She’r tarixi haqida Mutal Burxonov (bastakor) xotiralari:
“Bu she’r opam Fotima Burhonovaga atalgan. YUqorida aytganimday, amakilarim jpamni Fitratga 1928 yili berishgan ekan. Bu paytda Fitrat 42 yoshda bo‘lib, ikki marta o‘ylanishga ulgurgan edi. Ammo nima sababdandir bir xotini bilan murosasi kelishmagan, ikkinchi xotini esa vafot etgan. Fotima opam bilan Fitrat uch yil shirin turmush kechirishgan, keyin ajralishgan.
Bu Fitrat uchun juda og‘ir zarba bo‘ladi. U ancha vaqtgacha o‘ziga kelolmay yuradi va yuragidagi bor dardini qog‘ozga to‘kib soladi. Shu tarzda «Nega tark etding meni?» degan she’riy maktub dunyoga keladi. Opam bu maktubni umrining oxiriga qadar ko‘z qorachig‘iday avaylab saqlagan. Men u kishining vafotlaridan so‘ng, qog‘ozlarini ko‘zdan kechirayotib, maktubni topib oldim va undan nusxa ko‘chirdim… va e’lon qildim…
BILIMINGIZNI SINANG!
1. “U zamonasining o’ziga to’q, o’qimishli, dunyo ko’rgan kishilaridan edi. Uning tirikchiligi sarroflik va savdogarlik bilan kechgan”. Gap kim haqida ketyapti?–
2. Fitratning onasini ismi?
3. 1904-1907-yillar oralig’ida Fitrat qayerlarga bordi?
4. Fitratning 1911-1912-yillarda qaysi forsiy she’rlar to’plami va nasriy asari bosilib chiqqan?
5. Fitratning birinchi yirik asari qaysi va u qachon qayerda chop etilgan?
6. Fitrat qayerlarda yangi usuldagi jadid maktablarini ochadi?
6. Fitrat qayerlarda yangi usuldagi jadid maktablarini ochadi?
7. Fitrat qachon va qayerda Cho’lpon bilan ilk bor uchrashdi?
8. Yangi davr o’zbek madaniyati gumanitar soha fanlarining shakllanishida buyuk rol o’ynagan jamiyat?
9. Fitrat Moskvaning qaysi universitetida ma’ruzalar o’qiydi, professorlik unvoniga ega bo’ladi?
10. Fitrat qanday mukofot va orden bilan taqdirlangan?
11. “Mirrix yulduziga” she’ri qachon yozilgan?
12. “Yigit omon bo’lsa, Xavf-u xatar yo’q...” misralari kimga tegishli?