Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish


Yangi ish joylari tashkil etish dasturining ma‟lumot va tahlil manbalari



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Yangi ish joylari tashkil etish dasturining ma‟lumot va tahlil manbalari. 
Har bir hududda yangi ish joylari tashkil etish dasturini ishlab chiqish va amalga 
oshirishda tuman (shahar)ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, uning istiqbollari, 
o‘rni va salohiyati, ihtisoslashuvi, shunga tegishli davlat, tarmoq va maxsus 
dasturlar, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar, tadbirkorlik sub‘ektlari, aholi va 
uning tarkibi, mehnat bozoridagi vaziyat, ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyoj, ularni 
yaratish uchun imkoniyatlar, moliyaviy manbalar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar jalb 
etiladi va tahlil qilinadi. Bunda davlat hokimiyati, statistika, mehnat organlari, 
korxonalar, tijorat banklari ma‘lumotlari asos bo‘lib hisoblanadi. 
Ish o‘rinlarini asosan 5.3-jadvalda keltirilgan manbalar hisobidan tashkil 
etiladi. 
6.3-jadval 
Ish o‟rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta‟minlash 
DASTURI 
T/r 
Ish o‟rinlarini tashkil etish manbalari
1. 
Yangi ishlab chiqarish ob‘ektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni 
kengaytirish va quvvatlarni yangilash 
2. 
Kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish va rivojlantirish
shu jumladan: 
2.1. sanoatda 
2.2. uy- joy qurish va ta‘mirlashda 
3. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish 
4. 
Kasanachilikning barcha shakllarini tashkil etish 
5. 
Fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish (parrandachilik,
asalarichilik va baliqchilik) 
6. 
Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish 
7. 
Ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash 


115 
3. Ish o‟rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta‟minlash dasturini 
shakllantirish xususiyatlari. 
Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi 
ehtiyojlarini, ish o‘rinlari yaratilishini, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olib, dastur ishlab 
chiqilgan. 
Dasturni tayyorlashda quyidagilar hisobga olingan: 

mehnat bozoridagi vaziyat va ish joylariga bo‘lgan ehtiyoj;

hududda ilgarigi yilda qabul qilingan dasturga binoan haqiqatda yaratilgan 
ish joylarini baholash; 

yangi ish joylari tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari (bunda har bir 
yo‘nalishga maxsus manzilli ro‘yxatlar tuziladi); 

yangi ish joylari yaratish uchun kerak bo‘lgan mablag‘ va uni 
moliyalashtirish manbalari. 
Har bir hududiy dasturda yangi ish o‘rinlari tashkil etishning moliyaviy 
manbalar mavjud bo‘ladi (6.5-rasm). 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin