6.5-rasm
. Yangi ish o‘rinlari tashkil qilishning
moliyaviy manbalari.
Yangi ish o‟rinlarini tashkil qilishning
moliyaviy manbalari
byudjеt
mablag‘lari
Rivojlanish va tiklanish
jamg‘armasi hamda
byudjеtdan tashqari
jamg‘armalar
Tijorat banklarining
mablag‘lari va Bandlikka
ko‘maklashuvchi davlat
jamg‘armasi mablag‘lari
korxona va aholi
mablag‘lari
chеt el
invеstitsiyalari
116
Dasturning asosiy parametrlari, ya‘ni ish joylariga bo‘lgan ehtiyoj, yangi ish
joylarini har bir yo‘nalish bo‘yicha tashkil etish, buning uchun kerak bo‘lgan
mablag‘ miqdorlari va ularni moliyalashtirish manbalari, hududdagi iqtisodiyot,
mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, moliya, statistika organlari rahbarlari,
tuman, shahar, viloyat hokimlari (o‘rinbosarlari) tomonidan imzolanadi.
Bunda mazkur hududda saylangan viloyat, tuman (shahar) Xalq Deputatlari
Kengashi deputatlari hamda tuman (shahar)dagi yirik korxona va tashkilot
rahbarlari, tijorat banklari vakillari qatnashadi.
4. Hududda yangi ish joylariga bo‟lgan ehtiyojni aniqlash.
Hududda
(tuman, shaharda) yangi ish joylariga bo‘lgan ehtiyoj quyidagilar hisobiga
shakllangan:
o‘quv muassasalarini (maktab, kollej, listey, oliy o‘quv yurtini) bitirib, ilk
bor mehnat bozoriga kirib keluvchilar;
iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar natijasida hamda muddatli harbiy
xizmatdan bo‘shatiladiganlar;
ishga joylashishga muhtoj aholi, ya‘ni ish joyi, daromad manbaiga ega
bo‘lmaganlar.
Natijada har bir hududda yangi ish joylarini yaratishga bo‘lgan ehtiyoj
(aholining yoshi, jinsi, ijtimoiy tarkibi bo‘yicha alohida hisoblanishi mumkin)
dasturning asosiy dastlabki ko‘rsatkichi etib belgilanadi.
Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ish joylari tashkil qilish imkoniyatlari
hisoblanib, aniq parmetrlar va reja-ko‘rsatkichlar shakllantiriladi.
Agarda ish joylari yaratish imkoniyatlari (barcha yo‘nalishlar bo‘yicha)
ularga bo‘lgan ehtiyojdan kam bo‘lsa, dasturni ishlab chiqishda ish o‘rinlarini
yaratish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi kerak. Bunday qo‘shimcha
choralarda yangi korxonalar va ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish bilan bog‘liq
imkoniyatlar va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar va ularni
moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.
117
Ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyoj ularni yaratish imkoniyatlaridan ko‘p bo‘lsa,
muayyan hududda ishsizlik darajasi mavjud ko‘rsatkichidan oshib ketishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |