180
2. Iqtisodiy o’sishda inson omilining ahamiyati beqiyos o’sib, ushbu holat
iste’molni ortishi orqali namoyon bo’ladi. Ilg’or yangi texnika, yuqori
texnologiyani qo’llash malakali ishchi kuchini talab qiladi. Ishchi kuchi malakasini
to’xtovsiz oshirish kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash uchun
iste’molni uzluksiz o’stirish zarur.
3. Iqtisodiyot
rivojlangan sari aholining o’sish sur’atlari susayib,
iste’molchilar sonining ortishi sustlashadi.
4. Bozor iqtisodiyoti rivojlanib, ijtimoiy maqsadga yo’naltirilgan sari
aholining ehtiyojlari to’laroq qondirilib, uning farovonligini oshirish kabi
insonparvarlik tamoyili kuchayib boradi.
Oilaning yalpi daromadlari oshib borishi bilan bir vaqtda yurtimizda iste’mol
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va aholiga ko’rsatilayotgan xizmat
turlarini kengaytirish hisobidan ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun
sharoit yaratildi.
Agar
1991
yilda
aholi
daromadlarining
bor-yo’g’i
46-48 foizi
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovar resurslari bilan ta’minlangan bo’lsa, 2011
yilda bu ko’rsatkich 75 foizdan oshdi. Shu bilan birga, 2011 yilda iste’mol
mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 1991 yilga nisbatan 6,7 barobar, aholiga
pullik xizmat ko’rsatish hajmi esa 1,4 barobar o’sdi (9.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: