177
a) shaxsiy iste’mol xarajatlari (tovarlar xarid qilish va xizmatlar haqini
to’lash);
b) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
v) pul jamg’aralari.
Aholining xarajatlarini yanada chuqurroq tavsiflash uchun yuqorida
ko’rsatilgan ikkita mezonni birlashtirish imkonini beruvchi tasniflashning boshqa
variantidan foydalanish taklif etiladi. Ushbu variant, uy xo’jaliklari budjetining
xarajat qismini uchta asosiy bo’limga bo’lishni nazarda tutadi:
1) majburiy to’lovlar;
2) iste’mol xarajatlari;
3) pul jamg’aralari.
Uy xo’jaligining majburiy to’lovlari uning real daromadlarini qisqartiradi. Uy
xo’jaligi tomonidan ushbu modda bo’yicha qancha ko’p pul mablag’lari sarflansa,
u shuncha kam pul mablag’larini joriy iste’mol va jamg’arish uchun yo’naltirishi
mumkin. Alohida uy xo’jaliklarining byudjetlarida ushbu moddaning miqdori
mutlaq ifodada ham, boshqa xarajat moddalariga nisbatan ham sezilarli darajada
o’zgarib turadi.
Aholining iste’mol uchun xarajatlari, birinchi navbatda, ikkita moddaga
bo’linadi: joriy va kapital xarajatlar.
Dostları ilə paylaş: