Abduramanov xamid xudaybergenovich arabov nurali uralovich xolmuxamedov muhsinjon murodullaevich


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/170
tarix07.04.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#94657
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   170
95f9b29f5a7c79e370fb41c90494c518 AHOLI DAROMADLARI VA TURMUSH SIFATI

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Aholining turmush darajasini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlarni sanab 
bеring. 
2. Turmush darajasi va turmush sifati tushunchalari o’rtasidagi farqlarni 
tushuntirib bеring. 
3. Turmush darajasining umumiy ko‘rsatkichlarini aytib bеring. 
4. Aholi turmush darajasiga qaysi omillar ta’sir qiladi? 
5. Milliy boylik tarkibini yoritib bеring. 
6. Ijtimoiy standartlar dеganda nimani tushunasiz? 
7. Insonning taraqqiyoti indeksining tarkibiy elementlarini aytib bеring. 
8. Turmush darajasi indeksi qanday aniqlanadi? 


176 
XIX bob. AHOLINING XARAJATLARI VA ISTE’MOL BUDJETI 
 
9.1. Aholi xarajatlari tasnifi 
Aholining pul xarajatlari – bu inson kapitalini asrash va hayotini davom 
ettirish uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy boyliklarni xarid qilish uchun 
amaldagi xarajatlar bo’lib, ular iste’mol xarajatlari va iste’mol bilan bevosita 
bog’liq bo’lmagan xarajatlarni o’z ichiga oladi. 
Aholining xarajatlarini tasniflashga nisbatan turli yondashuvlar mavjud. 
Amalga oshirishning davriyligi (tez-tezligi) nuqtai nazaridan aholi xarajatlari uchta 
guruhga ajratiladi: 
1) qisqa muddatli xarajatlar; 
2) o’rta muddatli xarajatlar; 
3) uzoq muddatli xarajatlar. 
Birinchi guruhga kundalik ne’matlar (oziq-ovqat mahsulotlari, ayrim nooziq-
ovqat tovarlar, xizmatlarning katta qismi) uchun xarajatlarni kiritish mumkin, 
ikkinchi guruh davriy (mavsumiy) ravishda sotib olinadigan tovarlar (kiyim-
kechak, poyabzal va b.)ni o’z ichiga oladi, uchinchi guruh bir necha yilda bir marta 
amalga oshiriladigan xarajatlardan tarkib topadi. 
Ushbu tasnifda aholining majburiy to’lovlari hisobga olinmagan, chunki 
bunday to’lovlar aholining real daromadlaridan kelib chiqadi. Agar aholi 
xarajatlarini ularning umumiy daromadlaridan kelib chiqib tasniflaydigan bo’lsak, 
u holda birinchi guruhga uy xo’jaliklarining majburiy to’lovlari – aholining 
kommunal va boshqa har oylik to’lovlarini, har oyda to’lanadigan soliqlar va 
yig’imlarni qo’shimcha qilish, ikkinchi guruhga esa jismoniy shaxslar 
nomuntazam, faqat alohida huquqiy harakatlarni amalga oshirishda (mol-mulkni 
meros qoldirishda, ko’chmas mulkni xarid qilishda va h.k.) to’laydigan soliqlarni 
kiritish mumkin. 
Aholi tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlarning funkstional yo’nalishiga 
qarab ayrim iqtisodchilar ularni quyidagi asosiy guruhlarga bo’lishadi: 


177 
a) shaxsiy iste’mol xarajatlari (tovarlar xarid qilish va xizmatlar haqini 
to’lash); 
b) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
v) pul jamg’aralari. 
Aholining xarajatlarini yanada chuqurroq tavsiflash uchun yuqorida 
ko’rsatilgan ikkita mezonni birlashtirish imkonini beruvchi tasniflashning boshqa 
variantidan foydalanish taklif etiladi. Ushbu variant, uy xo’jaliklari budjetining 
xarajat qismini uchta asosiy bo’limga bo’lishni nazarda tutadi: 
1) majburiy to’lovlar; 
2) iste’mol xarajatlari; 
3) pul jamg’aralari. 
Uy xo’jaligining majburiy to’lovlari uning real daromadlarini qisqartiradi. Uy 
xo’jaligi tomonidan ushbu modda bo’yicha qancha ko’p pul mablag’lari sarflansa, 
u shuncha kam pul mablag’larini joriy iste’mol va jamg’arish uchun yo’naltirishi 
mumkin. Alohida uy xo’jaliklarining byudjetlarida ushbu moddaning miqdori 
mutlaq ifodada ham, boshqa xarajat moddalariga nisbatan ham sezilarli darajada 
o’zgarib turadi. 
Aholining iste’mol uchun xarajatlari, birinchi navbatda, ikkita moddaga 
bo’linadi: joriy va kapital xarajatlar. 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin