Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish


-jadval  O‟zbekiston Respublikasida ish bilan ta‟minlashga muhtoj bo‟lgan aholi soni



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

6.1-jadval 
O‟zbekiston Respublikasida ish bilan ta‟minlashga muhtoj bo‟lgan aholi soni 
dinamikasi (ming kishi hisobida)*
Hududlar 
Y i l l a r 
2013 yilda 2009 
yilga nisbatan 
o‟zgarishi 
2009 
2010 
2011 
2012 
2013 
+,- 

Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
42,2 
44,5 
41,7 
41,3 
40,3 
-1,9 
95,4 
viloyatlar: 
Andijon 
65,6 
65,1 
64,6 
66,3 
68,5 
2,9 
104,4 
Buxoro 
40,9 
40,0 
40,3 
40,2 
40,9 
0,0 
99,9 
Jizzax 
21,8 
22,0 
21,5 
21,2 
22,2 
0,4 
102,1 
Qashqadaryo 
57,0 
56,6 
56,2 
58,3 
58,3 
1,3 
102,3 
Navoiy 
20,9 
20,1 
20,5 
21,5 
22,8 
1,9 
109,0 
Namangan 
49,3 
48,3 
48,5 
49,0 
49,6 
0,3 
100,6 
Samarqand 
75,2 
74,8 
74,1 
74,6 
76,2 
1,0 
101,4 
Sirdaryo 
14,8 
14,4 
14,6 
13,9 
15,2 
0,4 
102,5 
Surxondaryo 
47,0 
46,1 
46,3 
46,6 
47,6 
0,6 
101,2 
Toshkent 
47,9 
47,4 
47,3 
45,4 
46,8 
-1,1 
97,8 
Farg‘ona
72,5 
77,1 
71,4 
73,2 
72,9 
0,4 
100,6 
Xorazm 
35,1 
33,6 
34,6 
35,6 
37,1 
2,0 
105,8 
Toshkent sh. 
41,2 
38,0 
40,6 
39,2 
41,3 
0,1 
100,2 
Respublika 
bo‟yicha 
631,5 
628,2 
622,4 
626,3 
639,7 
8,2 
101,3 
* Jadval O‟zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma‟lumotlari 
asosida tuzilgan. 
6.1-jadvaldan ko‘rinib turganidek, 2009-2013 yillar davomida ish bilan 
ta‘minlashga muhtoj bo‘lgan aholi soni 8,2 ming kishiga yoki 1,3 foizga ortgan. 
Bu davrda mazkur toifadagi aholi sonining o‘sish sur‘ati Andijon, Jizzax, 
Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida respublika 
o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqori, qolgan hududlarda esa past bo‘lgan. Aytish joizki, 
tahlil qilinayotgan davrda ish bilan ta‘minlashga muhtoj bo‘lgan aholi soni faqat 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Toshkent viloyatlarida kamaygan. 
O‘zbekistonda ish bilan ta‘minlashga muhtoj bo‘lgan aholining 50 foizga 
yaqin qismi Farg‘ona (11,7%), Samarqand (11,9%), Andijon (10,6%) va 
Qashqadaryo viloyatlarining (9,3%) ulushiga to‘g‘ri keladi. 
2014 yilning 1 yanvar holatiga, respublikada 6,0 ming nafar yoki iqtisodiy 
jihatdan faol aholi sonining 0,05 foiz ishsiz hisoblanadi. Ayni vaqtda Mehnat va 


107 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Xalqaro mehnat tashkiloti 
metodologiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan hisob-kitoblariga qaraganda, 
ishsizlikning real darajasi 4,9 foiz atrofida bo‘ldi. Vaholanki bu ko‘rsatkich 2012 
yilda 5,0 foizni tashkil etgan. 
 
6.2. Ishsizlarga haq to‟lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish xususiyatlari
Haq to‟lanadigan jamoat ishlari
deganda, hammabop, odatda, belgilangan 
tartibda ishsiz deb e‘tirof etilgan fuqarolar uchun ularning maxsus dastlabki kasb 
tayyorgarligini talab qilmaydigan mehnat faoliyatining vaqtincha turlari 
tushuniladi. 
Haq to‘lanadigan jamoat ishlari quyidagi maqsadlarda tashkil qilinadi: 
-
ish qidirayotgan shaxs sifatida mehnat organlarida ro‘yxatga olingan 
fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi (mehnat daromadi) olishi va ish 
qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mehnat organlari 
tomonidan ishsiz deb e‘tirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan ta‘minlash 
uchun shart-sharoitlar yaratish; 
-
birinchi marta ish qidirayotgan va kasbi (mutaxassisligi) bo‘lmagan 
shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb qilish; 
-
turli sabablarga ko‘ra kasb faoliyatida ancha uzilishlar bo‘lgan shaxslarni 
(ilgari bolalar tarbiyasi, bemorlar va oilaning keksa a‘zolariga qarash bilan 
mashg‘ul bo‘lgan, jazoni o‘tash muassasalaridan ozod qilinganlar va boshqalar) 
mehnatga qayta tiklash; 
-
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
ob‘ektlarini ishchi kuchi bilan ta‘minlash. 
Quyidagilar: 
a) mehnat organlarida ro‘yxatga olingan, qaramog‘ida uch kishidan kam 
bo‘lgan 35 yoshgacha bo‘lgan ishsiz erkaklar, ular tomonidan ishsizligi bo‘yicha 
nafaqa olish davrida; 


108 
b) ixtiyoriy tartibda - ishsizlarning boshqa toifalari, shuningdek mehnat 
organlarida ish qidirayotgan shaxslar sifatida ro‘yxatga olingan shaxslar haq 
to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashishlari mumkin. 
Mehnat organlari ish qidirayotgan va ishsiz shaxslar tarkibi va sonini hisobga 
olgan holda ishchi kuchiga bo‘lgan talab va takliflarni tahlil qilish asosida aholini 
ish bilan ta‘minlash mintaqaviy dasturining maxsus bo‘limiga kiritiladigan haq 
to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydilar va 
joylardagi davlat hokimiyati organlariga kiritadilar. 
Korxonalar mehnat organlari bilan birgalikda haq to‘lanadigan jamoat 
ishlarining zarur turlari va hajmlarini belgilaydilar. 
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarining tavsiya etiladigan turlarining namunaviy 
ro‘yxati mazkur Nizomga 6.2-jadvalda ko‘rsatib o‘tilgan. 
Mehnat organlari fuqarolarni haq to‘lanadigan jamoat ishlarini bajarish uchun 
yuborishda ish tartibini tashkil etish va haq to‘lash shartlari, moddiy 
rag‘batlantirish imkoniyati haqida ularni xabardor qiladi. 
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashadigan shaxslar bilan ish beruvchi 
ma‘lum muddatga, biroq kamida ikki hafta muddatga uning muddatini uzaytirish 
huquqi bilan mehnat shartnomasi tuzadi. 
Ish beruvchi shartnoma muddatini uzaytirishni rad etgan hollarda, mehnat 
organi ishsizga jamoat ishlarida qatnashish uchun boshqa ish joyi beradi. 
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini bajarish bo‘yicha shartnoma munosabatlari 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan mehnat shartnomasi asosida 
amalga oshiriladi. Ixtiyoriylik asosida brigadalarga birlashgan fuqarolar tomonidan 
haq to‘lanadigan jamoat ishlarining kompleksini yoki alohida turlarini amalga 
oshirishda shartnomada tomonlarning majburiyatlari, ishning hajmi va bajarish 
muddatlari, mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash shakllari nazarda tutiladi. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin