259
va boshqa o‘quv muassasalari, bolalar bog‘chalari, ko‘pgina madaniyat
muassasalari ta’minlanadi.
Jismoniy ehtiyojlar - inson organizmining mo‘tadil hayoti va faoliyati
uchun zarur bo‘lgan obyektiv sharoitlarning majmui.
Ijtimoiy me’yorlar – bu ijtimoiy jarayonning eng maqbul ahvolining ilmiy
asoslangan miqdor va sifat tavsifi bo‘lib, u jamiyat rivojining va davlat
imkoniyatlarining obyektiv qonuniyatlarini hisobga olish asosida olingan va
moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarni eng yuksak darajada qondirishga, shaxsni har
tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: