ko‘rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan
b o ‘lsak, nech a kunlab y o ‘l bosishim iz kerakligi h aq id a o ‘ylab
o'tirm aym iz, to ‘g‘rirog‘i, bu esimizga ham kelmaydi. Chunki, texnika
bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan.
Faqat bugina emas. Inson endilikda o‘zi yashayotgan butun boshli
sayyoraga ta ’sir ko'rsata boshladi. Yer tarixida inson birinchi marta
u lkan geologik kuch b o ‘lib m aydonga chiqdi. Insoniy tafakkur
biosferadagi o ‘zgarishlaming asosiy sababiga aylandi. Noosfera ta’limoti
asoschilaridan biri buyuk rus-ukrain olimi V.I.Vernadskiy ilmiy tafakkur
va inson mehnati ta ’siri ostida biosfera yangi holat bo'lm ish noosferaga
o ‘tayotganligini, b u tun geologik davr m obaynida yaratilgan, o ‘z
muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera inson ilmiy tafakkuri bosimi
ostida tobora kuchliroq va teranroq o ‘zgarishga kirishganini ta ’kidlaydi:
«Sayyoramiz yuzi — biosfera inson tom onidan ongli va asosan ongsiz
ravishda keskin kimyoviy o ‘zgarishlarga duchor etilmoqda, — deb yozadi
u. — Inson quruqlikning fizikaviy va kimyoviy havo qobig‘ini, uning
barcha tabiiy suvlarini o ‘zgartirmoqda... Hozir biz biosferadagi yangi
geologik evolutsion o ‘zgarishlami boshdan kechiryapmiz. Biz noosferaga
kirib boryapmiz».1
Ana shu nuqtadan tafakkur o ‘zi nima degan muammo paydo bo‘ladi.
Bu haqda V.I.Vernadskiy shunday m ulohaza bildiradi: «Tafakkur
energiyaning shakli emas. U qanday qilib moddiy jarayonlarni o'zgartira
oladi? Bu masalaning hanuzgacha ilmiy jihatdan yechimi topgan emas»2.
Vernadskiyni hayratga solgan masala hozir ham o ‘sha-o‘sha, hal
etilmagan.
X o‘sh, tafakkur o ‘zi nima? U biologik hodisa bo'lmish insonda,
uning ruhiy-fiziologik yaxlitlikdan iborat miyasida tug‘iladi, lekin
tug‘ilishi bilan biologik qobiqdan chiqadi va tashqi muhitda energiyaga
o ‘xshab nim anidir yaratadi. Endi inson bilan uning tafakkuri orasida
muayyan masofa paydo b o ‘ladi, masofa uzoqlashgani sari tafakkurning
mohiyati ayon bo‘lib boradi: inson kutgan oqibat kutilgandan boshqacha
m azm un kasb eta boshlaydi. Nega? Bizningcha, noosferada, yuqorida
aytganimizdek, inson fikri narsalashadi, o ‘z intellektimiz narsalarga
aylanib, bizni o ‘rab oladi. Insonning ichki tabiati muhit mavqeyini
Dostları ilə paylaş: