O’ZBEK ADABIY TILINING MUKAMMALLASHISHIDA LUTFIY IJODINING ROLI O’z davrining «Malik-ul-kalomi» deb atalgan Lutfiy o’zining ulkan faoliyatini o’zbek dunyoviy adabiyotiga bag’ishladi va shu yo’l bilan o’zbek adabiy tilining taraqšiyotiga munosib hissa qo’shdi. U o’zbek va fors-tojik tilidagi lirik she’rlar, devonlari «Gul va Navro’z» hamda «Zafarnoma» tarjimalarining muallifidir.
Lutfiy g’azallari, dostonlarining tili juda yengil va xalqqa tushunarlidir. Lutfiy g’azallarining va umuman she’riyatining mazmunliligini, badiiyligini xalq og’zaki ijodi materiallaridan hamda jonli tilga xos bo’lgan so’z va iboralardan unumli foydalangan.
Lutfiy asarlari leksikasida asosiy o’rinni turkiy so’zlar tashkil etadi. Ma’lumki, o’zbek klassik adabiyoti asarlari leksikasida fors-tojik va arabcha so’zlar umumleksikaning aksariyat qismini tashkil qiladi. Lekin Lugfiy ijodida buning aksi ko’rinadi. Masalan, «Tā jamālыңdыn tushubturmen», «Өltүrүur hijrān meni» jumlalari bilan boshlanuvchi g’azallarida 191 leksema katnashgan bo’lib (ayrim so’zlarning takrori ham hisobga olingan), shundan 104 tasi turkiydir. Ma’lum bo’ladiki, Lutfiy ijodida turkiy so’zlar 55 va undan ortiqroq prosentni tashkil etadi.
Lutfiy asarlarining dialektal negizi masalasi ham ancha chigal masalalardan biridir. Lutfiy ijodini ma’lum bir shevaga keskin ravishda bog’lab bo’lmasa-da, unga singarmonizmli shevalar asos bo’lganligini aniqlaymiz. Uning she’rlarida lab va palatal singarmonizmga ko’plab misol keltirish mumkin: Masalan, til oldi lablangan unlilar uyushib keladi;
Kөңүl tā ārazыңg’a boldы mushtāq,
Kөzүmdә gāh qыzыl gүldүr, gāhi aq (128-bet).
Til orqa lablangan unlilar uyushib keladi.
Meni kөrdүrgәli ul kөzi otluk (o’tluk)
Kөngүlni tash etәr, g’amzanы chaqmaq (128).
Qog’ul (qoyg’ul) xatā yolnы dag’ mushk izdama sabā,
Chin sachыdek chү mushk Xitād Xotanda yoq.
Aksariyat so’z va so’z formalarida palatol garmoniya saqlanadi.
Bashыmg’a sāya sal, ey sarvi chalāk (kelishgan)
Ki gүldektur yaqam hajr ilkidin chāk.
Lutfiy asarlarida qadimgi turkiy qamda o’g’uz gruppa tillarga xos leksik morfologik xususiyatlar aks etgan. qadimgi turkiy tilga oid dudoq (110) qamuq, irin, qaroq, yozuq, o’gun (Yүzigә sachtыn үchүn tegmәsүn parishānlik), yovutmak. O’g’uz gruppa tillar va shevalarga oid grammatik formalar: jo’nalish kelishigining -ә (a) affiksi bilan ifodalanishi.