110
Haq to‘lanadigan ishlarni bajarish uchun yuborilgan shaxslarga korxonalarda
amalda bo‘lgan stavkalar va lavozim maoshlari (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan
holda, amalda bajarilgan ish uchun, ammo amalda ishlangan
vaqt uchun ishsizlik
bo‘yicha nafaqa miqdori 15 foizga ko‘paytirilgandan kam bo‘lmagan miqdorda ish
haqi to‘lanadi, agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ish haqidan tashqari mehnat uchun
qo‘shimcha mukofotlar miqdori korxonalar mablag‘lari hisobidan
ish beruvchilar
tomonidan belgilanishi mumkin.
Agar ishsizni bajarilayotgan haq to‘lanadigan jamoat ishi qanoatlantirsa, unda
u ish beruvchi bilan kelishgan holda bunday ishni doimiy asosda bajarishga rozilik
berishi mumkin, mehnat organi esa, unga bu doimiy
mos keladigan ish deb
hisoblaydi.
Bunday hollarda ushbu shaxs bilan ilgari tuzilgan mehnat shartnomasi yangi
mehnat sharoitlari ko‘rsatilgan holda qayta tuzilishi kerak.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilishda mehnat to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilinishi, bunday ishlarni
bajarish uchun mehnat shartnomasi tuzgan fuqarolar
mehnatidan samarali
foydalanilishi uchun mas‘uliyat korxonaga yuklanadi.
Xavfli, zararli va og‘ir mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan haq
to‘lanadigan jamoat ishiga yuborilgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda tibbiy tekshiruvdan o‘tishlari kerak.
Fuqarolarning haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashgan davri to‘g‘risida
ish beruvchi tomonidan ularning mehnat daftarchasiga tegishli yozuv yoziladi.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashgan davr mehnat stajiga qo‘shiladi.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashayotgan fuqarolar pensiya ta‘minoti va
vaqtincha ishga yaroqsizligi bo‘yicha nafaqa olish huquqini saqlab qoladilar.
Ishsizning jamoat ishlarida qatnashgan davri uchun sug‘urta
badallari ish
beruvchi tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq to‘lanadi.
111
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida band bo‘lgan shaxslarga ish vaqtining
davomiyligi mehnat to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Ish beruvchilar ish kuni va ish haftasining o‘zgaruvchan shakllaridan foydalanish,
shuningdek mehnat unumdorligiga ko‘ra yoki ishlangan vaqtga
mutanosib ravishda
haq to‘lagan holda haq to‘lanadigan jamoat ishlarining qisqartirilgan ish vaqtini
kiritishga haqlidirlar.
Ish beruvchi bilan kelishuvga ko‘ra, ishsizlarning ish
vaqtiga mehnat organida
bo‘lish va mustaqil ravishda doimiy (mos keladigan) ish qidirish vaqti (haftada
ikki soatdan ortiq bo‘lmagan) kiritilishi mumkin. Mehnat organlari haq
to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ularda ish bilan ta‘minlangan
fuqarolarni qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda hisobga olib boradilar.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan
fuqarolar mehnatiga haq
to‘lash tartibi 6.4-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: