Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/170
tarix07.04.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#94657
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   170
95f9b29f5a7c79e370fb41c90494c518 AHOLI DAROMADLARI VA TURMUSH SIFATI

Aholining joriy xarajatlari jumlasiga oziq-ovqat mahsulotlari, nisbatan uzoq 
bo’lmagan davrda foydalaniladigan nooziq-ovqat tovarlari (kiyim-kechak, 
poyabzal va b.)ni xarid qilish, shuningdek, aholi tomonidan butun hayoti davomida 
davriy ravishda iste’mol qilinadigan xizmatlar (masalan, sartaroshxona, kirxona, 
stomatolog va h.k. xizmatlari) haqini to’lash xarajatlarini kiritish lozim. 
Kapital xarajatlar ancha uzoq vaqt foydalaniladigan nooziq-ovqat tovarlari 
(mebel, uy-joy, transport vositalari va h.k.)ni xarid qilish xarajatlarini o’z ichiga 
oladi. Uy xo’jaligi a’zolari kamdan-kam hollarda iste’mol qiladigan, lekin natijasi
aksincha, ularga katta ta’sir ko’rsatib, ancha uzoq vaqt mobaynida ularning 
hayotini belgilab beradigan xizmatlar (ta’lim, tibbiy operastiya, turistik yo’llanma 
va h.k.) xarajatlarini kiritish darkor. 


178 
Iste’mol uchun xarajatlarning umumiy summasi bir qator omillarga bog’liq 
bo’lib, ularni paydo bo’lish sohasi nuqtai nazaridan ichki va tashqi turlarga bo’lish 
mumkin.
Ichki omillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
 umumiy pullik daromadlar miqdori; 
 ehtiyojlarning natural xo’jalik yuritish hisobidan ta’minlanish darajasi
 byudjetni yuritishni tashkil etish darajasi; 
 moddiy va ma’naviy ehtiyojlar darajasi.
Tashqi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: 
 iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar chakana narxlari darajasi;
 tibbiyot, ta’lim, transport va h.k.larni moliyalash uchun yo’naltiriladigan 
davlat dotastiyalari miqdori; 
 uy xo’jaligining soliqlari va boshqa majburiy to’lovlari summasi; 
 milliy iqtisodiyotda iste’mol kreditining rivojlanganlik darajasi. 
9.2. Aholi iste’moli: tarkibi va o’zgarishi 
Iste’mol deganda, insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirilish 
jarayoni tushuniladi. Iste’molning maqsadli funkstiyasi chegaralangan resurslar 
sharoitida iste’molning umumiy darajasini oshirish bilan alohida ehtiyojlarni 
qondirishni maksimumlashtirishdan tarkib topadi. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin