Fitrat Fevral burjua inqilobidan juda katta umidvor edi. Uning umidlari oqlanmadi. Oktyabr to’ntarilishi esa, xalqimizning mustaqillik haqidagi orzularini chil – parchin qildi. Ayniqsa, erkinlik, ozodlik, teng huquqlilik, degan soxta shiorlar ostidagi zulm asosida ish ko’rilishi uning terang idrokida bu tuzumga nisbatan ishonchsizlik uyg’otdi. Shunday paytda Turkiston muxtoriyati masalasi ko’tarilib, uning vatanparvar yuragida yana umid uchqunlarini uyg’otadi, biroq, dushman dushmanligini qildi, Muxtoriyat qonga belandi. Fitrat tarjimai holidan ma’lumki, u buxoroda adolatli tuzum o’rnatishga chin dildan ishonganligi tufayli unga umrini tikkan edi. Ammo bu orzulari ham sarob bo’lib chiqdi ,Vatan, xalq va adolat fidoiylari turli baxonalar blain chetlashtirildi, ayb qo’yilib, jazoga tortilla boshladi. Sotqinlar martabalarining ko’tarilishi , haqiay oqillarning jazolanishlari, mahalliy arablarga nisbatan ishonchsizlik, huquq va mustaqillik baxonasida o’tkazilgan milliy chegaralanish siyosati zamiriga yashiringan mustamlakachilik xarakatlari “ Abulfayzxon “ trgediyasining yozilishiga sabab bo’lgan omillar hisoblanadi.
Ayniqsa Abulfayzxonning bir yurt xoni bo’la turib, mamlakat jilovini o’zga bir podshohning qo’liga tushib qolishi haqidagi hayotiy dalillar Fitratni qattiq qiziqtirib qoldi. Asarni yaratishda Fitrat mavjud tarixiy manbalardan keng miqiyosada foydalangan. “ Abulfayzxon “ ashtarxoniylar sulolasi barbod bo’lib, mang’itlar sulolasi boshlangan, ikki holatda ham mamlakat honavayron ahvolga tushib, saroyda qon to’kishlar, fisqu – fujur va boshqa xil qabihliklar cheklanmagan bir davr tasviriga bag’ishlangan o’zbek adabiyotidagi birinchi tarixiy dramadir. Ashtarxoniylar o’zi kimlar degan savol tug’iladi. Ashtarxoniylar Jo’jixon naslidan bo’lib, XVI asrning 80 – yillaridan boshlab Ashtarxon (Hoji Tarxon, Astraxan ) va uning atrofidagi yerlar va xalqlar ustidan hukumronlik qilgan. 1556 – yilda Astraxanni Russiya bosib olgach, ashtarxoniylardan Yormuhammadxon oila azolari va qarindosh urug’lari bilan Buxoraga keladi. Ularni Buxoro xoni Iskandarxon izzat – ikrom bilan kutib oladi. Iskandarxon qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o’g’li Jonibek Sultonga beradi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o’g’il ( Dinmuhammad , Boqi Muhammad, Vali Muhammad ) ko’radi. Jonibek Sulton va uning o’g’illari Buxoro xonligida yuksak mavqega erishib, Buxoro xonligi viloyatlarida hokim vazifasida faoliyat yuritadilar.