Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/170
tarix07.04.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#94657
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   170
95f9b29f5a7c79e370fb41c90494c518 AHOLI DAROMADLARI VA TURMUSH SIFATI

Mulkdаn kelаdigаn dаrоmаd – хo‘jаlik yurituvchi subyektlаrgа mоliyaviy 
vа nоmоliyaviy resurslаrni fоydаlаnishgа berib qo‘yishdаn оlinаdigаn 
dаrоmаdlаrdir. 
Mutlaq kambag‘allik konsepsiyasi – shaxs yoki oqilona minimal hayotiy 
ehtiyojlarni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan daromadni ta’riflashga asoslanadi. 
O‘zbekistonda insonning minimal ehtiyojlarini ta’riflash uchun shunday tirikchilik 
minimumi belgilanganki, uni hisoblab chiqishda kaloriyalar, oqsillar, yo g‘lar va 
uglevodlar zaruriy iste’molining fiziologik me’yorlaridan foydalaniladi. 
Mutlaq qashshoqlik – bu daromadlarning umuman yoki shaxsning 
(oilaning) minimal turmush ehtiyojini qondirish uchun zarur daromadning
yo‘qligi. Mutlaq qashshoqlik ko‘proq daydilar va boshpanasizlarda uchraydi. 
Natural daromadlar – bu asosan uy xo‘jaliklari tomonidan shaxsiy iste’mol 
uchun ishlab chiqarilgan mahsulot (shaxsiy yordamchi xo‘jalik, fermer 
xo‘jaligidan), shuningdek, davlat budjeti, korxonalar fondi va turli xayriya yordami 
mablag‘lari hisobiga olinadigan natural tushumlar va bepul xizmatlardir. 


265 
Nisbiy kabag‘allik konsepsiyasi asosiy mezon sifatida insonning minimal 
ehtiyojlaridan emas, balki uning farovonligi ko‘rsatkichlarining u yoki bu 
mamlakatda ustunroq keluvchi moddiy ta’minlanganlik darajasi bilan bo‘ladigan 
nisbatidan foydalanadi. Bunday yondoshuvda daromadlari mamlakat b o‘yicha 
o‘rtacha daromadning muayyan ulushidan oshmaydiganlar kambag‘al hisoblanadi.
Nisbiy qashshoqlik yashash minimumi budjetidan kam bo‘lgan daromadlari 
miqdori bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida bu ko‘rsatkich mamlakat bo‘yicha 
o‘rtacha daromadlarning 40–60 % idan kam bo‘lmagan daromadlarga nisbatan 
qo‘llaniladi.
Nоgirоnlаr – jismоniy yoki аqliy nuqsоnlаri bоrligi tufаyli turmush 
fаоliyati cheklаngаnligi munоsаbаti bilаn ijtimоiy yordаm vа himоyagа 
muhtоj bo‘lgаn shахslаr. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin