8.4. Inson taraqqiyoti indеksi va uni hisoblash mеtodikasi
Insonning taraqqiyoti indeksi – inson rivojlanishi sohasidagi uch asosiy
yo’nalish – salomatlik va uzoq umr, bilim va yetarli turmush darajasi bo’yicha
o’rtacha yutuqlar darajasini belgilovchi qo’shma (integral) indeksdir.
Insonning taraqqiyoti indeksining tarkibiy elementlari quyidagi subindekslar
hisoblanadi:
168
1. Kutilayotgan hayot davomiyligi indeksi – u ma’lum darajada mamlakat
ijtimoiy ta’minoti va sog’liqni saqlash tizimining holatini aks ettiradi.
2. Ta’lim darajasi indeksi (ta’limdan foydalanish) – u mamlakat ta’lim
tizimi holatining aksi sifatida ta’lim olish imkoniyatini ifodalaydi.
3. Turmush darajasi indeksi yoki aholi jon boshiga (milliy valyutalarning
xarid qilish qobiliyati pariteti bo’yicha AQSH dollarida) – yalpi milliy daromad
asosida mamlakat aholisi daromadlarini aks ettiruvchi daromad indeksi.
1990-2009 yillarda inson taraqqiyoti indeksi quyidagi subindekslarni
hisoblash asosida o’lchangan:
1) tug’ilishda umrning kutilayotgan davomiyligi;
2) katta yoshdagi aholining savodxonlik va maktab ta’limini qamrab olish
darajasi (boshlang’ich maktabdan oliy o’quv yurtlariga qadar);
3) AQSH dollaridagi xarid qilish qobiliyati pariteti bo’yicha aholi jon
boshiga yalpi milliy daromad.
2010 yildan boshlab inson taraqqiyoti indeksini hisoblash metodikasi
o’zgardi. Ya’ni 2010 yilda Inson taraqqiyoti to’g’risidagi ma’ruzaga ko’ra, ta’lim
(ta’limdan foydalanish) darajasi indeksi yoki aholi jon boshiga yalpi milliy
mahsulot asosida daromad indeksi va hayot darajasi indeksini o’lchash uchun
yangi ko’rsatkichlar kiritilgan.
Ta’lim darajasi indeksi quyidagi ikki ko’rsatkich bo’yicha o’lchanadi:
1) O’rtacha ta’lim davomiyligi, u hayot davomida 25 va undan katta
yoshdagi shaxslar olgan o’rtacha ta’lim yillari bilan o’lchanadi;
2) Kutilayotgan ta’lim davomiyligi, uni kutilayotgandek, rasmiy belgilangan
maktabga borish yoshiga yetgan bola, agar uning hayoti davomida aholini ta’lim
bilan qamrash ko’rsatkichlari sohasida ustuvor yo’nalish saqlanib qolgan bo’lsa,
olishi mumkin.
Bu yangi indikatorlardan foydalanish zarurati shu bilan bog’liqki, ko’pgina,
ayniqsa inson taraqqiyoti indeksi reytingining yuqori qatorlaridagi mamlakatlarda
katta yoshli aholi savodxonligi va ta’lim bilan qamrash darajasining yuqori
169
ko’rsatkichlariga erishildi. Nima uchun mazkur ko’rsatkichlarning farqlash
qimmati zaiflashdi?
Ta’limning kutilayotgan davomiyligi hamda 25 va undan katta yoshdagi
shaxslar uchun o’rtacha ta’lim olish yillari miqdorini boshqa avval foydalaniluvchi
va barcha mamlakatlar bo’yicha yanada ifodalangan tabaqalash qimmatiga ega
ko’rsatkichlarga nisbatan ta’lim konsepsiyasini to’g’riroq aks ettiradi, chunki ular
ta’lim va ta’lim bilan qamrashdagi so’nggi o’zgarishlarni yaxshi aks ettiradi. Biroq
ular oldingi indikatorlar singari ta’lim sifatini baholamaydi.
Hozirda daromad darajasi AQSH dollaridagi xarid qilish qobiliyati pariteti
bo’yicha aholi jon boshiga yalpi milliy daromad yordamida baholanadi.
1990 yilda qabul qilingan inson taraqqiyoti indeksini hisoblash metodikasi
bo’yicha indeksni hisoblash o’rtacha arifmetik o’lchamlar indekslarini aniqlashga
asoslangan. Mazkur agregatlash usulining asosiy kamchiligi shundaki, u inson
taraqqiyoti o’lchovchilari o’rtasidagi o’zaro to’liq almashuvni ko’zda tutgan. Zero,
subindekslardan biri bo’yicha yutuqlarning quyi ko’rsatkichlari boshqa ikki
subindeksning yanada yuqori ko’rsatkichlari orqali bir tekisda ta’minlanadi.
2010 yilda qo’llangan multiplikativ agregatlash usuli o’rtacha geometrik
usuldan foydalangan holda o’lchovlar bo’yicha erishilgan yutuqlardagi farqlarni
e’tiborga olish imkonini beradi. Masalan, tug’ilishda kutilayotgan umr
davomiyligidagi 1 foiz pasayish ta’lim va daromadlar sohasida 1 foizli pasayish
singari inson taraqqiyoti indeksiga ta’sir etadi.
Shunday qilib, mazkur usul chiziqli agregatlash formulasiga nisbatan jiddiy
e’tirozlardan birini hisobga olib, u o’lchamlarning o’zaro to’liq almashuvini
amalga oshiradi va komponentlardan biri bo’yicha yanada yuqori belgi integral
inson taraqqiyoti indeksining yuqoriroq ko’rsatkichiga ta’sir etishi mumkinligini
ko’zda tutadi.
Inson taraqqiyoti indeksi miqdori mamlakatlarni turli inson rivojlanishi
darajalariga ega guruhlarga taqsimlash mezoni bo’lib xizmat qiladi. Indeks 0 dan 1
gacha bo’lgan belgilarni qabul qilishi mumkin, bunda indeks miqdori 1 ga qancha
yaqin bo’lsa, inson taraqqiyoti shuncha yuqori hamda mazkur mamlakatdagi
170
turmush sharoiti alohida kishi va millatning umumqabul qilingan farovonlik
mezonlariga yaqinlashadi.
Dostları ilə paylaş: |