih dostonining til xususiyatlari 4. XIV-XVI asrlar adabiy tilida arabcha, forscha so’zlar. XVI asrga kelib temuriylar avlodlari o’rtasida uzluksiz davom etgan ziddiyatlar, mamlakat ichidagi turli xarakterga ega bo’lgan qarama qarshiliklar temuriylar davlatining iqtisodiy-siyosiy hayotini, harbiy šudratini zaiflashtirib yubordi. Tarixdan ma’lumki, XV-XVI asrlarda temuriylardan bo’lgan, Boburning otasi Umar Shayx Mirzo Farg’ona ulusining hukmdori bo’lgan. U aka-ukalari - Hisor hokimi Sulton Maxmud Mirzo, Samarqand hokimi Sulton Mahmud Mirzo, Samarqand hokimi Ahmad Mirzo, Qobul xokimi Ulug’bek Mirzolar bilan taxt talashib, jiddiy kurashlar olib borar edi. Bularning hammasi tashqi xujum uchun hamda uning yengil muvaffaqiyati uchun keng imkoniyat tug’dirardi. Natijada Shayboniylar tomonidan temuriylar davlati yemirilib, uning o’rnida Shayboniylar hukmronligi boshlandi, Shayboniylar davrida ham tashqi jihatdan markazlashgan davlat tuzilsa ham u uzoq davom etmadi. Bu Abulxayrxon o’limidan yaqqol sezilgan edi.
Bobur lirikasida ham arabcha-forscha so’zlar qo’llangan. Lekin Navoiy asarlaridagiga nisbatan kamroqdir. Masalan, «Ne hush bo’lg’ayki» matlali g’azal 63 ta so’z qatnashgan bo’lib, undan 5 tasi kishi nomlari, 35 ta turkiy, 23 ta arabcha-forscha so’zlardir. Ayrim g’azallarida bu nisbat yana ham ortib borishi qo’llangan arabcha-forscha so’zlar ham shu davr shuningdek hozirgi davr o’kuvchilariga tushunarlidir. Quyidagi g’azalga diqqat qiling:
Keldi ul vaqtki bashыmnы alыb ketgәymen
Ālam ichrә ayag’ыm yetgәnichә yetgәymen.
Istәrәm өzni aziz elgә kөrүnmәsliktin
Nechә өzүmni ulus kөzidә xār etgәymen?
Xalq yүz javr ilә ishlәr bugarur kāsh elniң
Ne yүzin kөrgәmenu ne sөzin eshitgәymen
Har sarы barsa bu devāna kөңүl, ayb etmәs
Oyla devāna emәskim anы berkitgәymen.
Demә Baburga netәrsen bash alыb ketmәkni
Tangrining xosti mundaq esә men netgәymen?
Ko’rinib turibdiki, bu g’azaldagi barcha so’zlar alohida izohga muhtoj emas. Shu jihatdan «Boburnoma» asari tili ham xarakterlidir.
«Boburnoma»ning 14 ga yaqin qo’lyozma nusxalari mavjud bo’lib, ularning ko’pchiligi XVII-XVIII asrlarda ko’chirilgandir. Bular hozir Leningrad, Kalkutta, Haydarobod, London kabi shaharlarda saqlanadi. Uning bir nusxasi 1737 yilda ko’chirilgan bo’lib, shu nusxa asosida 1875 yilda N.Ilminskiy Qozonda nashr qildi. Haydarobod nusxasi asosida ingliz olimi A.Beverij 1905 yilda Londonda asarni nashr qilgan. «Boburnoma»ning Qozon va London nusxalari asosida 1948-49, 1960 va 1965 yillarda grafikasida nashr etildi.
«Boburnoma» XVI asr prozasining nodir yodgorligi bo’lib, faqat XVI asr boshlaridagi tarixiy voqyealarni to’g’ri aks ettirish jihatidangina qimmatli bo’lib qolmay, u o’sha davrdagi o’zbek tilining xususiyatini ko’rsatib beruvchi manba hamdir. Z.M.Bobur bu asar orqali xalq jonli tilining boyliklarini chuqur o’rganib va egallab olganligani, adabiy tilni xalq jonli tiliga yaqinlashtirish uchun harakat qilganligini ko’ramiz. Bunda u xalq og’zaki ijodiga xos maqol va iboralarni ko’plab qo’lladi. Masalan, Dushman ne demәs, tushga ne kirmәs. Deh kajvu, daraxshon kujo? Va boshqalar.
Shunday qilib, Bobur lirikada turkiy suzlarni ko’plab qo’llab, o’quvchilar diqqatini o’ziga jalb qilgan bo’lsa, «Boburnoma» asari bilan o’zbek badiiy prozasi sohasida yetarli tajribaga ega bo’lmagan bir davrda proza tilida katta muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi.
«Shayboniynoma» XVI asr adabiyoti va tilining nodir yodgorligidir. Bu asar avtori Muhammad Solih esa o’z zamonasining eng ma’rifatli kishilaridan bo’lishi bilan birga talantli shoiri ham bo’lgan. U o’z ijodini g’azallar yozish bilan boshladi. Lekin uning g’azallari bizgacha yetib kelmagan. Doston 76 bobdan iborat bo’lib, 4456 baytdan tashkil topgan. Dostonning 1-bobi munojot, 15 bobi lirik chekinishlar va qolgan 60 bobi esa tarixiy voqyealarga bag’ishlangan. Poemaning boshqa dostonlardan farqi shundaki, bunda asar asosiga afsonaviy voqyea va hodisalar emas, balki shoir o’z ko’zi bilan ko’rgan voqyealar olingan.
«Shayboniynoma»ning qo’lyozma nusxalari ko’p emas. Hozirgacha 1510 yilda Qosim ismli kotib tomonidan ko’chirilgan Vena nusxasidan foydalanib kelinmoqda. Shu nusxa asosida 1885 yilda Vamberi dostonni Venada nemischa tarjimasi bilan nashr qildirdi. Vamberi nashri asosida P.M.Melibranskiy 1904 yilda Peterburgda ikkinchi marta chop qildi. P.M.Melibranskiy nashri asosida ba’zi aniqliklar bilan hozirgi o’zbek grafikasida nashr qildi.
M.Solihning «Shayboniynoma» asariga leksik jihatdan yondoshsak, u o’z asarida forscha-arabcha so’zlarni ozroq ishlatishga, mumkin qadar jonli tildagi so’zlarni ko’proq ishlatishga harakat qilganini ko’ramiz. Dostonda iste’moldan chiqa boshlagan, badiiy adabiyotda siyrak uchraydigan quyidagi so’zlarni uchratamiz, ob ag’a (bobo), abag’a (amaki), qabqa (darvoza), yag’ (dushman). Mazkur doston orqali maishiy sohaga, harbiy texnikaga va boshqa sohalarga so’z va terminlar o’zbek adabiy tiliga kirib keldi. Masalan, qurol nomlari - sag’ыt, dubulg’a, maңlaylыq,, zānuband; jangchilar turadigan joy nomlari - peshxāna, sarāparda, bavarjixāna, shāmiyona; ot-ulov nomlari - qo’tos, yejishi, ubchin; may idishi nomlari - ko’raki, mashraba;, mato nomlari - joja, alocha; palos nomlari — debā, gāli, mafrash, nāmādi shatranjip; urug’ va qabila nomlari - burqut, mang’it, nayman, do’rmon, o’tun, jaloyir, qorliq, sulduz, nukuz va boshqalar.
Umuman, Muhammad Solih Alisher Navoiyning o’zbek adabiy tili taraqqiyoti uchun kurash yo’lini davom ettirgan shoirlardan biridir.