Asosiy qism. Barchamizga ma’lumki, tarbiya – aniq maqsadli hamda ijtimoiy- tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayondir. Axloq esa ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. “Axloq (arab. xulqning ko‘pligi; lot. moralis – xulq-atvor) – ma’naviy hayot hodisasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma’naviyat sohasiga oid tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turushi, ijtimoiy va shaxsiy hayotidagi o‘zaro munosabat, shuningdek, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo‘lishi kerak. Shunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo‘ladi, Vatani, xalq uchun jonini fido etishga ham o‘zini ayamaydi. Axloq talablari kishilarning fe’l-atvori va faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Axloq talablari kishilarning fa’l-atvori va faoliyatida o‘z ifosadini topadi. Axloq hodisa sifatida ijtimoiy faoliyatni tartibga solishning boshqa shakllaridan o‘z talablarining asoslanishi va amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Axloq me’yorlari hamma uchun barobardir, lekin ular hech kimning buyrug‘i bilan joriy etilmagan burch, majburiyat tarzida namoyon bo‘ladi.
Davlatimiz kelajagi ham, rivojlangan mamlakatlar orasida tutgan mavqei va salohiyati ham, dunyoqarashi, bilimi, aql-zakovati, Vatan, jamiyat va oila oldidagi burchi va mas’uliyatini to`g`rianglashi, bugungi avlodga bog‘liqdir. Zero bilim va kasb-hunarga qiziqish, ota-onaga xurmat, do‘stga sadoqat, mehr-shafqat, halollik va poklik kabi axloqiy fazilatlar oilada shakllanadi va sayqal topadi. Abdurauf Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asari oilaning paydo bo‘lishi, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, oilada amal qilinadigan ichki tartib va qoidalarga bag‘ishlangan. Ayniqsa, asarning “Uylanish yoki uylanmaslik xususida”, “Qalin (puli) va to‘y qanday bo‘lishi lozimligi haqida”, “Er-xotinning qanday yashamoqliklari xususida”, “Oilaning maishati va idorasi” qismlarida bu masalalar haqida fikr yuritib o`tgan.
Abdurauf Fitrat ushbu asarida har bir yangi oila uchun qo‘llanma vazifasini o‘tashi mumkin bo‘lgan masalalarni yoritadi. U vatanparvarlik va millatparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, kitobning birinchi qismiga, ayniqsa katta e`tiborni qaratadi. Undan nafaqat o`sha davr balki hozirgi kunda ham yangi oila qurmoqchi bo‘lgan yoshlar kichik hajmdagi axloqiy-maishiy, gigienik-salomatlik qomusi sifatida foydalanishi mumkin.Bundan tashqari, asarda oilaning moddiy tomonlari, tashkil topgandan boshlab, buzilishigacha bo‘lgan holatlarning axloqiy asoslari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tadi. Bu jihatlarni o‘sha davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak juda ijobiy jihat hisoblanadi. Chunki, bu davrda Turkistonda hali meditsina unchalik rivojlanmagan, kishilarning turmush madaniyati ham u qadar yuqori emas edi. Fitrat ko‘plab xorijiy davlatlarda bo‘lganligi sababli, u yerdagi ijobiy, o‘rganish zarur bo‘lgan, turmush tarziga oid juda ko‘p tajriba orttirgan edi. Er-xotin va farzandlardan iborat, bir shaxs boshchiligida, birga yashovchilar, Fitratning fikricha, oilani tashkil etadi. Asarda har bir oila manfaatini himoya qilish maqsadida turli qonunlar ishlab chiqilgani, ular «manzil tadbir» (ro‘zg‘or tebratish tadbiri) deb atalgani ta’kidlanadi. SHu ma’noda, muayyan mamlakat aholisi axloqsizlik oqibatida oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l bersa, shu millatningsaodatiham, hayoti ham shubha ostida qoladi.
Oilada ayollarga munosabat haqida to‘xtalib, Fitrat quyidagi rivoyatni ham keltiradi: “Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy alayhissalom dedilar: “Eng komil mo‘minlar xushhulq va oilasi bilan lutf ila munosabat qiladiganlardir. O‘z xotinlariga mardikarim yaxshilik qiladi va mardilaim yomonlik”. Fitrat nazarida mamlakat taqdiri va istiqboli barkamol farzandlarni tarbiyalash bilangina belgilanmaydi. Mazkur asarda millatning ma’rifatparvarligi ayollarga bo‘lgan munosabatda ham yorqin namoyon bo‘lishi qayta-qayta ta’kidlangan.
Kitobning ikkinchi qismi va muhim qismlaridan yana biri farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan. Fitrat ham tarbiyani an’anaviy yo‘nalishda talqin etadi: jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya va axloqiy tarbiya. Ana shu uch tarbiya uyg‘unligida haqiqiy inson kamol topadi, deb hisoblaydi . Kitobning bu qismida Fitrat, ma’lum ma’noda, o‘ziga xos axloqiy tarbiya nazariyasini taqdim qiladi. U ixtiyor erkinligi muammosini mayl tushunchasi orqali o‘rtaga tashlaydi: baxt mayli, faoliyat mayli, aloqa mayli, boshqalarga mehr-muhabbat mayli va h.k. Bularning hammasida ham insonni jamiyat a’zosi sifatida, ijtimoiy mavjudot sifatida olib qaraydi. Shuningdek, u izzat-nafs, ayniqsa, iroda masalasiga alohida to‘xtalib o‘tadi. “Iroda va ixtiyor” sarlavhasi ostidagi kichik bobda Fitrat farzandni irodali qilib tarbiyalashga da’vat etadi, iroda tarbiyasining to‘rt banddan iborat qoida-bos-qichlarini taklif etadi. Bolani irodali qilib tarbiyalashda ota-onaning zo‘ri emas, balki bolaga beriladigan muayyan erkinlik muhim ekanini ta’kidlaydi.
“Ota-onalarning haq-huquqlari” bobida ham balog‘atga etgan farzandning erkinlik darajasi haqida fikr yuritiladi. Muallif millat taqdirini, uning baxt-saodatini jamiyatdagi oilaviy munosabatlar kamoli bilan bog‘laydi. Uning fikriga ko‘ra, dunyoda izzat va saodat tolibi bo‘lmagan birorta qavm yo‘q. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shunchalik kuchli va mustahkam bo‘ladi. Fitrat millat kamchiligi sifatida iqtisodiy savodsizlikni keltiradi. Masalan, “Qalin (puli) va to‘y qanday bo‘lishi lozimligi haqida” deb nomlangan bobini olaylik, bizning odamlar butun umr yiqqan mol-dunyosini bir kunlik to‘yga sarflashini, qayerdagi bemaza orzu-havaslarga berilib isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yishini asarida qattiq tanqid qiladi. Mutafakkir to‘yni kichik davrada isrofgarchiliksiz o‘tkazib, undan qolgan mablag‘ni yoshlarni ilm olishlariga, sog‘liklarga sarflashlarini ta’kidlaydi. E’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, Fitaratning ushbu fikrlari xali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Sababi, bugun ham jamiyatimizda bemani orzu-xavaslar deb, isrofgarchiliklarga ko‘p pul sarflayotgan kimsalar hali ham mavjud. Iqtisodiy savodsizlik ko‘plab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishini ham muallif alohida ta’kidlaydi. Masalan, hamma pul to‘yga sarflangandan keyin yosh oilalar ro‘zg‘or tebratishga qiynaladi. Qarz-havola qilib o‘tkazilgan to‘yni qarzlari to‘lanadimi yoki ro‘zg‘or tebratiladimi? Bu kabi muammolar bugun ham jamiyatimizda yo‘q emas.Umuman olganda, Fitratning “Oila” asari tom ma’noda yosh avlod uchun hayotiy qo‘llanma bo‘luvchi tarbiyaviy asar deb hisoblayman. Lekin unda pedagogik-didaktik uslub emas, jangovar chorlov uslubi ustunroq.
Fitrat uchun yuksak axloqiylik erk va erksevarlik bilan mustahkam bog‘liq. Turkiston va turkistonlikni ozod ko‘rish, ya’ni milliy mustaqillik mafkurasi kitobning ruhiga singdirib yuborilgan. Uni o‘qigan kishi nafaqat axloqiy fazilatlar nimalardan iborat va ularga qanday erishish kerakligini, balki milliy ozodlik, shaxsiyerkinliknima-yu, uni qanday qilib qo‘lga kiritish mumkinligini anglab oladi. SHu bois mutafakkir- jadid Abdurauf Fitratning “Oila” asari Turkiston milliy Uyg‘onishida benihoya katta rol o‘ynadi, deyish mumkin. Ayni paytda u hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan ajoyib axloqiy-ma’rifiy risola sifatida alohida e’tiborga molik. Fitratning axloqiy qarashlarining dolzarbligi shundaki u o‘z davrini axloqiy hayotini o‘zgartirmoqchi va insonlarni o‘z davrining milliy ozodlik g‘oyasiga chorlaydi. Uning bizga qoldirgan merosi chinakamiga bizning amaliy faoliyatimizga to‘g‘ri keladigan axloqiy ongimizni, o‘zimizni tutishimiz, xatti-harakatlarimiz, muomala odoblarimizni yaxshilash va boyitishga katta hissa qo‘shadi.
Fitratnig “Oila” asari o‘z davrining va bugungi kun insoniyatining ma’naviy dunyosini boyitishda katta rol o‘ynaydi.Har qanday jamiyatda ham oila ijtimoiy taraqqiyot manbai va axloqiy tarbiya o'chog'i bo'lib kelgan. Shuning uchun ham insoniyat ulug'lari oilani nafaqat jamiyat, balki davlatchilik asoslarining qurilishida ham ilk maktab deb hisoblaganlar. Milliy taraqqiyotga yuz tutgan mustaqil yurtim izda komil insonni tarbiyalash va huquqiy davlatchilik asoslariga poydevor qurish davrida 1998- yil — Oila, 2012-yil esa Mustahkam oila yili deb belgilanganligi bejiz emas. Nafaqat ijtimoiy va siyosiy, balki ma'naviy va m a’rifiy ahamiyatga molik ushbu holni proffesor Fitrat birgina islomiy oila timsolida anglatgan. Inson m uhabbatdan tug'ilgan, oiladagi ilk onalik mehri va otalik muhabbati bilan yo'rgaklangan. Go'dakning insoniy sifatlari kamol topishida ham mana shu mehr-m uhabbat tarbiya maskani hisoblanadi. Aytib o`tish mumkinki, nikohdan birinchi maqsad ham nasl qoldirishdir.
Fitrat qarashlarida islomiy oila mohiyatini anglash bo`lgani uchun oilada millatning qadri va sha’nini belgilovchi harakatlar, avvalo, er va xotinning iffat va diyonati bilan bog'liq ekanini hayotiy misollar bilan tushuntiradi. Er-xotinlikning birinchi sharti va oxir-oqibati farzand ekan, bu maqsadga erishish vositasi va sababi visoldir. Visol ishtiyoqi yoshlarda ertaroq tug'ilishiga qaram asdan «hakimlar erkaklarga 23 yoshdan oldin uylanmaslikni va qizlarga 18 yoshdan oldin turmushga chiqmaslikni maslahat beradilar». Abdurauf Fitrat ushbu «maslahat»ning ham fiziologik va genetik, gigiyenik va sihattalab maqsadlariga qaratilganini eslash barobarida oilaning sog'lom va barkam ol farzand yetishtirishdagi vazifalarini erinmay birm a-bir uqtirib o'tgan. Oilani janjal, fisq, xiyonat va, boringki, taloq kabi kushandalardan saqlab turuvchi vosita madoradir, ya'ni er-xotinning murosasidir. Tabiiyki, tartibli oilada nikoh, homiladorlik va uning nihoyasi farzanddir. Fitrat farzand tug'ilishi bilan bog'liq barcha shar’iy hukmlarni eslatish barobarida asosiy e'tibomi farzand parvarishiga qaratgan.
Shuning uchun ham kitobning ikkinchi bobi «Farzand tarbiyasi» deb nomlanadi. Tarbiya masalasiga ham millatga buyuk foyda yetkazuvchi soha deb qaramoq va uni boshqalarga ishonib topshirib qo'yish oilaning mas’uliyatsizligidandir, degan zarur xulosaga keladi. Fitrat tarbiya haqidagi qadimiy fanlar asosida uni uch shaklda: badantarbiya, aqliy va axloqiy tarbiya deb anglatgan. Biroq ularni bir-biridan ajratib ham bo'lmaydi. Ular o'zaro shunday bog'liqdirki, biriga ziyon yetsa, boshqalarida ham nuqson paydo bo'ladi. Biriga foyda yetsa, boshqalari ham undan bahramand bo'ladi. Oiladagi oddiy mojaro va harakatlar bilan o'ralashmay, bolalarning aqliy, ya'ni fikriy tarbiyasi millatning niyati bilan uyg'un bo'lishi lozim.
Axloqiy tarbiya kishi axloqini kamolga yetkazish, odamning fe’li va harakatiga yaxshi fazilatlarni singdirish demakdir. Hayot binosini qurishda va uning taraqqiyotida avlod tarbiyasining rolini ta’kidlar ekan, Fitrat uch narsa: tansihatlik, sog'lom fikr va yaxshi axloq muhimligini aytib o`tadi. So'ngra esa mana shu tarbiya uchun zarur bo'lgan turli xil vazifalarni ohm jamiyat a'zolari oldiga qo'yish bilan o'z risola- tadqiqotini yakunlaydi. Tarixchi olimlarning fikriga qaraganda, odamlar xalq bo'lishlaridan oldin jamoa bo'lib yashash zarur ekanligini bilmaganlar. Shu bois ular tabiiy mushkulotlar ostida azob chekib, hayvonlar hujum laridan halok bo'lganlar. V aqt o'tishi bilan odamlar jamoa bo'lib yashash lozimligini tushundilar. Ularning birinchi jamoalari «oila», y a’ni «ahli bayt» bo'lgan. Ahli bay! jamoalari asta-sekin rivojlanib qavm va qabila jam oasiga aylangan. Bu m uqaddim adan m a’no shuki, oilaning shakllanishi, ya'ni ahli bayt jamoasi, boshqacha aytganda, oila boshqarishga asos solish bani Odam m adaniyatining asosi ekan. Bizga m a'lum ki, odam lar qayerda qavm yoki qabila bo'lib yashasalar, tinchliklarini saqlash uchun va bir-birlarining huquqlarini muhofaza qilish uchun bir nizom (tartib) va qonun joriy etib, shu qonunlar asosida baxt va saodatga erishganlar. Aks holda o'rtalarida tartibsizlik ro'y bergan zahoti nizom -u qoida yo'qolib, darhol nobud bo'ladilar yoki e ’tiborsiz va xor bo'ladilar. Aslida bu tabiiyvazarurbirhodisadir, chunki odam tabiatan manfaatparast va g'arazli bo'ladi. Bir nechta odam jam bo'lib qolsa, har biri o'z manfaatlariga asir bo'lib, boshqalarning huguqiga tajovuz qilib uni poymol qilmoqchi bo'ladi. Buning natijasi notinchlik va intizomsizlik bo'lib, oqibati yana o'sha nest-nobudlikdir. Albatta, bu tajovuz va bosqinchilikning oldini olish uchun qonun lozim. Ushbu risolaning asosiy mavzusi
«oila»dir. Oila er-xotin va farzandlardan iborat. Boshqacha qilib aytganda, oila bir shaxs boshchiligida bir uyda yashovchilardir. Shu ta'riflardan ma’lum bo'ladiki, oila ham bir necha odam lardan iborat bo'lgan jamoa ekan. Ularning har biri insonga xos narsaga, ya'ni o'z manfaatlariga asir bo'ladi. Biri ikkinchisining huquqini tasarruf qilib bosib olishi mumkin. Ana shu tajovuz oldini olish uchun oila a'zolari o'rtasida ham bir qonun lozim. O'tgan olimlar-u hakimlar shu masalada sa'y -harak at qilib qonunlar ishlab chiqqanlarki, ularning umumiy hay'atini «manzil tadbiri» (ro'zg'or tebratish tadbiri) deb ataydilar.
Xulosa. Aslida dunyoda izzat va saodat tolibi bo'lmagan birorta qavm yo'q. Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo'ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo'l qo'ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi. Hozirgi Yevropa olimlari ham o'z xalqlari intizomi va oilalarining rohati uchun harakat qilib yuzlab kitoblarni yozib nashr qilmoqdalar. Ishonchim komilki, oila saodati va baxti uchun qabul qilingan eng maqbul qonun islomiy qonunlar bo'ladi. Lekin olamda eng badbaxt oilalar ham biz musulmonlarning ichimizda bo'ladi, chunki biz ilohiy qonunlarning birontasiga rioya qilmay qo`yganmiz. Baxtsizligimizning sababi oiladorlik xususidagi har bir harakatimiz, sarob orzularimiz va xato fikrlarimizning natijasi bo'lib, aksariyati muqaddas Qur'oni karim hukmlariga ziddir. Shuning uchun zulm va tajovuz ko'rmagan oilalar bizda nihoyatda kam ko'rinadi. Hozirda taraqqiy etayotgan islomiy o'lkalarda turk, arab, fors olimlari o'z millatlarining kimligini anglab yetib, oila nizomi va tinchligi haqida ancha kitob yozdilar. Bu kitoblarda ular diniy va dunyoviy hukmlarga tayanib oilaviy masalalarga izoh berganlar. Xulosa qilib aytganda, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy vazifa yuklangandir. Bola tarbiyasi eng ogʻir ijtimoiy vazifa ekanligi barchamizga ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qoʻyilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning taʼsiri sezilarli boʻladi. Taʼlim muassasalari va mahalla-ko`y, umuman, ijtimoiy muhit inson farzandini to hayotining soʻngi daqiqasigacha taʼqib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va maʼnaviy takomilida ham muhim oʻrin tutadi.