2. Biologik axloq
Yana bir muhim muam m o, bu — biologik axloq. Mazkur hodisa
so‘nggi bir necha o ‘n yillik ichida sof tabobat muammosidan axloqiy
m uam m oga aylandi: endilikda, birovning muayyan a ’zosini boshqa
bemorga jarrohlik operatsiyasi yo‘li bilan o ‘tkazish orqali kishi hayotini
saqlab qolish axloqiy nuqtayi
nazardan qanday baholanadi, degan savol
kun tartibida dolzarb bo‘lib turibdi.
Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham, jahon axloqshunosligida
h am asosan tibbiy axloq, ta b o b a t m uam m o larig a d o ir axloqiy
yondashuvlar tushuniladi, xolos. Bu unchalik to ‘g ‘ri emas. Bizningcha,
biologik axloq muammolari ikki yo‘nalishdan iborat: biri — insonlaming
kichik biologik olam sifatidagi katta biologik olamga bo'lgan munosa-
batlari bilan bog‘liq «tashqi», ikkinchisi — insonlarning o ‘z-o ‘ziga va
o ‘zaro munosabatlaridagi tibbiyot bilan bog‘liq «ichki» axloqiy masalalar.
Biz odatda «ekologik axloqshunosiik»
deganimizda aynan birinchi
hodisani nazarda tutamiz. Ikki biologik olamning munosabatlarini, ya’ni
ekologik axloqiy m uam m olarni biologik axloq doirasida o ‘rganish
maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi paytda ekologik axloqning insoniyat uchun naqadar muhim-
ligini ham m a biladi, lekin o ‘z bilganidan qolmaydi — muammoning
m urakkabligi shunda. Biz yuqorida noosfera, tafakkur borasidagi
mulohazalarimizda ekologik buhronilarning ba’zi ko‘rinishlariga to'xtalib
o ‘tdik. Biroq, yana undan tashqari so'nggi paytlarda jahon bo‘ylab
sintetik jism lar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilganligi,
gibrid usulida
hayvonot va ayniqsa o'sim liklar yangi turlarining vujudga keltirilishi
singari hodisalar ham ekologik ahamiyatga ega. X o‘sh, ular tabiat bilan
singishib, uyg‘unlashib keta oladimi, tabiat ulami o ‘ziniki qila biladimi?
Bunga hozir javob topish qiyin, ehtimol kashfiyotlarimizning oqibatlari,
yuqorida aytib o4ganimiz — muayyan tafakkur bilan inson orasidagi
«masofaning uzoqlashib» borishi natijasida ayon b o ‘lar?..
' Biologik axloqning ikkinchi yo‘nalishi tibbiyot ilmi va amaliyotining
tobora taraqqiy topib borishi bilan bog‘liq.
Biz XII bobda to ‘xtalib o ‘tganimiz: totli o ‘lim — evtanaziya ham
biotibbiy axloqning global m uam m olaridan. Xudoning ixtiyoridan
tashqari o'limni ixtiyor qilgan kishi diniy nuqtayi nazardan kechirilmaydi.
Chunki sabrli, bardoshli bo'lish, bu dunyo iztiroblarini toqat bilan
boshdan kechirish insonning vazifasi.
Lekin axloqiy jihatdan olib
www.ziyouz.com kutubxonasi
qaraganda masala qanday baholanadi? Deylik, m uayyan inson, bem or
o ‘z kunlarining sanoqli ekanini, lekin bu kunlar sanoqsiz azoblar ichida
o ‘tishini anglab yetadi. Shu bois u o ‘zining ana shu holatini juda yaxshi
biladigan boshqa bir odam — shifokordan azoblariga chek qo‘yishni
so‘raydi. U ning iltimosi va shu iltim osni bajarish u ch u n shifokor
tom onidan qilingan xatti-harakatlarni qanday baholash m um kin? Bu
xatti-harakatlam i insoniylik va insonparvarlikning k o ‘rinishi sifatida
qabul qilish to ‘g‘rimi? Umuman, evtanaziya axloqiylikmi, axloqsizlikmi?
Bu muam m o ham umumjahoniy miqyosda o ‘z yechim ini kutmoqda.
Chunki, tabobat borasidagi so ‘nggi tadqiqotlar inson o ‘limi bir
lahzada ro ‘y bermasligini, yurak urishi va nafas olish to ‘xtaganda ham,
miya o ‘lmasa insonni o ‘ldi deyish m um kin emasligini isbotlab berdi.
Dastlab miya qobig‘i, undan keyin miya tanasi halok b o ‘ladi.
Shundan
keyingina insonni o ‘lgan deb hisoblash mumkin. Z ero, hozirgi kunda
toki miya o ‘lmas ekan, ko‘pgina ichki a ’zolarning yangi tabobat texnikasi
vositasida ishlashda davom etishini ta ’minlash va shu prqali muayyan
muddatgacha insonda tiriklikning minimal darajasini saqlab turish
mumkin. D em ak, yurak yoki buyrakning ko'chirib o ‘tkazilishi hali
o ‘lm agan odam ning m inim al tiriklikka b o ‘lgan h u q u q in i poym ol
qilishdir. B uning ustiga, am erikalik neyroxirurg P ol P irso n o ‘z
tajribalariga
asoslanib, yurak ko‘chirib o ‘tkazilganda ruh ham ko‘chib
o ‘tadi, degan fikrni bildiradi. C hunonchi, 19 yashar qizning yuragi 40
yashar erkakka o ‘tkazilganida, uning fe’l-atvorida juda katta o'zgarishlar
ro‘y bergan. Yoki 20 yashar qizning yuragi va o'pkasi 36 yashar ayolga
o ‘tkazilganda ham shunga o ‘xshash o ‘zgarishlar yuzaga kelgan: ayolning
kulishigacha o ‘zgarib ketgan. Axloqiy nuqtayi nazardan buni qanday
izohlash mumkin?
Biologik axloqshunoslikning anchadan buyon ko‘pchilikka m a’lum
muammosi, bu — abort. M a’lumki, to ‘rtinchi haftaning oxirida homilada
dastlabki yurak urishi paydo boMadi. Sakkizinchi haftaning oxirida esa
miya tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish m um kin. Demak,
har qanday abort, xalq ta ’biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish,
tirik
organizmni tiriklikka bo‘lgan huquqdan mahrum etishdir. X o‘sh, abortni
axloqsizlik tarzida baholash kerakmi yo yo‘qmi? Yoki A Q SH olimlari
tom onidan «inson zotini yaxshilashga» qaratilgan tadq iq o tlam i olib
ko‘raylik. Ularda «yaxshilangan» — sog‘lom, kuchli intellekt egasi bo‘lgan
odam lar hujayrasini ayol organizmidagi endi rivojlanishga kirishgan
nisbatan «oddiy odam» hujayrasi o ‘miga ko‘chirib o ‘tkazish tajribalarini
www.ziyouz.com kutubxonasi
olib borish m o‘ljallangan. Ular amalda tatbiq etilsa, asta-sekinlik bilan
inson iy at irsiyat ja m g ‘arm asining (genofondining)
bir y o qlam a
o ‘zgarishiga olib kelishi shubhasiz. Rumo papasi buni inson zotiga,
insoniy tabiatga aralashuv, uni zo‘rlik yo‘li bilan o ‘zgartirish, nafaqat
katta gunoh, balki o ‘ta axloqsizlik deb atadi. Xo‘sh, bunday tajribalarni
qanday baholash kerak? Bu savollarga ham axloqshunoslik javob
topm og‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: