175
Inson taraqqiyoti indeksi
Shu tarzda, yangi indikatorlar va yangi amaliy shakldan foydalangan holda
inson taraqqiyoti indeksini hisoblash metodologiyasini yaxshilash sezilarli
o’zgarishlarga olib keldi. O’rtacha geometrik ko’rsatkichni qo’llash yanada past
indeks belgilarini beradi, binobarin o’lchamlari turlicha rivojlangan mamlakatlarda
ko’proq o’zgarishlar kuzatilgan. Bundan tashqari, mavjud maksimal belgilar
darajasida yuqori chegaralarni o’rnatish umumiy indeks belgilariga kamroq ta’sir
ko’rsatadi hamda muvofiq tarzda reytingga kamroq ta’sir etadi.
Inson taraqqiyoti indeksi yalpi milliy mahsulotga nisbatan kengroq vosita
hisoblanishiga qaramay, inson rivojlanishini baholash uchun inson rivojlanishi
integral
indekslarini
hisoblash
metodologiyasini
takomillashtirish
zarurati
haligacha saqlanib qolgan. Inson taraqqiyoti indeksi inson rivojlanishini belgilash
uchun ijtimoiy tengsizlik, inson huquqlariga rioya etish va siyosiy erkinliklar
mavjudligi singari bir qator muhim mezonlarni hisobga olmaydi hamda
mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va institustional islohotlarni sifatli
to’liq baholay olmaydi.
Dostları ilə paylaş: