93
bilan ta‘minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga
amalga oshiriladi.
Markazda doimiy bo‘luvchi shahar (tuman) ichki ishlar bo‘limi xodimining
mehnatiga tegishli shahar (tuman) ichki ishlar bo‘limi tomonidan haq to‘lanadi.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta‘minlash markazining shtatdagi
xodimlari:
fuqarolarga xususiy ish beruvchilar va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bir
martalik ishlarning muayyan turlarini bajarishga doir
mavjud buyurtmanomalari
to‘g‘risida ma‘lumotlar berishga;
xususiy ish beruvchilar va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bir martalik
ishlarni bajarishga doir buyurtmanomalarini qabul qilish va ro‘yxatdan
o‘tkazishga;
vaqtinchalik bir martalik ishlarning aniq turlariga bo‘lgan ehtiyoj
to‘g‘risida ma‘lumotlar bankini shakllantirish va muntazam ravishda yangilab
turishga;
vaqtinchalik bir martalik ishlarni
bajarishga yollanishda, shuningdek
yangidan tashkil etilayotgan va bo‘sh ish o‘rinlariga doimiy asosda ishga kirishda
fuqarolarga ko‘maklashishga;
mehnat to‘g‘risidagi qonunlar, kasb-hunarga o‘qitish va qayta o‘qitish, o‘z
ishini yo‘lga qo‘yishni tashkil etish masalalari bo‘yicha fuqarolarga maslahat
xizmatlari ko‘rsatishga;
zarurat bo‘lganda aniq masalalarni hal etish uchun mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish organlarining boshqa mutaxassislarini
jalb etishga yoki
yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda yordam olish uchun fuqarolarni tegishli
mahalliy organlarga yo‘llashga;
fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishning asosiy qoidalari
bilan tanishtirishga;
94
markaz tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi muntazam o‘tkazilishida
bevosita ishtirok etishga;
yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir
martalik ishlarga yollash
masalalari yuzasidan Markazga murojaat qilgan hollarda qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda mehnat shartnomalari rasmiylashtirilishida ko‘maklashishga
majburdirlar.
Markazda doimiy ravishda bo‘luvchi ichki ishlar organlarining xodimi:
vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan fuqarolar tomonidan jamoat
tartibiga, pasport rejimiga rioya etilishini ta‘minlashga;
vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan
fuqarolar tomonidan huquqni
buzishlarning oldini olish yuzasidan profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazishga
majburdir.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta‘minlash markaz orqali vaqtinchalik bir
martalik ishlarga yollanayotgan fuqarolar Markazda:
vaqtinchalik bir martalik ishlarga doir takliflar va tuman (shahar)
korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni;
Markaz xodimlarining mehnat va ish bilan ta‘minlash to‘g‘risida amaldagi
qonun normalari, shuningdek ayrim ish turlari bo‘yicha xavfsiz ish usullari
to‘g‘risidagi maslahatni;
yuridik shaxslar fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollash
masalalari yuzasidan Markazga murojaat qilgan hollarda mehnat shartnomalarini
rasmiylashtirishda ko‘makni tekin olish huquqiga egadirlar.
Fuqarolar vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishlari, qonun
hujjatlarida belgilangan pasport rejimiga va jamoat tartibiga rioya etishlari shart.
Fuqarolarni vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishga yollayotgan ish
beruvchilar:
yollangan fuqarolarga xavfsiz mehnat sharoitini yaratib berishga;
95
fuqarolar tomonidan bajarilgan ishlar uchun ish haqini og‘zaki kelishuvga
muvofiq to‘liq hajmda va o‘z vaqtida to‘lashga;
fuqarolar vaqtinchalik bir martalik ishni bajarayotgan vaqtida ularga
zarur
ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni ta‘minlashga;
yollangan xodim tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilishi va
xodim vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarayotgan vaqtida u bilan yuz bergan
baxtsiz hodisalar to‘g‘risida Markazga yoki vakolatli organlarga zudlik bilan xabar
berishga majburdir.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta‘minlash markazi ko‘rgazmali
axborotlar o‘rin olgan stendlar bilan jihozlanadi, ularda vaqtinchalik bir martalik
ishlarga oid takliflar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, tuman (shahar) korxonalaridagi
mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, amaldagi mehnat va ish bilan
ta‘minlash to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlaridan ko‘chirmalar hamda mehnat
xavfsizligi qoidalariga doir yo‘riqnomalar, boshqa zarur ma‘lumotlar
joylashtiriladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarni ijtimoiy-maishiy shart-
sharoitlar bilan ta‘minlash maqsadida Markaz ovqatlanish shoxobchasi, sanitariya
uzellari, shuningdek o‘tiradigan joylar bilan jihozlanadi.
Markazni barpo etish va uni joriy ta‘minlash xarajatlari Ish bilan ta‘minlashga
ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish qidirayotgan fuqarolarga,
shuningdek ish
beruvchi xususiy shaxslarga Markaz bepul xizmat ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: