Biz bu laboratoriya mashg’ulotida shifratorlarning ishlash prinsiplari bilan tandik. Ular haqida tushunchaga ega bo`ldik va koderlarning chinlik jadvallarini o`rganib chiqdik. Bu laboratoriyani bajarish davomida electronic workbench dasturidan foydalanib shifratorning electron sxemasini yasadik.
Laboratoriya ish№ 17 Mavzu: Deshifratorlarni tadqiq etish.
Ishdanmaqsad: Deshifratorlar va ularning ishlash printsiplarini o’rganish, Dishefratorning shartli belgilanishi, ko`p pog`onali deshifratorlar bilan tanishish
Deshifrator (DCdecoder) - kirish yo`lidagi signallarni faqat chiqish yo`lining bittasiga chiqarib beruvchi EHMlarning uzelidir.
To`la deshifratorda chiqish yo`llari soni m = 2n, bo`lib unda n – kirish yo`llari sonini ifodalaydi. To`la bo`lmagan deshifratorda esa m < 2n.
Ikkita kirish yo`lli birlik aktiv darajali to`la deshifratorning o`tish jadvalini ko`ramiz: 17.1 – jadval.
Jadval barcha kirish kombinatsiyalarining chiqish qiymatlarini to`la aniqlaydi.
Keyingi bosqichda har bir chiqish funktsiyasi uchun Karno kartasini tuzish va uning manimizatsiyalashtirilgan ifodasini olish kerak. Lekin, ushbu h olat uchun bu ma’noga ega emas, chunki Y –ning xar bir funktsiyasida Karno kartasi bitta «1» egallagan.
Yuqoridagi jadval asosida quyidagi funktsiyalar o`rinlidir: