NAVOIY ASARLARIDA O’ZBEK TILI LEKSIK VA GRAMMATIK ME’YORLARINING BELGILANISHI Alisher Navoiy ilmiy asarlar arab tilida va badiiy asarlar fors-tojik tilida yozish tradisiyaga aylangan bir davrda o’zbek tilining ham badiiy, ham ilmiy asarlar yaratish uchun boy imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsata bildi. Fors-tojik tilining qaysi janr va uslubida asarlar yaratilgan bo’lsa, Navoiy ham o’sha janr uslubda asarlar yaratib, bu masalada fors-tojik shoir va yozuvchilari bilan ijodiy musobaqalashdi. «Mezon-ul-avzon» asarida shunday yozadi:
«Ajam shuarosi va furs fusahosi (chiroyli so’zlovchilar) har qaysi uslubdakim, so’z arusiga (keliniga) jilva va namoyish berib edilarkim, ma’ni abkorig’a (klzlariga) ziynat va oroyish ko’rguzub erdilar, chig’atoy lafzi bilan raqam urdum».
O’z asarlarida Navoiy o’zbek tilining leksik jihatdan fors-tojik tili kabi boy ekanligini ta’kidlaydi va uning misoli sifatida bir necha sinonim qatorlarni keltiradi. Bu haqda «Muhokamat-ul-lug’atayn» asarida «Bu gaz lafzdurki, g’arib maqosida (maqsadlar) adosida (bayonida) ta’yin qilibturlarki, hyech šaysi uchun sort tilida lafz yasamaydurlar». Ya’ni bu asarda keltirilgan 100 ta felning noaniq formasi haqida gap boradiki, ularning har qaysisi o’zining sinonimik qatoriga ega ekanligi bu kabi xususiyat forsiy tilda uchramasligi qayd qilingan. Masalan, ichmoq fe’liga sipqarmoq, tomshimoq kabi fe’llarning sinonim bo’lishini uqtiradi:
Sāqiyo tut bādakim, bir lahza өzүmdin baray
Shart bu kim, har nechә tutsang labālab sыpqaray.
Yoki:
Soqiyo, chү ыchыb, mengә turar qosh,
Tamshыy-tamshыy anы qыlay no’sh.
Shuningdek, yыg’lamaq so’zining ham bohsamaq, iңramaq, siңramaq, sыqtamaq, үnүrmәk, inichkirmәkkabi sinonimlarini keltiradi.
Navoiy o’z ijodiyotida tildagi omonimlardan ham turli stilistik maqsadlarda foydalangan.
Jush-tush (son), yarыm kun, tāmān.
Yan-yanmaš, yanbash;
Yaq-yaqmaq, tāmān, yag’.
Navoiy o’z asarlarida faqat omonim, sinonim so’zlarni emas, balki fors tilida bo’lmagan so’zlardan foydalandi. Masalan, cho’kur (jiyda), qabaq, meң, ildirin (yaxshi), chaqin (yaxshi). Bashlarыg’a gүl sachsang, alardыn yүzүңә tikān sachыlur,
Agar ul gүl sachmag’an bas qыlsaң, bag’riңg’a chokur toqыlur.
(Maqbubul-qulub)
Yoki:
Firaqың ichrә ulus өrtәmәkkә, ey māhim
Choaыn durur damimu, ildirim durur āhыm.
(Maxbubul-kulub).
Alisher Navoiy turkiy tillar madaniy merosi va boyligidan ham ustalik bilan foydalandi Navoiy tilida qipchoq, o’g’uz elementlari alohida o’rin tutadi. Bular keng tarqalgandir. Bu xodisa yolg’iz Navoiy asarlari tili uchungina emas, balki eski o’zbek poetik tili uchun ham xosdir.
Akademik Radlov Navoiy tilidagi g’arbiy yoki o’g’uz tili elementlari masalasida ikki fikrni ilgari suradi. Birinchi fikrga karaganda, Navoiy tili o’g’uz deb atalgan adabiy tillar, ya’ni, ozarbayjon, turkman, usmonli turk kabi tillarga ta’sir qilib, buning natijasida mazkur o’g’uz elementlari yuqorida ko’rsatilgan tillarga tarqalgan. Bunda akademik Radlov Navoiy tilining g’arbiy tillarga ta’sirini ko’zda tutadi. Ikkinchi fikrga qaraganda, Navoiy zamonida g’arbiy turklarda shunday bir adabiy til markazi bo’lganki, bu adabiy til turli yo’llar bilan Navoiy tiliga ta’sir ko’rsatgan bulishi mumkin.
Masala Navoiy asarlari uchun tayanch bo’lgan dialekt asosida hal qilinishi mumkin. Navoiy tilida, shuningdek, eski o’zbek poetik tilida o’g’uz tilining elementlari keng miqyosda qo’llangan, lekin bu elementlar Navoiy va unga zamondosh adiblar tiliga tashqi jarayonning ta’sirida paydo bo’lib qolmagan, aksincha, bunday elementlar o’zbek tilining o’g’uz shevalari orqali tilga kirgandir.
Ma’lumki, XIII-XIV asrlarda Xorazmda adabiy til markazi paydo bo’ldi. Bu markaz «y»lashgan dialekt zaminida vujudga kelishi bilan birga o’g’uz tilining leksik elementlarini va qator morfologik formalarini o’zlashtirgan edi. O’g’uz dialektining bevosita ta’siri «Muhabbatnoma», «Xisrav va Shirin» va XIX asrning birinchi yarmida ijod etgan shoirlar tilida keng tarqalgandir. Bu tradisiya tabiiy Navoiy tilida xam davom etgan. Masalan, ev(uy), o’l (bo’l), uyumag’ (uxlamoq). Ishq dardыg’a Navāiy kibi mag’rur o’lmang
Өzni har mahvash uchun shiftai hāl әylәmәңiz.
( T.A.II,I 405-bet)
Yuqoridagi kabi hodisa Lutfiy va boshqa shoirlar ijodida ham keng tarqalgandir. Navoiy tilida tarixan qadimgi turkiy tilga, lekin Navoiy davrida g’arbiy tillar xususiyatiga aylangan sifatdoshning —mish affiksi bilan ifodalangan formasi qayd qilinadi:
Har yaram jismimda bir xayrān kөz olmыsh hālыma
Turfa kөrkim, muncha hayrān kөzgә hayrāndur kөzgә.
G’arbiy tillarga xos yana quyidagi morfologik xususiyatlar uchraydi:
I shaxsda shaxs-son affiksining qisqargan shakli:
Sarvi āzādыmnы bag’ ichrә xirāmān istәrәm,
Sabzasin sarsabzu gүl bargini xandān istәrәm
(II ,1 239-bet)
shaxs hozirgi-kelasi zamon formasining qo’llanishida ќam g’arbiy tillarga xos xususiyat saqlanadi bilmon, istaman
Ey Navāiy, hyech bilmankim, unag’aymu kөngүl
Ancha-muncha ajnabiy sөzlәrni irshād әylәdim
Ozarbayjon, usmonli turk tillariga xos bo’lgan infinitivning bo’lishsiz formasi ham uchraydi:
Asl uldurki, sanamlar sari kөz salmәg’әsen Ey Navāiy, tilәsәng kөrmәmәk aslā āfat. …Dam urmamaq kerak (Maxbubul kulub)
Navoiy tilida o’g’uz elementlaridan tashqari qipchoq tillariga xos elementlar ham uchraydi Lekin ular juda oz miqdordadir hamda ular Navoiy tilining umumiy taraqqiyotiga u kadar ta’sir qilolmaydi.