UzNel, diss natlib uz, ibs natlib uz, press natlib uz, webofknowledge com, antiplagiat ru, diss rsl ru



Yüklə 16,51 Kb.
tarix29.04.2023
ölçüsü16,51 Kb.
#104668
MA’LUMOTNOMA


MA’LUMOTNOMA
19.04.2022 yil kuni Qo‘qon davlat pedagogika institutiga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Teshaboyeva Umida Alimjanovna, Respublika axborot kutubxona markazi direktori A.G‘oziyev, Farg‘ona viloyat AOK boshqarmasi boshlig‘i Sh.Arslonov, Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi direktori N.Shermatovalar tashrif buyurdilar.
Institut rektori Dilnoza Xodjayeva, soha prorektorlari bilan kechgan ochiq muloqotda so‘nggi yillarda kitob mutoalaasi va targ‘iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, yurtimizning barcha hududlarida aholi orasida kitobxonlikni va kitob mutoalaasiga samarali jalb etish haqida so‘z bordi.
Tashrif davomida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva hamda institut rektori Dilnoza Xodjayevalar o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida hamkorlik memorandumini imzolashdi.
Kelishuvga asosan Axborot-resur markazidagi 25 ta kompyuterlar Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonaning https://natlib.uz/ sayti va unga biriktirilgan UzNel, diss.natlib.uz, ibs.natlib.uz, press.natlib.uz, webofknowledge.com, antiplagiat.ru, diss.rsl.ru bazalariga to’liq ulangan. Bu saytlardan institut professor-o‘qituvchi va talabalari to‘liq foydalanib kelmoqdalar.
Axborot-resurs markazi Elektron kutubxona bo‘limi AT yetakchi mutaxassisi Ismoilov Sherzod 31.10.2022 yil kungi №103X/C sonli buruqqa asosan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “INFOLIB UZBEKISTAN-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligida 2022 yil
1-4-noyabr (to‘rt kun muddat bilan) kunlari xizmat safarida bo‘lib qaytdi.
2022-yil 1-noyabr kuni “Tuman (shahar) AKMlarida foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish tartibi va qoidalari” mavzusida viloyat va tuman (shahar) axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun tashkil etilgan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
2022-yil 2-noyabr kuni italyan bolalar yozuvchisi, hikoyachi va jurnalist Janni Rodari ijodiga bag‘ishlangan tadbir, “Factorbooks” nashriyotida chop etilgan yangi kitoblar va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbonning “Ma’no ahli bilan yonma-yon”, “Makkayu Madinam yohud uzoq yaqin ko‘ngillar” nomli kitoblari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
2022-yil 3-noyabr kuni respublikadagi tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirish xizmati tomonidan “Davlat standartlariga muvofiq adabiyotlarning bibliografik ro‘yxatini tuzish” bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
2022-yil 4-noyabr kuni haftalikni bibliograf olimalardan biri Hamroxon Mamatraimova tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Fidoyi inson — mohir pedagog” nomli xotira kechasi o‘tkazish bilan yakunlandi.
Xizmat safari uchun sarflangan harajatlar to‘liq qoplab berildi.
Bugungi kunda kadrlar malakasini oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan Jahon axborot-resurs markazlaridagi eng ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan onlayn o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashib kelmoqdalar.
Ushbu o‘tkazilayotgan onlayn o‘quv mashg‘ulotlarida Axborot-resirs markazi xodimlari Jahon axborot-resurslariga obuna bo‘lish, milliy axborot-resurslarida elektron kutubxonalar yaratish, analitik hisobotni shakllantirish, Oliy ta’lim tizimida jahon ilmiy ta’lim manbalaridan foydalanish kabi ilg‘or ish tajribalarini o‘rganib kelmoqdalar.
24/7 tizimiga o‘tish bo‘yicha Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tizimni tashkil qilish uchun kerakli uskuna hamda jihozlar haqida tushuncha va ko‘rsatmalar berilmoqda. Hamkorlikda ish tajribalari o‘rganib kelinmoqda.
Yüklə 16,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin