“XVI asrdan so’ngi o’zbek adabiyotiga bir qarash” maqola
“Firdavsiy zamoni va muhiti” maqola
“Ahmad Yassaviy” maqola
“Navoiyning forsiy shoirligi va uning forsiy devoni to’g’risida” maqola
“Bedil” maqola
“Mashrab” maqol
“Sharq shaxmati” maqola
“Sarfi zaboni tojik” maqola
“O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” maqola
“Fors shoiri Umar Xayyom” maqola
“O’zbek shoiri Turdi” maqola
“Hibat ul-haqoyiq” maqola
1919-yil “Tilimiz”
1929-yil “Yopishmagan gajaklar”
E’TIROF
Ma’naviyat» nashriyoti tomonidan 2000-yilda Fitratning 2 jildlik «Tanlangan asarlar» to‘plami chop etildi.
Bugun Fitrat nomida Respublikamizning barcha viloyatlarida ko‘chalar bor. Buxoroda uning yodgorlik muzeyi ochilgan, xiyobon barpo etilgan.
Abdurauf Fitratga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti va «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berilgan.
Mirrix — Mars sayyorasi Shamsiy (Quyosh) yil hisobida Hamal (Mart) oyining homiy sayyorasi hisoblanadi. Bu oyning unsuri -xos belgisi — olovdir.
Shoir o‘z o‘lkasida bo‘lib o‘tayotgan xunrezliklar ko‘lamini urg‘ulab ifodalamoq uchun uni jang-u jadallar makoni - Mirrix (qonday qizil sayyora!) bag‘ridagi hodisalarga qiyoslaydi.
Fitrat «Mirrix yulduziga» she’rida o‘zimizdan chiqqan sotqinlar -yurtfurushlarni ham dadil fosh qiladi. Kelgindi hukumat qutqusiga – va’dalariga uchib, o‘z millati va xalqini bosqinchilarga ipsiz bog‘lab berishdan toymagan, «qorin-qursoq yo‘lida elin, yurtin, borin-yo‘g‘in sotqonlar» shoirning o‘tli nafratiga duchor bo‘ladilar. Ular el-u yurtni o‘zgalarga sotish bilan «borin-yo‘g‘in» - imonin, vijdonin, millatin sotdilar.