Abdulla sher axloqshunoslik


V BOB ENG YANGI DAVR AXLOQ FALSAFASI



Yüklə 140,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/209
tarix07.01.2024
ölçüsü140,19 Kb.
#210789
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   209
V BOB
ENG YANGI DAVR AXLOQ FALSAFASI
REJA
1. Hayot falsafasi axloqshunosligi.
2. Ruhiy tahlil mutafakkirlarining axloqiy ta ’limotlari.
3. Ekzistensiyachilik axloq falsafasi.
4. G ‘ayrizo‘ravonlik axloqiy t a ’limoti.
5. Hayotga ehtirom va yangi tasavvufchilik axloqshunosligi.
Tayanch tushunchalar
Hayot falsafasi, Oxirgi odam, Yaxshi odam, Alo odam, Onglanganlik, 
Onglanmaganlik, Edip kompleksi, M uhabbat, Mavjudlik, Tanlov, Qaror, 
G ‘ayrizo‘ravonlik, Hayotga ehtirom , Yangi tasavvufchilik.
Insoniyat jamiyati hech qachon XX asr darajasidagi yuksaklikka ega 
boMgan emas, XX asr arafasi va davomidagi tafakkurda ko‘p va xilm a- 
xil yo‘nalishlar vujudga keldi. U lar uchun umumiy bo'lgan o ‘ziga xos 
ikki jihat alohida diqqatga sazovor: birinchisi — ularning ham m asi, 
asosan, insonni bevosita o ‘rganishga qaratilgani, ya’ni, m a’lum m a’noda, 
antropologik xususiyatga egaligi; ikkinchisi — falsafiy b o ‘lmagan va 
falsafiylikdan «chiqib» ketgan fanlaming asos nuqtayi nazaridan falsafiylik 
kasb etishi yoxud falsafaning tadqiqot quroliga aylanishi. Shuningdek, 
Ovro‘pa mutafakkirlarining Qadimgi va 0 ‘rta asrlar Sharq falsafiy 
tafakkurini inson omili nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqishi, uning 
asosiy yo'nalishlari va metodlarini yangicha sharoitda qo‘llashga intilishi 
ro‘y berdi. Eng yangi davr faylasuflari uchun o ‘z tafakkuri iskanjasida 
qolgan, buyukligidan, ishbilarmonligidan kibrlanib, o ‘z m ohiyatining 
asl m a’nosini yodidan chiqarib qo‘ygan, mohiyatiga mos kelmaydigan 
mavjudlik bilan o'ralishib kun kechirayotgan insonni mohiyatga qaytarish 
va unga oliy axloqiy mavjudot sifatida m unosabatda b o ‘lish masalalari 
muhimdir. Zero, bir emas, ikki jahon urushini amalga oshirgan, o ‘z 
nafsi-ixtiyoriga berilib, o ‘zi va o ‘zi yashab turgan sayyoraning halok 
bo‘lishi mumkinligini anglayotgan insonni bilish, uning ichki dunyosini 
ilg‘ash yengil yumush emasligi ayon b o ‘lib qoldi. Eng yangi davr 
odamining bu ahvolini Payg‘am barimiz (s.a.v.) dan Daylamiy rivoyat 
qilgan, G ‘azzoliy «Ihyo ulum ad-din»ning «Tavba» kitobida keltirgan 
quyidagi hadis juda yaqqol ifodalaydi:
155
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Tong otib, kun yorishgan har sahar, kun botib, shafaqlar yo‘qolgan 
har kecha borki, unda ikki farishta to ‘rt xil ovozda bir-biriga deydi: 
«Koshki, bu xalq yaratilm asa edi!» Boshqasi deydi: «Koshki, ular 
yaratilganlaridan so‘ng, nima uchun yaratilganlarini bilsalar edi!» Yana 
biri deydi: «Koshki ular nima uchun yaratilganlarini bilganlaridan so‘ng, 
bilganlariga amal qilsalar edi!»1.
Bunday odamni tushunish va unga o ‘zining ahvolini tushuntirish 
faqat an ’anaviy ratsional yo‘l bilan mumkin emasligi yaqqol sezila 
boshladi. Shu sababli Eng yangi davr falsafiy tafakkurida noratsional 
usul yetakchi o 'rin egalladi.
Eng yangi davr tafakkurining, shu jumladan, axloq falsafasining yana 
bir o ‘ziga xos xususiyati shundaki, uning ba’zi muhim yo‘nalishlariga 
o ‘z davridan ilgarilab ketgan m utafakkirlar asos soldilar. U larni 
davrlashtirish nuqtayi nazaridan emas, balki m a’naviy-ruhiy jihatdan 
Eng yangi davrga nisbat berish mumkin.
Mazkur yo'nalishlarning eng muhimlari sifatida hayot falsafasi, 
ruh iy ta h lil, falsafiy an tro p o lo g iy a, ek zisten siyach ilik , falsafiy 
germenevtika, fenomenologiya, sinergetika singari ta ’limotlarni keltirish 
mumkin. Ular orasida hayot falsafasi yo‘nalishi noodatiyligi, qamrovliligi 
va g‘oyat teranligi bilan alohida ahamiyatga molik.

Yüklə 140,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin