Nasroniylik aqidalarini, cherkov va dinning inson ruhi ustidan
hukmronligini tanqid qilish barobarida buyuk mutafakkir dinga juda
katta umid bilan qaraydi. Din, inson donishmandligining ko‘zgusi sifatida
h a r bir odamga qanday yashash kerakligini ko‘rsatadi, faqat dingina
insondagi xudbinlikni yo‘qota biladi, faqat ugina bashar zotini o'lim
q o ‘rquvidan xalos etadi va hayotga m a’no bag‘ishlaydi. U insonlar
tengligini o ‘rnatadi, u insonni «tashqi qisuvlar»dan ozod qila oladi.
Lekin Tolstoy targ‘ib etgan din, m ohiyatan «Injil»ga mos b o ‘lsa-da,
rasmiy nasroniylik cherkoviga qaram a-qarshi edi. U dinda ikki m uhim
tom on — axloqiy va metafizik jihat borligini ta ’kidlaydi. Dinning axloqiy
tom onini buyuk mutafakkir odam lar hayoti haqidagi o ‘git — h ar bir
kishi va hammaning qanday yashashi to ‘g‘risidagi ta ’limot sifatida,
metafizik jihatini esa nima uchun odamlarga boshqacha emas, ayni
ana shunday yashash kerakligini tushuntiruvchi ta ’limot tarzida talqin
etadi. Tolstoy nazdida cherkov nasroniylikka faqat og‘izda chaqirib,
aslida uni to ‘g‘ridan to ‘g‘ri inkor qiladi. U muayyan ijtimoiy vazifani
bajarishga qaratilgan, ya’ni cherkov nasroniylikni — Isoning metafizik
t a ’lim otini davlat talablariga moslab, shundan kelib chiqqan holda
mavjud hayotga hech qanday talab qo'ym aydigan, odam lar qanday
yashasalar, shunday yashayverishlariga xalaqit bermaydigan holga keltirib
q o ‘ygan; rasmiy diniy doiralar odamlarga nisbatan axloqiy talablarni
ixtiyoriylik darajasiga tushirib, ularni tashqi ibodat va marosimlar bilan
almashtirganlar. Aslida esa nasroniylik, birinchidan, odamga hayotning
axloqiy qoidalarini taqdim etishi, ikkinchidan, unga asosiy haqiqatni
anglab, axloqiy qoidalar asosida um r kechirgan odam gina Yerdagi o ‘z
hayotini yaxshilashi mumkinligini tushuntirishi lozim. «...Dinlar, —
deydi Tolstoy, - o ‘z tashqi ko‘rinishlariga ko‘ra har turli, biroq ular
asos-ibtidolariga ko‘ra bir xildir...»1. Uning bu fikri, bir tom ondan,
Q ur’oni karimdagi ahli kitoblarga bo'Igan m unosabatni eslatsa, ikkinchi
tom ondan, Jaloliddin Rumiyning «Bu yer dunyodir va shuning uchun
ham dinning bir bo‘lishi mumkin emas... D in dunyoda birlasholmaydi,
faqat qiyomatda bir bo‘ladi. Qiyomatda ularning ham masi birlashadi,
bir quloq, bir til holiga keladi», — degan so‘zlarini yodga soladi2.
Tolstoy uchun Xudo osmonda emas, kishi qalbida, ham m a narsada
Dostları ilə paylaş: