Abdullaxon II markaziy hokimiyatni susaytirishga uringan har qanday xatti-harakat tashabbuskori hamda ishtirokchilarini sha



Yüklə 89,5 Kb.
səhifə3/4
tarix22.05.2023
ölçüsü89,5 Kb.
#119502
1   2   3   4
Abdullaxon II ichki va tashqi siyosati

Nadrmuhammadxon egalladi.
Biroq, uning hukmronligi atiga uch yil (1642—1645) davom etdi, xolos. U o'zining 12 nafar o'g'li, bir nabirasi va ikki nafar jiyaniga mamlakatning asosiy viloyatlarini mulk qilib bo'lib berdi va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tarqoqlikni kuchaytirdi. Aynan Nadrmuhammad davridan boshlab davlatchilik asoslari zaiflasha bordi. Oxir-oqibatda, Nadrmuhammad poytaxtda yo'qligida bir guruh fitnachi amirlar uni taxtdan tushirib o'g'li Abdulazizni xonlik taxtiga o'tqazadilar (1645—1680). Nadrmuhammadxon Batxga qochib bordi, toju taxtni qaytarib olish va viloyat hokimlari o'zboshimchaligiga barham berish maqsadida Hindiston podshohi temuriyzoda Shohjahon (1628—1658)ga yordam so'rab murojaat etadi. U ikki o'g'li boshchiligida Balxga qo'shin jo'natdi. Shahzodalar Balx viloyatini egalladilar. Uni Abdulazizxon ikki yildan keyingina qaytarib olishga muvafiaq bo'ldi. Abdulazizxon davrida Xiva xonlarining talonchilik yurishlari kuchaydi. 1655-yili Xiva xoni Abulg'ozi katta qo'shin bilan kelib, ikki bor Buxoro atroftarini talon-toroj qilib ketdi. Qorako'l aholisidan bir qismini asir olib, Karmanani vayron qildi. 1658-yili xorazmliklar Vardonzeni taladilar. 1662-yilgi bosqinda esa Buxorogacha yetib bordilar. Xorazm bilan uzoq davom etgan urushlar Buxoro xonligining siyosiy va iqtisodiy ahvoliga yomon ta'sir ko'rsatdi va ijtimoiy-siyosiy ahvolni murakkablashtirib yubordi. Noiloj qolgan Abdulazizxon toju taxtni inisi Subhonquliga topshirib, o'zi haj safariga jo'nadi. Subhonqulixon taxtga o'tirgan davrda Buxoro xonligining ichki va tashqi ahvoli nihoyatda og'ir edi. Ichki ahvolning og'irligi shunda ediki, birinchidan, Subhonqulixon Balx viloyatlarida hukmronlik qilayotgan o'g'illariga qarshi uzluksiz urush olib borishga majbur bo'ldi. Ikkinchidan, Movarounnahr viloyatlari hukmdorlari ham mustaqillik talab qila boshladilar. Ular markazga bo'ysunmasdan, xon xazinasiga soliq to'lamaslik yo'lini tutdilar. Mustaqillikka intilgan amirlardan ba'zilari o'z niyatlariga erishish yo'lida hatto davlatga xiyonat yo'liga kirganlar ham. Masalan, Samarqand viloyati hokimi Xojaqulibiy o'tarchi Xiva xoni Anushaxon bilan xonga qarshi urush boshlashini ochiqoshkora e'lon qildi.Tashqi ahvolning og'irligi shunda ediki, Xiva xonligi bilan munosabatlar borgan sayin yomonlashib bormoqda edi. Xiva qo'shinlarining katta-katta vayronaliklar keltiruvchi hujumlari avj olgan edi. Xiva qo'shinlari Buxoro, Karmana va Vardonzegacha yetib kelgan va hatto Samarqandni ham vaqtincha ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan edilar. Samarqand ishg'ol etilgach, 1681-yilda Xiva xoni Anushaxon nomiga xutba o'qitilgan hamda uning nomidan pul zarb etilgandi. Bu hodisa samarqandliklarning Anushaxonni o'z hukmdorlari deb tan olganligini bildirardi. Bundan g'azablangan Subhonqulixon Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Samarqandga qo'shin tortib bordi, shahar va viloyatdan xivaliklarni quvib chiqarishga erishdi. Samarqandliklarni esa qattiq jazoladi, ulardan katta miqdorda o'lpon undirdi. Subhonqulixon endi e'tiborni Mahmudbiy yordamida isyonkor o'g'illarini biryoqlik qilishga qaratdi va Balxga qo'shin tortdi. Uning amri bilan o'g'li Siddiq Muhammad hibsga olindi va u o'sha yerda o'ldirildi. Balx hokimligi yuz qabilasining sardori Muhammad hoji otaliqqa topshirildi. Subhonqulixon Xiva qo'shinlarining ketma-ket hujumiga chek qo'yish maqsadida Anushaxonga qarshi 1686-yili fitna uyushtirdi. Oxir-oqibatda, Anushaxonning ko'ziga mil tortiladi va taxtdan tushiriladi. O'rniga o'g'li Erengxon (Ernakxon) taxtga o'tqaziladi. Biroq, Erengxon ham Buxoro ustiga bosqin uyushtiradi. Shunda Subhonqulixon yana Mahmudbiy qatag'onni yordamga chaqirishga majbur bo'ladi. Yordamga yetib kelgan Mahmudbiy qo'shinlari bilan bir-galikda Subhonqulixon Xiva qo'shinlarim chekinishga majbur etadi. Endi Subhonqulixon Erengxondan ham qutulish yo'lini izlaydi va bunga muvaffaq bo'ladi, Chunki, Xivada Buxoro xonini qo'llab-quvvatlovchi kuchli ta'sirga ega bo'lgan guruh vujudga keltirilgan edi. Erengxon Xivaga qaytganidan so'ng zikr etilgan guruh uni zaharlab o'ldiradi. Xivada Subhonqulixonning nomi xutbaga qo'shib o'qitiladi va uning ismi-sharifi yozilgan tanga muomalaga kiritiladi. Shunday qilib, 1688-yilda Xiva Buxoro xonligi tarkibiga qo'shib olinadi. Sub­honqulixon oliy hukmdor deb tan olinadi. Sub­honqulixon amir Shohniyozni Xiva hukmdori etib tayinlaydi. Ham ichki, ham tashqi dushmanlariga qarshi kurash-da Subhonqulixonga yordam bergan Mahmudbiy otaliq Balx noyibi etib tayinlanadi. Subhonqulixonning hukmronligi yillari xalqning iqtisodiy ahvoli g'oyatda og'irlashdi. Chunki, mehnatkash ommaga og'ir soliqlar solindi. Hatto shunday hollar ham bo'lgan ediki, Subhonqulixon xalqdan 7 yillik soliqni bir yo'la to'lashni talab etadi. Mamlakat og'ir iqtisodiy tanazzul va parokandalikka uchragan bir paytda Subhonqulixon vafot etdi. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida ham shayboniylar davrida amalda bo'lgan davlat lavozimlari saqlanib qolgan. Shunday bo'lsa-da, ashtarxoniylar davrida ba'zi davlat lavozimlari mavqeida o'zgarishlar sodir bo'lgan. Masalan, XVI asrda otaliq lavozimida ishlagan amaldorning vazifasi joylardagi boshqaruv ishi bilan bog'liq bo'lgan. Ashtarxoniylar davrida esa otaliqning markaziy hokimiyatdagi mavqei kuchaygan. Xususan, Afadulazizxon (1645—1680) poytaxtdagi otaliq vazifasiga Yalangto'shbiyni tayinlagan. Subhonqulixon davrida eng muhim harbiy maqsadlarni ro'yobga chiqarish vazifasi otaliqqa yuklatilgan. Borabora otaliq armirlarning amiriga aylangan.Ashtarxoniylar davrida saroy kutvoli davlat lavozimi joriy etilgan. U mamlakatda davlat mablag'i hisobiga .amalga oshiriladigan qurilish va obodonchilik ishlariga javobgar bo'lgan. Ashtarxoniylar hukmronligi davrida markaziy hokimiyatning kuchsiz va iqtidorsiz bo'lgani kuzatiladi. Ularning ikki rasmiy poytaxti bor edi: Buxoro bilan Balx. Balxni taxt vorisi (valiahd) boshqarar edi. Otaliq va o'zbek qabilalari yo'lboshchilarining nufuzi shayboniylar davridagiga qaraganda oshib ketdi. Boshqaruv ishlari o'shalar qo'lida edi. Siyosiy parokandalik, tinimsiz davom etgan ichki kurashlar, shahar hayotining so'nishi, oshirib yuborilgan boju xirojlar natijasida aholining xonavayron bo'lishi, tashqi hujumlar, talon-torojlar natijasida vohalaraning xarob holga kelib qolishi, savdo karvonlarining g'orat qilinishi ashtarxoniylar hukmronligi davrining o'ziga xos xususiyatlaridandir. To'g'ri, Imomqulixon bu holatning oldini olishga harakat qilgan, Chunonchi, u 1614—1615-yillarda Qashqadaryodan Qarshi cho'liga kanal qazittirgan. 1633—1634-yillarda esa Qo'shqo'rg'onda kanal qazittir­gan. Lekin, sun'iy sug'orish qurilishlari ko'lami XVI asrdagidek bo'lmagan. Natijada, XVII asr ikkinchi yarmiga kelib mamlakat iqtisodiyoti tanazzulga yuz tuta boshladi. Qishloq xo'jaligi inqirozga uchradi, sug'orish tarmoqlari izdan chiqdi. Buxoro xonligida g'alla ekish kamayib ketdi. Chunki, yer egasi oldin dehqondan hosilning uchdan bir qismini oladigan bo'lsa, endi uchdan ikki, to'rtdan uch qismini oladigan bo'lib qoldilar. Dehqon ziroatkorlikdan hech naf ko'rmadi. Muhammad Badi' Samarqandiy istehzo bilan «sudxo'r bir kishiga bir tanga bersa, uni yetti tanga qilib qaytarib olardi», deb yozadi. Yer egalarining, amaldorlarning o'zboshimchaligi chegara bilmay qoldi. Jamoa yerlari — yaylovlar dushman otlari tuyog'i ostida qoldi; jamoaga tegishli ekin yerlar talon-toroj qilindi. Hunarmandlar ham o'z mahsulotlarini sotishda bojdan tashqari turli oliq-soliqlar to'lashga majbur etildi. Amaldorlardan saroyga peshkash yoki hadyalar keltirish ham barham topdi. Natijada, yuqori mansab egalari qo'lida katta-katta yer-mulklar jam bo'la boshladi. Masalan, Samarqand viloyati hokimi Yalangto'shbiy, Ollohberdibiy kabilar qo'lida ulkan va bepoyon ekin yerlari to'plandi. Xon ulardan xiroj ham olmay qo'ygandi. Xazinasi bo'shab qolgan xon o'z yerlarini sotuvga qo'yishga majbur bo'ldi. Ruhoniy katta yer egalarining mavqei ham o'sdi. Farg'ona va Toshkentda ular hatto hokimiyatni ham o'z qo'llariga oldilar. Ana shu ijtimoiy va iqtisodly qiyinchiliklarga qaramay, ba'zi viloyatlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va pul munosabatlari rivojlanishda davom etdi. Sayido Nasafiyning e'tirofiga ko'ra, Buxoro xalqi 200 xil turli kasbu hunar sohibi bo'lgan. Bunday holni mamlakat chekkalaridagi shaharlardagina kuzatish mumkin edi. 1670—1680-yillardagi jung'orlar hujumi va talon-torojlari oqibatida Zarafshon vodiysi, xususan Buxoro va Samarqand xarobazorga aylandi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat qanday bo'lishidan qat`i
nazar, ashtarxoniylar ilm, madaniyat, san'at va me'morchilikka homiylik qilganlar. Shuning uchun ham shay­boniylar davrida rivoj topgan fan va madaniyat o'z an'analari bo'yicha ashtarxoniylar davrida ham davom etdi. Chunonchi, XVII asrda ijod qilgan ilm ahli, shoirlar va tarixchilar soni ilgaridan kam bo'lmadi. 1692-yilda Muhammad Badi' Samarqandiy tomonidan bitilgan tazkirada shu asrda yashagan 165 nafar ijodkorning nomi tilga olinganligi bu fikrning isbotidir. Bundan tashqari, xonlikda bir yuz ellikdan ortiq madrasa bo'lgan. Biroq, ashtarxoniylar zamonasida diniy mutaassiblik avj ola boshlagan. Oqibatda
Yüklə 89,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin