Abdulla sher axloqshunoslik



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/209
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#210786
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   209
s4S7EHjtHmoMNmIYtJ01CR2chM6SocN8iTPWj8yZ

2. Etiket
Axloqiy m adaniyat yaqqol k o ‘zga tashlanadigan m u n o sab atlar 
ko'rinishidan biri, bu — etiket. U ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, 
o ‘zaro munosabatlardagi o'zini tutish qonun-qoidalarining bajarilishini 
boshqaradi. Agar muomala odobida inson o ‘z munosabatlariga ijodiy 
yondashsa, ya’ni bir holatda bir necha xil m uom ala qilish im koniga 
ega bo'lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib 
q o ‘yilgan xatti-harakatni taqozo etadi.
Etiketning qamrovi keng, u, m a’lum m a’noda, xalqaro miqyosda 
qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o ‘z ichiga oladi. M asalan
siyosiy arbob etiketi, mehm ondorchilik etiketi va h.k. Etiketga rioya 
qilishning mumtoz nam unasini biz tez-tez televizor ekrani orqali ko‘rib 
tu ra m iz . P re z id e n tim iz Islom K arim ov g a xo rijiy m a m la k a tla r 
elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarini eslang. U nda 
faqat bir xil holat, xalqaro miqyosda o'rnatilgan qoida hukm ron. U ni 
Prezidentning ham , elchilarning ham buzishga haqqi yo‘q. Yoki ju d a 
oddiy, kichkina bir misol: dasturxonda tanovul payti, pichoqni o ‘ng 
q o ‘lda sanchiqni chap qo‘lda ushlash zam onaviy m ehm ondorchilik 
etiketining qat’iy qoidalaridan biri sanaladi — uni buzish atrofdagilarda 
hayrat va istehzo uyg'otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, 
q a t’iylashtirilgan muom ala odobi deyish ham mumkin.
Etiketning bunday zamonaviy ko‘rinishlari bilan birga, shunday 
m illiy-an’anaviy shakllari ham borki, ularsiz millat madaniy hayotini 
tasaw u r qilish qiyin. M asalan, salomlashish odobini olib ko'raylik. 
Etiketning bu turiga ko‘ra, ko‘chadan o ‘tib ketayotgan odam , k o ‘cha
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo'yida o‘tirganlar yoki turganlarga salom berishi kerak, salom berganda 
o ‘ng qo‘l chap ko‘krakda, yurakning ustida turishi, bosh esa yengil 
ta ’zimga egilishi lozim. Ko‘rishish etiketida esa qo‘lning uchini berib 
salomlashish ko‘rishayotgan odamga nisbatan ginaxonlik, xafagarchilikm 
bildiradi - odobdan emas. Ko‘rishganda yosh yoki martaba nuqtayi 
nazaridan katta kishi birinchi bo‘lib qo‘l uzatishi lozim; ayollar bilan 
k o ‘rishganda ham erkak kishi to m o n d an shunday etiket qoidasi
bajarilmog‘i talab qilinadi.
Milliy m entalitetda marosimlar etiketi, ayniqsa katta ahamiyatga 
ega. To‘y marosimida, xususan, qiz bilan ota-onaning xayrlashuvi, nikoh 
kechasiga kirib kelishda kuyovning kelinni chap tom onda tu tib, 
to ‘yxonaga boshlab kirishi va h.k. etiket qonun-qoidalari to liq bajarilishi 
lozim. Yoki aza marosimida fotihaga kelgan odamlarni milliy to n va 
d o ‘ppi kiygan, belbog‘ bog‘lagan holda, qo‘l qovushtirib, boshni bir 
yonga quyi tutgan tarzda kutib olish qat’iy qoidaga asoslanadi. Bular, 
bir qarashda, etiketning milliy yoki kasbiy udum, odat, rasm-rusumlardan 
farqi yo‘q ekan, degan taassurot qoldirishi mumkin. Bu yuzaki, yolg‘on 
taassurot. C hunki udum , odat, rasm -rusum lar muayyan darajada 
erkinlikka ega, b a ’zan ularni bajarmaslik ham mumkin. Lekin etiketda 
buning imkoni yolq — etiket qonun-qoidalari majburiylik tabiatiga ega.
Etiketning yana bir alohida jihati bor: unda odob bilan go zallikning 
uyg‘unligini ko‘rishimiz mumkin, qat’iy odob qonun-qoidalari chiroyli 
xatti-harakatlar vositasida amalga oshiriladi. Demak, etiket estetika 
bilan ham bog‘liq, aniqrog‘i, o‘zni tutish estetikasi talablariga javob 
beradi.
Shunday qilib, etiket - takallufning mayda-chuyda jihatlarigacha 
ishlab chiqilgan odob qoidalari sifatida ijobiy, kishining ко zini 
quvontiradigan muom ala hodisasi. Lekin, ayni paytda, u asl axloqiy 
asosini yo‘qotgan majburiy mulozamat tarzida ham namoyon bo ladi. 
etiket qoidalarini bajarayotgan kishi aslida o ‘z xohish-ixtiyoriga qarshi 
ish ko‘rayotgan b o ‘lishi ham mumkin. Bu jihatdan u munofiqlikning 
bir ko‘rinishiga aylanadi. Masalan, siz biror yoqqa shoshilib, darvozadan 
chiqdingiz, deylik. R o‘parangizda tanishingiz yoki qo shningiz uchraydi. 
Siz ko'rishib, hol-ahvol so‘rashib, so‘ng sharqona etiketga rioya qilib 
Uni: «Qani uyga kiramiz, choy qilamiz, bir hangomalashamiz», deb 
ichkariga taklif qilasiz. Lekin, aslida, siz uning uyga kirishini aslo 
istamaysiz, vaqtingiz yo‘q, hatto, shu uchrashganda ketgan vaqtingizni 
o ‘ylab, pitirlab turibsiz. Demak, siz o ‘z istagingizga qarshi, etiket-
www.ziyouz.com kutubxonasi


mulozamat yuzasidan yolg‘on gaplarni aytasiz, xunuk eshitilsa ham na 
chora — munofiqlik qilasiz. Shunga qaramay, umuman olganda, etiket 
shaxsni muayyan tartib-qoidaga, qanday ichki ruhiy sharoitda b o ‘lmasin, 
bosiqlikka, muloyimlikka va sabr-toqatga o ‘rgatishi bilan aham iyatlidir.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin