q a n c h a lik to r b o ‘lm asin — Isom i u, S u q ro tm i, m e h rib o n m i,
norna’lummi, mard qariyami, yigitchami, ayolmi — agar u o ‘zgalar
manfaati uchun o ‘z shaxsidan kechib yashasa, bu yerda, mana shu
hayotda dunyo bilan o ‘lim bilmaydigan yangicha bir munosabatga,
barcha odam lar uchun umrning m a’nosi hisoblangan munosabatga
kirishadi»1. Tolstoyning fikriga ko‘ra, inson hayoti ezgulikka intilishdan
iborat, inson nimagaki intilsa, o ‘shanga erishadi. Agar inson hayvoniy
umr kechirishni hayot tarzim deb qabul qilsa, unga o ‘lim va iztirob
yovuzlik bo‘lib ko‘rinadi. 0 ‘lim va iztirob inson uchun faqat o ‘z insoniy
hayot chegarasidan chiqqandagina mavjuddir. Insoniy hayot qonunlari
asosida yashagan kishiga esa na o ‘lim bor, na iztirob. Z ero, u o ‘zidan
kechib, o'zligini topgan, Xudoga yetishgan komil insondir.
Lev Tolstoy xudosizlikni qoralaydi, xususan, endi dinning keragi
yo‘q, uning o ‘rnini ilm-fan egalladi, degan fikrlarni kaltabinlik deb
ataydi. Zero, ilm-fan kashfiyotlari d a v ro ‘tishi bilan inkor etilishi, ya’ni
kechagi ilmiy haqiqatlar eskirib, yangi ilmiy haqiqatlaming paydo bo‘lishi
insoniyat tarixida to ‘xtamaydigan jarayondir. D in esa o ‘zgarmaydi,
ezgulik va muhabbat eskirmaydi. Ilmiy kashfiyotlarning b a ’zilari insonni
yo‘qotishga qaratilgan, din esa insonni ixtiyor etishni, komillikka
yetkazishni o ‘z maqsadi deb biladi. Ilm faqat diniy-axloqiy mohiyat
bilan sug‘orilgandagina inson baxti uchun, ezgu g ‘oyalar uchun xizmat
qiladi. Xullas, buyuk rus mutafakkiri talqinidagi din eng yuksak axloqiy
hodisa sifatida, insonning vijdoni va burchi tarzida nam oyon boMadi.
Boshqa bir buyuk rus yozuvchisi
Dostları ilə paylaş: