Xulosa Demak diqqat sifatlarini rivojlantirshni maqsad qilgan ta`lim oluvchilar “Shulte jadvallari”dan foydalanish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya qilishlari lozim:
Shulte jadvallarining eng keng qo`llanadigan turi 25 katak ya`ni 5 qator va 5 ustundan iborat turidan foydalanish;
jadval bilan shug`ullanish orqali matnni yaxlit ko`rish va undagi kerakli so`zlarni tezroq topish qobiliyatini shakllantirishga harakat qilish;
raqamlarning barchasini bir nigohda ko`ra olish uchun jadvalning markaziy nuqtasini topib olish va mashq qilish jarayonida diqqatni vazifaga yo`naltirgan holda boshqa hech narsaga chalg`imaslikka harakat qilish;
Shulte jadvali bilan muntazam shug`ullangan kishi uning murakkab turlaridan va harfli shaklidan iborat variantini bajarishni mashq qilishi;
usul orqali diqqat, xotira va aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishni maqsad qilgan kishi undan muntazam ravishda foydalanib turishi lozim.
Xulosa qilib aytganda “Shulte jadvallari” bilan shug`ullanish orqali nafaqat diqqat sifatlarini, balki, xotirani ham bir muncha rivojlantirish mumkin. Chunki kerakli raqam va so`zlarni tez qidirib topish uchun ularni eslab qolishga harakat qilinadi. Muntazam mashq qilish jarayonida esa esga olib qolish sifati yaxshilanadi. Jadval bilan shug`ullanish jarayonida vizual ko`nikmani shakllantirishga e`tibor qaratish lozim. Shuning uchun jarayon davomida foydalanuvchi vazifani tezroq tugatish haqida emas, balki, uni to`g`ri bajarishga harakat qilishi lozim. Mashq boshida sonlarni yaxlit ko`rishda qiyinchiliklar bo`lishi mumkin, lekin jarayon muntazam davom etsa, bajaruvchi sonlarni an`anaviy qidirishga nisbatan yoki avvalgi ko`rsatgichlariga qaraganda tezroq topayotganligini amalda seza boshlaydi.