Abdurauf Fitrat



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə1/4
tarix05.06.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#125154
  1   2   3   4
6. Abdurauf Fitrat

ABDURAUF FITRAT

(1886-1938)

XX asr boshidagi o‘zbek milliy uyg‘onish davri adabiyotining yetakchi siymolaridan biri Abdurauf Fitrat ko‘hna ilm-fan markazlaridan bo‘lmish Buxoro shahrida 1886-yilda tavallud topgan.

  • XX asr boshidagi o‘zbek milliy uyg‘onish davri adabiyotining yetakchi siymolaridan biri Abdurauf Fitrat ko‘hna ilm-fan markazlaridan bo‘lmish Buxoro shahrida 1886-yilda tavallud topgan.

Uning otasi Abdurahimboy zamonasining o‘ziga to‘q, o‘qimishli, dunyo ko‘rgan kishilaridan edi. Uning tirikchiligi sarroflik (pul maydalovchi, pul almashtiruvchi) va savdogarlik bilan kechgan. Kasbi taqozosi bilan atrof yurtlarga, hatto Turkiya, Eron, Qashqarga tez-tez borib-kelib turgan.

  • Uning otasi Abdurahimboy zamonasining o‘ziga to‘q, o‘qimishli, dunyo ko‘rgan kishilaridan edi. Uning tirikchiligi sarroflik (pul maydalovchi, pul almashtiruvchi) va savdogarlik bilan kechgan. Kasbi taqozosi bilan atrof yurtlarga, hatto Turkiya, Eron, Qashqarga tez-tez borib-kelib turgan.
  • Onasining ismi Bibijon (to‘la nomi Nastarbibi, ayrim manbalarda Mustafbibi deb aytiladi) bo‘lgan. Fitrat 1937-yilda «xalq dushmani» sifatida qamoqqa tashlanganda onasi hayot edi.

TA’LIM

  • Mir Arab madrasasida o'qidi. Turkiyaning Istambul dorilfununidagi to‘rt yillik (1909—1913) tahsil Abdurauf dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
  • “Yosh buxoroliklar”ning siyosiy kurashlaridagi faol ishtirok, maorifni isloh etish, jadidchilik harakatlaridagi jiddiy izlanishlar tufayli tug'ilgan savollarga bu mamlakatning zamonaviy kechmishlaridan javoblar qidirdi.

JO`SHQIN FAOLIYAT

  • Fitrat 1917-yil fevral inqilobidan keyin siyosiy harakatlarga yana-da faolroq aralasha boshlaydi. Buxoro jadidlarining «Yosh buxoroliklar» firqasiga sarkotib bo‘lib saylanadi. Samarqandda chop etiladigan «Hurriyat» gazetasida o‘zining o‘tkir maqolalari bilan ketma-ket chiqishlar qiladi. Fitrat 1917-1918-yillar oralig‘ida bu gazetaga bosh muharrir ham bo‘ladi.
  • Fitrat 1918-yilda Toshkentda «Chig‘atoy gurungi» deb nomlangan ilmiy-ma’rifiy jamiyatni tashkil etadi.
  • 1920-yil oxirlarida Fitrat o‘zining sadoqatli do‘sti Fayzulla Xo‘jayevning taklifi bilan Buxoroga qaytadi. Unga F.Xo‘jayev boshchiligidagi Buxoro hukumatining yirik lavozimlari ishonib topshiriladi.

  • Yüklə 0,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin