Savol va topshiriqlar: 1. O’zbek xalši va tilining nomlanish tarixini gapirib bering.
2. X.Doniyorovning o’zbek so’zining kelib chišishi va šo’llanishi ќašidagi mašolasini topish va konspektlashtirish.
4. O’zbek adabiy tilini davrlashtirish xaqida gapirib bering.
5. O’zbek adabiy tilini davrlashtirishda olimlarning tasniflari va tamoyillari nimalardan iborat?
6. Eski o’zbek tilining tayanch dialekti deganda nima tushunasiz?
7. Eski o’ebek tilida fors-tojik va arab tili unsurlarining yanada kuchayib ketishiga sabab nima?
Tayanch tushunchalar Sart – so’zining lug’aviy ma’nosi «o’troq» demakdir. M.Qoshg’ariy asarida «savdogar» ma’nosida ham qo’llagan. «Sart» so’zi O’rta Osiyoda o’troq yashovchi aholisiga nisbatan ham qo’llangan.
Turk- atamasi M.Qoshg’ariyning asarida keng ma’noda barcha turkiy šavmlarga nisbatan ishlatilgan bo’lsa, Alisher Navoiy hozirda o’zbek deb ataluvchi xalqni turk, tilini turkiy deb atagan.
5-mavzu XIV ASRNING 2-YARMIDAN KEYINGI ADABIY JARAYON VA ADABIY TIL Reja: 1. Bu davrdagi ijtimoiy-madaniy hayot. 2. Eski o’zbek adabiy tilining bu davr manbalari va tili. Turkologiya adabiyotlarida o’zbek adabiy tilining X1U-XU asrlar hatto XIX asrning P-yarmiga qadar bo’lgan davrini nomlash va talkin qilishda turli fikrlar mavjud. Ma’lum bo’ladiki, hozirgi fanda eski o’zbek tili deb atalib kelgan adabiy tilning xronologik doirasini belgilash masalasi haligacha hal etilgan emas. Ba’zi turkologlar eski o’zbek tilining xronologik doirasini X1-X1X asrning II yarmiga qadar davr bilan belgilaydilar. Bu fikrni Venger turkologlaridan G.Vamber maydonga tashlagan. Ayrimlari esa shu tilning xronologik doirasini X1U-XU asrlar bilan chegaralaydilar. Shuningdek, shu asrlar tilini maxsus nom bilan, ya’ni Chig’atoy nomi bilan ataydilar. Bu fikr turkshunoslik adabiyotlarida ancha tarqalgan fikr bo’lib, bu hozir ham ba’zi turkologlar tomonidan qo’llanib kelmokda. Chig’atoy nomi Chig’atoy usulidagi adabiy til bilan bog’langan edi. Ma’lumki, Chig’atoy ulusining tili eski o’zbek tilining vujudga kelishida muќim rol o’ynagani haqidagi fikr bilan avval tanishib o’tgan edik.
«Xisrav va Shirin» dostonida qoraxoniylar adabiy tili tradisiyasining ta’siri kuchliroq sezilsa, «Muhabbatnoma» asarida fonetik va morfologik formalarda shu tradisiya mag’lubiyatga uchraydi.