5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko’rsatish maqsadida yoxud xo’jalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy aktivlardir.
Asosiy vositalar ba’zan korxona barcha aktivlarining asosiy qismini tashkil etadi, shuning uchun uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda ko’rsatish uchun katta ahamiyatga ega.
5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar:
a) korxonada kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda tushishiga ishonch bo’lsa;
b) aktivning qiymati aniq baholangan bo’lsa, aktiv sifatida tan olinadi.
Korxona asosiy vositalar obekti etirof etishning birinchi shartiga mos kelishini belgilashda dastlabki etirof etish paytigacha mavjud dalillar asosida kelgusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli darajasini baholashi kerak. Bu korxona kelgusida olingan aktivga ega bo’lish, foydalanish va boshqarish bilan bog’liq barcha haqlar unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obyektga ega bo’lish bilan bog’liq barcha tavakkallikni o’z zimmasiga olishni bildirali. Ushbu iqtisodiy foydani olishning yetarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda ko’rishi va o’z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi bo’yicha aniqlikni taqazo etadi. Bunday aniqlik odatda iqtisodiy foyda va tavakkalchilik butunlay korxonaga o’tgandagina mavjud bo’ladi. Ungacha aktivni sotib olish operatsiyasi odatda muayyan yo’qotishlarsiz bekor qilinishi mumkin, shuning uchun aktiv etirof etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi sharti, odatda, buxgalteriya hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan almashtirish opera iiyasi natijasida uning qiymati aniqlanadi. Shu bilan birga, agar aktiv xo’jalik subyektining o’z kuchi bilan vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli baholash tashqi taraflar bilan materiallar, ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar asosida amalga oshirilishi mumkin.
5-BHMSning 4-bandida quyidagi mezonlarga javob beruvchi moddiy akgivlar asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi nazarda tutilgan:
a) bir yildan ko’proq xizmat muddati;
b) O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik baravari miqdoridan ko’proq qiymatlagi predmetlar, bir donasi uchun.
Korxona rahbari hisobot yilida asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilash huquqiga ega.
Asosiy vositalar tarkibidagi jihozlarning hisobi uchun ular qiymatining kam miqdorini belgilashda xo’jalik subyekti rahbari sohaning xususiyatlariga, korxona ko’lami hamda korxonaning xo’jalik operatsiyalari xususiyatiga asoslanishi mumkin.
Shu 5-BHMSda xizmat muldash va qiymatidan qat’iy nazar quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmasligi belgilab qo’yilgan: a) maxsus asbob va qurilmalar; b) maxsus va sanitar kiyim, maxsus poyabzal; va yotar joy buyumlari; I) kanselariya buyumlari; d) oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona sochiq-dasturxonlari;) qurilish bo’yicha sarflar qurishmontaj ishlari qiymatiga kiritiladigan vaqtinchalik moslama va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan kam bo’lgan almashtiriluvchi inshootlar; z) ov qurollari.
Shuni qayd etish kerakki, bozor iqtisodi sharoitidagi buxgalteriya hisobida markazlashgan rejali iqtisodiyot shartsharoitidan farqli o’laroq, asosiy vositalarning yangi obektlari paydo bo’ladi va hisobga olinadi. Ularga qono’n hujjatlariga muvofiq korxonaga mulk sifatida beriladigan yer uchastkasi ham kiradi.
Yuqorida ko’rsatilgan BHMSning 5-bandiga muvofiq asosiy vositalarning yagona buxgalteriya hisobi inventar obektdir. Malum mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan barcha moslamalar va ashyolar yoki alohida konstro’ktiv jihozlangan o’sko’nalari bo’lgan obyekt inventar obyekti, deb e’tirof etiladi. Masalan, ishlab chiqarish binosini ishga tushirishda unga, odatda, yong’indan saqlash, ventilyatsion va isitish tizimlari biriktiriladi. Buxgalter hisobida bunday qurilmalar bino bilan birga bir inventar obyekt sifatida qaraladi. Ammo asosiy binoga biriktirilgan passajir yoki yuk liftlari, sovutgich kameralari, sanoat pechlari, odatda, alohida inventar obektlar sifatida qaraladi. Malum ishni bajarishga mo’ljallangan va o’zida bir butunlikni ifodalovchi konstruktiv birikkan predmetlarning alohida kompleksi ham o’z navbatida invetar obekti bo’lishi mumkin. Konstruktiv birikkan predmetlar kompleksi deganda kompleksga kiruvchi har bir predmet mustaqil emas, balki faqat o’z vazifasini kompleks tarkibida bajarishi natijasida umumiy moslama va xususiyatga ega bo’lgan bitta yoki turli vazifaga ega bo’lgan bitta yoki bir necha predmet tushuniladi. Biroq bitta asosiy vositaning turli foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obekti bo’lsa, har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar obekti sifatida e’tirof etiladi. Yuqorida keltirilgan -misolga qaytsak, faraz qilaylik, foydali xizmat muddati 40 yilga m o’ljallangan ishlab chiqarish binosiga ega bo’lgan korxonada foydali xizmat muddati yetkazib beruvchi tomonidan kafolatlangan va 25 yilni tashkil etadigan zamonaviy yong’indan saqlash tizimi montaj qilindi. Mazkur holatda binoning yong’indan saqlash tizimi asosiy vositalarning alohida inventar obyekti sifatida hisobga olinishi kerak.