178
Iste’mol uchun xarajatlarning umumiy summasi bir qator omillarga bog’liq
bo’lib, ularni paydo bo’lish sohasi nuqtai nazaridan ichki va tashqi turlarga bo’lish
mumkin.
Ichki omillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
umumiy pullik daromadlar miqdori;
ehtiyojlarning natural xo’jalik yuritish hisobidan ta’minlanish
darajasi;
byudjetni yuritishni tashkil etish darajasi;
moddiy va ma’naviy ehtiyojlar darajasi.
Tashqi omillar jumlasiga quyidagilar kiradi:
iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar
chakana narxlari darajasi;
tibbiyot, ta’lim, transport va h.k.larni moliyalash uchun yo’naltiriladigan
davlat dotastiyalari miqdori;
uy xo’jaligining soliqlari va boshqa majburiy to’lovlari summasi;
milliy iqtisodiyotda iste’mol kreditining rivojlanganlik darajasi.
9.2. Aholi iste’moli: tarkibi va o’zgarishi
Iste’mol deganda, insonlarning moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarini qondirilish
jarayoni tushuniladi. Iste’molning maqsadli funkstiyasi chegaralangan resurslar
sharoitida iste’molning umumiy darajasini oshirish
bilan alohida ehtiyojlarni
qondirishni maksimumlashtirishdan tarkib topadi.
Dostları ilə paylaş: