XIV-XVI ASRLAR ADABIY TILIDAARABCHA, FORSCHA SO’ZLAR Akademik V.Radlov eski o’zbek tili, chig’atoy tili, usmonli turk tili kabi turkiy, arab va fors elementlarining aralashuvidan hosil bo’lgan su’niy bir til degan fikrni ilgari suradi.
Ma’lumki bunday elementlarning shu davr adabiy tilida mavjud bo’lishi turli tarixiy sharoitlar bilan bog’liqdir. Albatta, bunga sabab fors-tojik adabiyoti bilan o’zbek adabiyotining yaqinligi buldi. Shu tufayli XIV asrning 2-yarmi va XV asrdan boshlab šadimgi turkiy so’zlar zamona talablariga muvofiq arabcha va forscha so’zlar bilan almashtiriladi. Bundan tabiiy ko’pchilikni diniy-ilohiy tushunchalar ifodasi bo’lgan so’zlar tashkil qiladi: idi-ega, xudo, alla, taolo; uchmaq-jannat, behisht, tamug-do’zax kabilar.
Qadimgi turkiy so’zlarnimg arabcha-forscha so’zlar bilan almashtirilishi diniy tushunchalar doirasida emas, balki hayotiy so’zlar doirasida ham yuz bergan: balыq-shahar, asig-fāyda, achun-dunyo, irin-lab va h.o.
Shu davrda ijod etgan o’zbek shoirlarining ba’zi asarlari tili ham yuqoridagidan qolishmaydi. Hatto o’zbek tilining himoyachisi sifatida nom chiqargan Navoiy ham arab, fors-tojik so’z - iboralarni ma’lum sabab va sharoitlarga ko’ra ko’p ishlatgandir.
Shu davr adabiy tilida arab, fors-tojik so’z va iboralarning haddan tashqari ko’p ishlatib yuborilganligi o’zbek tilining kambag’al vav ma’lum tushunchalarni ifodalay olish imkoniyatiga ega bo’lmagan til ekanligani bildirmaydi.
O’zbek tili arab va fors-tojik tillaridek murakkab tushunchalarni ifoda qilish imkoniyatiga ega bo’lgan tillardan bo’lgan. Lekin bu til zamonasiga ko’ra adabiy-badiiy jihatdan, ilmiy terminologiya jihatdan ishlanmagan edi. Ma’lum tushunchalarni ifoda qiluvchi so’z va ifodalar o’zbek tilida mavjud bo’lishiga qaramasdan xorijiy tillardan so’z va iboralar, ilmiy tushunchalarni bildiruvchi terminlar qabul qilingan. Buning o’ziga yarasha tarixiy sabablari mavjud. Ma’lumki, arab tili asrlar mobaynida faqat islom dinining tili bo’lib qolmasdan, balki musulmon sharqida fan xamda madaniyat bilan ham bo’lgan. Arab tilida asrlar mobaynida ishlangan va ilmiy jihatdan silliqlangan tayyor terminlardan o’zbek shoirlari va madaniyat arboblari foydalanganlar. Arabcha ilmiy termin, so’z-iboralarni o’zbek tilida yozilgan ilmiy, falsafiy, tarixiy, adabiy-badiiy asarlar tilida keng qo’llanilgan. Shu so’z va terminlardan Navoiy ham keng foydalangan. Navoiyning ko’pchilik asarlar nomi ham arabcha berilgan. Buning o’ziga xos sababi bor. Birinchidan, Navoiy tomonidan mavjud tradisiyaning saqlanishi bo’lsa, 2-si o’zbek tilida yaratilgan asarlariga ko’pchilik diqqatini jalb etish bilan bog’liq.
O’zbek tilining murakkab tushunchalarni ifoda qila olish qudratiga ega ekanligi Navoiyning «Muhokamat-ul-lug’atayn asarida keng isbotlab berilgan.
Yozuv yodgorliklarida fors-tojik va arab tillari madaniyati merosiga yondashish va ulardan foydalanish prinsiplari turlicha bo’lgan. Bu prinsiplar shoir va yozuvchilarning ijtimoiy hayot taraqqiyotidagi tutgan o’rni va yo’llariga qarab hamda asarlarining janr va uslublariga qarab har xil shaklga ega bo’lgan. Shoir va yozuvchilar asarlarida arab va fors so’zlarini o’rinsiz ishlatgan o’rinlari va g’oyat darajada ajnabiy til elementlariga mehr qo’yib yuborgan o’rinlar ham uchraydi. Bunday hol ayniqsa diniy asarlar uchun xarakterlidir. Progressiv adiblar arab va fors tillari merosidan har doim ijodiy foydalanish uchun intilganlar. Shu xildagi intilishlar o’zbek adabiy tilining boyib, mukammallashib kelishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan. O’zbek adabiy tili o’zining shakllanish va rivojlanish prosessida arab va fors-tojik tillaridan qanchalik ko’plab so’z va iboralar olib kelgan bo’lmasin, lekin u shu bilan birga o’zining tub xususiyatini yo’qotib yubormadi, balki o’zining grammatik strukturasini va asosiy lug’at fondini saqlash bilan birga asrlar davomida tarixiy bog’liq holda va izchillikda taraqqiy etib keldi. Progressiv shoirlar va yozuvchilar hamda umuman madaniyat arboblarining ulkan tarixiy xizmatlari tufayli boshqa tillar adabiy merosidan ijodiy foydalanib, ulardan olingan namunalar tufayli uzluksiz boyib, rivojlanib keldi.