Insoniyat tarixiy taraqqiyotining tsivilizatsiyalashgan davri biron-bir jamiyatning ezgu g’oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlab kelmoqda. O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgach Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o’zbek xalqi o’z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish kabi maqsadlarni qo’ydi. Ana shu maqsadni amalga oshirish, yurtimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etish ehtiyoji tug’ildi. Buning uchun bizga yot va begona g’oya tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol, komil insonlarni voyaga etkazish, bu yo’lda g’oyaviy, mafkuraviy bo’shliq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, mamlakatimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishni taqozo etdi. Mustaqillikning ilk yilidanoq mustabid «kommunistik g’oya»dan voz kechildi. O’zbekiston xalqi o’z milliy g’oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yo’lini tanladi.
8
Milliy tarbiyaning etnopedagogik qirralarini ilk bor kashf etgan olimlardan biri — kulturantropolog M. Mid bo’ldi. Uning tadqiqotlari nafaqat geterostereotip (bir xalqning boshqa xalqlar haqidagi bilimlari yig’indisi)ning, balki osiyolik va afrikaliklarda avtostereotip (o’z xalqi haqidagi bilimlar yig’indisi)ning shakllanishiga, boshqacha qilib aytganda, o’zligini anglashga ham turtki bo’ldi. M. Mid har bir kishining ma’lum milliy muhitdagi xulq-atvorini tushunishda uning bolalikda olgan milliy tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta ahamiyatga egaligini qayd qiladi. CHunki bolalarning milliy tarbiyaviy ta’sirni qabul qilish jarayoni va kattalarning milliy fe’l-atvorlari orasida izchil aloqa mavjud. Tarbiyaning milliy hususiyat kasb etishida bir avloddan ikkinchi avlodga o’tib keluvchi an’analar, marosim, udum, ishlab chiqarish va hayotiy malakalar, afsonalar, xulq-atvor tarzi, bolalarga, o’smirlarga, qariyalarga munosabatlarning o’ziga hosligi katta rol o’ynashini M. Mid alohida qayd etadi.
Milliy tarbiyaning o’ta muhim ijtimoiy-psihologik omili bor. Bu-harakterning milliyligidir. Milliy harakter kontseptsiyasi turli etnoslarda ularning o’zlarigagina hos milliy harakter mavjudligini: shahsning milliy harakteri ustuvor psihologik hodisa bo’lib, bu uning milliy xulq-atvorida namoyon bo’lishini; ana shu ko’rsatkichlarga asoslanib, u yoki bu xalqqa, millatga mansub kishilar harakgerining modelini — o’rtacha milliy harakter namunasini yaratish mumkin, degan hulosalarni asoslaydi. Bir millatga mansub kishilar uchun umumiy bo’lgan fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan namunaviy milliy shahs siymosi mavjudligini birinchi bo’lib A. Kardiner qayd qildi. U «milliy shahs»ning shakllanishida, eng avvalo, oilaning milliy-tarbiyaviy ta’sirini, undan keyin ijtimoiy tarbiya omillarining etakchi roli-ni alohida qayd qiladi