Abduvaxidov, D


Asosiy vositalar kirimining hisobi



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə31/119
tarix07.07.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#136062
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119
O’zbekiston respublikasi

5.3. Asosiy vositalar kirimining hisobi


Korxonalarga asosiy vositalar turli manbalardan kirim qilinadi. Asosiy vositalarni kirim qilish jarayonida turli xarajatlar sarflanadi va ularning boshlang’ich qiymati buxgalteriya hisobi schyotlarida hisobga olinadi. Ushbu muomalalarning buxgalteriya hisobida aks ettirilish jarayonini misollarda ko’rib o’tamiz.
Misol. "Sitroniks" AJ 2006 yil 10 martda italiyalik xorijiy sherik bilan umumiy qiymati 2500000 yevro bo’lgan to’qimachilik uskunasini sotib olish bo’yicha shartnoma tuzdi. Yetkazib berish shartnomasiga muvofiq, sotib oluvchi uskuna qiymatining 50 foizni yetkazib beruvchining akkreditiv hisob varag’iga oldindan o’tkazishi kerak. AJ 2006 yil 15 martda yetkazib beruvchining bankida akkreditiv hisob varag’ini ochdi. Akkreditiv hisobvarag’i ochilgan sanada yevroning O’zbekist’on Respublikasi Markaziy banki tomonidan so’mga nisbatan belgilangan kursi bo’yicha (keyinchalik so’mga nisbatan 1 yevroning kursi deb yuritiladi) 1 yevro 1440 so’mni tashkil etdi. Akkreditiv hisobvarag’ini ochish bilan bog’liq xarajatlar o’tkaziladigan valuta summasining 0,2 foizini, akkreditiv o’tkazish uchun bank haqi o’tkazilgan summaning 1,2 foizini, kontraktni tayyorlash uchun yuridik firma 200 yevroni, kontraktni ro’yxatdan o’tkazish va yopish bilan bog’liq garflar kontrakt summasining 0,05 foizini tashkil etdi. Bunlan tashqari, milliy valutani yevroga konvertatsiya qilishda konvertatsiya qilingan chet el valutasi summasining 0,2 foiz miqdorida komission haq to’landi. 2006 yil 18 martda uskuna k o’llandi. Uskunani tashish (transportda tashish, jo’natish, ortishtushirish ishlari, yetkazib berish) da xavfsizlikni taminlash, fransport uchun to’lov va boshqalar bo’yicha sarflar 250.000 yevroni tashkil etdi. 2006 yil 25 martda invoysda ko’rsatilgan qiymatdan 5 foizni tashkil etadigan bojxona to’loviga muvofiq yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etildi. Yuk bojxona deklaratsiyasi taqdim etilgan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan so’mga nisbatan o’rnatilgan yevro kursi 1 yevro uchun 1470 so’mni tashkil etli. Хorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan uskunani o’rnatish. Montaj qilish, sinash va ishga tushirish, sozlash ishlari bo’yicha sarflar 100000 yevroni tashkil etdi. Bu xususda ular 2006 yil 10 aprelda hisob-kitob taqdim etishdi (bu sanada kurs bo’yicha 1 yevro 1472 so’mni tashkil etdi). Uskuna 2006 yil 1 2 aprelda ishga tushiriddi.
Ishlab chiqarish uskunasini sotib olish bilan bog’liq operatsiyalar "Sitroniks" AJ buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 2006 yil 15 martda yetkazib beruvchi bankida akkreditiv hisob varag’ini ochishni aks ettirish: Dt 25510 - «Akkreditivlar" - 1800000 m.so’m; Kt 5210 - «Mamlakatlar o’rtasidagi valuta hisoblari" schyoti - 1800000 m.so’m. 1800000 m.so’m = (1 250000 yevro x 1440 so’m 1800000 m.so’m);
Sotib olingan asosiy vositalarning to’lovi bilan bog’liq sarflar summasiga: Dt 9430 - «Boshqa operaiion xarajatlar" - 34200 m.so’m; Kt 5210 - «Mamlakatlar o’rtasidagi valuta hisoblari" schyoti - 34200 m.so’m. (23750 yevro x 1440 so’m = 34200 m. so’m).
Sarflar summasining hisob-kitobi quyidagi ko’rinishga ega:

Akkreditiv hisobvarag’ini ochish bilan bogliq xarajatlar

1250000 yevro x 02 foiz yevro;

Akkreditiv o’tkazish uchun bank haqi

1250000 yevro x 1,2 foiz - 15000 yevro;

Kotraktni tayyorlash uchun to’lov

200 yevro;

Kontraktni ro’yxatdan o’tkazish va yopish bo’yicha sarflar

2500000 yevro x 0,05 foiz - 1250 yevro;

Chet el valutasining konvertatsiyasi bo’yicha xarajatlar

2500000 yevro x 0,5 foiz - 5000 yevro;

Jami

23750 yevro.

2006 iil 18 mart buxgalteriya o’tkazish talab etilmaydi; 2006 yil 25 martda


a) uskuna xarid qiymati summasiga: Dt 0820 -"Asosiy vositalarni sotib olish" - 3675000 m.so’m; Kt 6010 -"Yetkazib beruvchi va vositachilarga to’lov hisobi" schyoti - 3675 000 m. so’m. 2500 000 yevro x 1470 so’m = 3675 000 m. so’m;
b) uskunani tashish bo’yicha sarflar summasiga: Dt 0820 -"Asosiy vositalarni sotib olish" - 367 500 m.so’m; Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 367500 m. so’m. (250 000 yevro x 1470 = 367 500 m.so’m).
v) uskuna bo’yicha bojxona to’lovlari summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni sotib olish" - 183750 m.so’m; Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 183750 m.so’m (2500 000 yevro x 5 foiz - 125000 yevro x 1470 so’m =183750 m. so’m)
2006 yil 10 aprel o’rnatish, montaj qilish, sinov va ishga tushirish-sozlash ishlari xarajati summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni sotib olish" - 147 200 m.so’m, Kt 6990 - "Boshqa majburiyatlar" schyoti - 147 200 m.so’m. (100 000 yevro x 1472 so’m = 147200 m.so’m).
2006 yil 2 aprel uskunani foydalanishga topshirishni aks ettirish: Dt 0130 - "Mashina va uskunalar” - 4373 450 m.so’m, Kt 0820 -"Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti - 4373 450 m.so’m.
Korxona ustav kapitaliga kiritiladigan ulush hisobiga olingan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati bo’lib, korxona ta’sischilari tomonidan kelishilgan ularning pul bahosi hisoblanadi, agar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqalar nazarda tutilmagan bo’lsa. Masalan, "Хususiy korxona to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq, mulkdor xususiy korxon^ning ustav fondiga o’zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi.
Shuningdek "Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 15-moddasiga muvofiq, jamiyatning ishtirokchilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qo’shiladigan pulsiz hissalarning puldagi bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig’ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi.
Korxonaning o’z kuchi bilan qurilgan, shuningdek pulrat shartnomasi bo’yicha qurilgan asosiy vositalar 0100 -"Asosiy vosigalarni hisobga oluvchi schyotlar"larning tegishli schyotlari debetiga, 0810 -"Тugallanmagan qurilish" schyotining krediti bo’yicha kirim qilib olinadi.
Тasischilar tomonidan korxonaning ustav kapitalidagi ulushlari hisobiga kiritilgan asosiy vositalarning kirim qilib olinishi asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyogning (0100) debeti va 4610- "Тasischilarning ustav kapitaliga ulushlari buyicha qarzi" schyotining krediti bo’yicha aks ettiriladi.
Boshqa korxonalar yoki shaxslardan tekinga olingan asosiy vositalarning kirimi, 8530 - "Тekinga olingan mulk" schyot bilan bog’lanishida, asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotning (0100) debeti bo’yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarni hisobga olish (0100) schyoti bo’yicha aks ettiriladi. Biroq soliqqa tortish maqsadida tekinga olingan asosiy vositalarning summasi daromad (foyda) solig’ini hisoblaganda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi.
Shu bilan birga "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 33-moddasi, jamiyatni ta’sis etish chog’ida aksiyaga to’lanadigan haq sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosi muassislar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq chiqarilishini belgilab beradi.
Agar jamiyatning shu yo’sinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan ko’pni tashkil etsa, jamiyat aksiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosini mustaqil baholovchi chiqarishi kerak.
Misol. "Oniks"AJ 2006 yil 10 yanvarda "Sapfir" kompaniyasidan tosh jinslarini qayta ishlash bo’yicha ishlab chiqarish uskunasini sotib oldi, Shartnomaga muvofiq uskunaning qiymati 10800 m.so’mni, shu jumladan QQS 1800 m.so’mni tashkil etadi. Shartnoma shartlariga ko’ra "Oniks" AJ xarid uchun 2006 yil 7 yanvarda uskuna qiymatidan 30 foiz miqdorida bo’nak to’lovini amalga oshirdi. Uskunani sotib olishda "Oniks" AJ mazkur uskunaning texnik va boshqa tavsiflarini baholagan "Avtomatika" injiniring kompaniyasi xizmatidan foydalandi va shartnomaga muvofiq xizmat qiymati 600 m.so’mni tashkil etdi. Aktivdan maqsadli foydalanish uchun uni ishchi holatiga keltirish bilan bog’liq boshqa sarflar quyidagilarni tashkil etdi: yukni yuklashtushirish ishlari 80 m.so’m; avtomobil transportida yetkazib berish xarajatlari 500 m.so’m; uskunalarni yetkazib berishga ma’sul AJ ekspeditorining xizmat safari xarajatlari 100 m.so’m; uskunani yetkazib berish bo’yicha xavfsizlikni taminlash bo’yicha xarajatlar 50,4 m.so’m; ixtisoslashgan montaj kompaniyasining uskunani o’rnatish va montaj qilish qiymati 200 m.so’m; uskunani sinovdan o’tkazishda foydalanilgan materiallarning qiymati 65,6 m.so’m va uskunani ishga tushirish va sozlash bilan bog’liq boshqa sarflar 135,0 m.so’m, 2006 yil 5 yanvarda uskuna ishlatishga berildi va asosiy vositalarni qabul qilish berish haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirildi. Yuqorida ko’rsatilgan operaaiyalar "Oniks" AJ buxgalteriya hisobida aks ettirilishi tartibini ko’rib chiqamiz:
2006 yil 7 yanvar uskunani yetkazib beruvchiga bo’nak to’langanining ifodasi: Dt 4320 - «Uzoq muddatli aktivlar ostida yetkazib beruvchi va pulratchilarga bo’naklar" – 3244000, Kt 5110 - hisob -kigob schyoti- 3240000.
2006 yil 10 yanvar a) yetkazib beruvchilarga to’langan, uskunaning qiymatiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish» - 10.800.000; Kt «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lash schyotlari" – 10800000.
b) uskunani mol yetkazib beruvchilarga berilgan bo’naklarning qoldig’ini yopish; Dt "Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lash schyoti" -3240000; Kt 4320 - «Uzoq muddatli aktivlar ostida yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo’naklar" schyoti – 3240000.
v) uskunaning texnika ishlari va boshqa tavsiyalarini baholash summasiga; Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" – 600000, Kt "Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lash schyoti" - 600000.
g) uskunalarni yetkazib berish, yukni ortish-tushirish yetkazib berishda xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha, sarflar summasiga, shuningdek uni o’rnatish va montaj qilish ishlari qiymatiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" - 830400, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti - 830400.
d) uskunani korxonaga yetkazib berishga vakil bo’lgan ekspeditorning xizmat safari xarajatlari summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" – 100000, Kt 4220 - «Хizmat safariga berilgan bo’naklar" yoki 6970 - «Hisobdor shaxslarga qarz" schyotlari - 100000;
e) uskuna sinovi paytida foylalanilgan materiallar qiymati, shuningdek korxona kuchi bilan amalga oshirilgan ishga tushirish, sozlash ishlari bo’yicha sarf summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti – 200600, Kt 1000-«Materiallar», 6710 «Mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitob», 6500 «Sug’urta va davlat maqsadli fondiga to’lash bo’yicha qarzlar hisobi» va 6900 «Boshqa majburiyatlar» schyotlari- 200600.
2006 yil 15 yanvar sotib olingan uskunani ishlatishga berishni aks ettirish: Dt 0130 - «Mashina va uskunalar" schyoti – 12531000, Kt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti 12531000.
Kreditdan foydalanish uchun foizlar to’lash harajatlari qarz kapitali xisobiga to’liq yoki qisman to’lab sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritilmaydi.
Faraz qilaylik, "Oniks" AJ 2006 yil 15 yanvarda uskuna sotib olish bo’yicha kreditorlik qarzining qolgan qismini to’lash uchun Depozit bankdan har oyda foizlarni yillik 36 foiz stavka bo’yicha to’lash bo’yicha uch yil muddatga kredit oldi. Bunda kredit bo’yicha to’lanadigan foizlar "Oniks" AJ buxgalteriya hisobida 2006 ychl 31 yanvarda quyidagi tarzda akg ettiriladi: Dt 9610 - «Foiz ko’rinishdagi xarajatlar" schyoti- 126760, Kt 6920 - «O’tkazilgan foizlar" schyoti- 126760.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin