Abdurauf fitrat hayoti va ijodi “abulfayzxon” drammasi Farg'ona davlat universiteti



Yüklə 27,9 Kb.
səhifə1/9
tarix07.01.2024
ölçüsü27,9 Kb.
#201466
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Abdurauf Fitrat yangi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Hayoti

ABDURAUF FITRAT hayoti va ijodi “ABULFAYZXON” drammasi

Farg'ona davlat universiteti

Filologiya (o'zbek tili) yo'nalishi 2-152-guruh talabasi Qoraboyeva Mohinur

Abdurauf Fitrat

  • Abdurauf Fitrat (1886, Buxoro shahri, Buxoro amirligi — 4-oktabr, 1938, Toshkent shahri, O'zbekiston SSR) — o'zbek tarixchisi, filolog, tarjimon, yozuvchi, dramaturg va shoir, zamonaviy o'zbek tili va adabiyoti asoschilaridan biri, O'rta Osiyo jadidchiligining taniqli vakillaridan biri, birinchi o'zbek professori (1926).
  • Jadidchilik milliy ma'rifatparvarlik harakatining tarafdori. Turkiyada o'qigan. Inqilobga qadar O'rta Osiyoni Rossiyadan ozod qilinishi harakatlarida faol qatnashgan, politsiya nazorati ostida bo'lgan.
  • Turkiyadagi „Yosh turklar“ harakatidan ilhomlanib, Buxoroda „Yosh buxoroliklar“ partiyasini tuzgan, uning ma'naviy rahnamosiga aylangan. Do'sti va maslakdoshi Munzim bilan hamkorlikda buxorolik 70 nafar yosh turkistonliklarni Germaniyaning bir qator oliy ta'lim muassasalariga o'qishga yuborgan

Hayoti

  • 1886-yilda Buxoro shahrida ziyoli oilasida tug'ilgan, adibning otasi savdogarchilik bilan shug'ullangan bo'lib, 1918-yilgacha Qashqarda turib qoladi. Yosh Abdurauf asosan onasi Mustafo Bibi (Bibijon) tarbiyasida qoladi, undan Navoiy, Uvaysiy, Zebunniso, Bedil, Fuzuliy kabi yirik shoirlarning g'azallarini tinglaydi.[2]
  • Dastlab eski maktabda, keyinchalik, Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olgan. 1902–1903-yillarda haj safariga chiqqan, uni ado etgach Arabiston, Anatoliya (zamonaviy Turkiya), Kavkazorti, Eron, Afg'oniston, Hindiston bo'ylab sayohat qilgan. 1906–1908-yillarda Rossiyaning Qozon, Nijniy Novgorod, Yaroslavl, Moskva, Petrograd shaharlarida bo'lgan. XX asr boshlarida bujudga kelgan „Tarbiyai atfol“ jamiyati ko'magida 1908–1913-yillarda Istanbuldagi Voizon madrasasida tahsil olgan va qizg'in ijod qilgan.
  • Fitrat (o'rtada) maslakdoshlari bilan. Buxoro. tm. 1908-yil
  • 1908–1913-yillarda Turkiya dorilfununida o'qiyotganda uning zukko, bilimdonligi professor-o'qituvchilarni hayratga soladi. Unga Fitrat — Donishmand taxallusini beradilar.
  • Fitrat o'qishni Istanbulda davom ettirib yurgan kezlarida, hamyurtlari bilan birgalikda „Buxoro ta’limi maorif jamiyati“ni tuzgan. Bu jamiyat buxoroliklarning o'zaro moddiy-ma'naviy uyushmasi vazifasini bajargan hamda Buxoro va Turkiston maorifining olg'a siljishiga doir bir qator ishlarni amalga oshirgan.
  • Bu davrda Turkiya „Yosh turklar“ inqilobidan mast davrni o'z boshidan kechirardi. Turkiyadagi bunday inqilobiy muhit albatta yosh Fitratga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi. U siyosat maydoniga sho'ng'ib ketdi. Bu yerda Fitrat Sharq adabiyoti, san'ati, tarixini chuqur va atroflicha o'rganadi. Ilg'or taraqqiyparvar turk adabiyoti vakillari, turk adabiyoti orqali esa G'arb adabiyoti bilan yaqindan tanishadi. G'arb va Sharq xalqlari madaniyati, adabiyotlari o'rtasidagi farqlarni o'z ko'zi bilan ko'radi, uning sabablarini teranroq anglaydi.

Yüklə 27,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin