Abduvaxidov, D


Хo’jalik hisobi haqida tushuncha va unga qo’yilgan talablar



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə3/119
tarix07.07.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#136062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
O’zbekiston respublikasi

1.1.Хo’jalik hisobi haqida tushuncha va unga qo’yilgan talablar


O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo’li orqali rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikning turli - tuman shakllaridagi korxonalarini yaratish hamda sog’lom raqobatchilikni rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Yirik ijtimoiy ishlab chiqarish yuqori sifatli ishlab chiqarishni va boshqarishni talab qiladigan raqobatsiz rivojlana olmaydi.


Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo’yilgan reja ko’rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo’jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo’jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.
Korxona va tashkilotlarning xo’jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish hamda ishlab chiqarishning borishini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat kuzatuvni amalga oshirishning o’zi kifoya qilmaydi. Olingan ma’lumotlarni o’lchash, ya’ni menejerlarga zarur bo’lgan ma’lum bir miqdoriy ko’rsatkichlarda ifodalash lozim bo’ladi. Undan so’ng bu ko’rsatkichlar boshqarishga zarur bo’lgan yo’nalishda axborotni guruhlash, korxonalar faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro’yxatga olinishi lozim.
Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar, dalillarni qayd etishni tushunmoq kerak.
Shuni ta’kidlamoqchimizki, xo’jalik hisobi barcha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davrida bir xil bo’lmagan. Shuning uchun ham xo’jalik hisobi uning oldiga qo’yilgan talablariga mos shaklda ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida doimo o’zgarib borgan.
Ishlab chiqarish usuli va boshqarish tizimining o’zgarishi iqtisodiy hamda siyosiy tuzum o’zgarishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida, xo’jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish, uni amalga oshirish, nazorat qilish usullarining o’zgarishiga, demak, xo’jalik hisobining ham o’zgarishiga olib keladi. Ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichida xo’jalik hisobi o’z maqsadi, vazifasi, shakllari va tashkiliy xususiyatlariga egadir. Bozor munosabatlari sharoitida u har doim aniq ifodalangan boshqaruv xarakteriga ega.
Shunday qilib, kishilik jamiyatining rivojlanishi xo’jalik hisobining mazmunini aniqlab, uning o’zgarishiga sharoit yaratib beradi, ya’ni uni u xizmat qilayotgan boshqarish mexanizmining xususiyatlariga bog’liq holda tarixan shartli qilib qo’yadi. Хo’jalik hisobi insoniyat rivojlanishining har bir bosqichidagi xo’jalik faoliyatini tashkil qilish xususiyatlarini aks ettiradi. Bundan xulosa qilish mumkinki, xo’jalik hisobi, xo’jalik operatsiyalarini miqdoriy aks ettirishidan tashqari ularga sifat tavsifini ham beradi. Yuqoridagilarni umumlashtirib, xo’jalik hisobini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Хo’jalik hisobi deb xo’jalik faoliyatining rivojlanish istiqbollarini aniqlash, uni boshqarish va nazorat qilish maqsadida shu jarayonni miqdoriy (qiymat, mehnat) aks ettirish va sifat jihatidan tavsiflashga aytiladi. Хo’jalik hisobi to’g’risidagi umumiy fikrni aniqlashtirish va uning tarixiy xususiyatini yaxshiroq tushunib olish uchun davlat monopoliyasi mulkchiligi va bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitidagi uning mazmunini ko’rib chiqish lozim. Bunda ulardagi amal qilayotgan iqtisodiy qonunlarning xususiyatlaridan kelib chiqish lozim, chunki hisobning o’ziga xos xususiyatlari mana shu qonunlar bilan belgilanadi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olish asosiy iqtisodiy maqsad bo’lib hisoblanadi. Demak, tadbirkorlar tomonidan o’z korxonalaridan foyda olish bozor iqtisodiyotida xo’jalik faoliyatining bosh rag’batini anglatadi.
Asosiy iqtisodiy qonun xo’jalik faoliyatining maqsadini, demak, xo’jalik hisobining ham maqsadini belgilaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkdorlar xo’jalik hisobidan maksimal darajada foyda undirish va o’stirish uchun foydalanadi va bunda mulk egalari uning yordamida qo’yilgan mablag’lar va kapitalning yuqori samarali ishlatilishi ustidan kuzatishni amalga oshirishga harakat qilishadi.
Bozor iqtisodiyotidagi xo’jalik hisobining maqsadi foydaning shakllanish jarayoni ustidan kuzatish hisoblanib, uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahsulot (ish, xizmat)lar sifatini yaxshilash hamda yaratilgan mahsulot tannarxini kamaytirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish vositalarining katta qismiga ega bo’lgan tadbirkorlarning manfaatiga rioya qilinadi. Хo’jalik hisobidan ham xuddi shu yo’nalishda foydalaniladi. Uning yordamida tadbirkorlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning yangidan - yangi vositalarini topib, amalga oshirilayotgan faoliyatdan eng yuqori yutuqlarga ega bo’ladilar va ularni olish yo’llarini aniqlaydilar.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyotida xo’jalik hisobidan, asosan tadbirkorlar - mulk egalari manfaati uchun foydalaniladi. Shuni ta’kidlash lozimki, bunda xo’jalik hisobi tadbirkorlar uchun nafaqat hisobot tuzish uchun qurol bo’libgina qolmay, u eng avvalo korxona faoliyatining yuqori samaradorlikka erishishi uchun ishab chiqarishni boshqarish quroli sifatida xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik hisobining ko’rsatkichlari ichki va tashqiga bo’linib, axborotdan ham tashqi hamda ichki qiziquvchilar-menejerlar tomonidan foydalaniladi. Тabiiyki, xo’jalik hisobining bu ma’lumotlari mulkchilikning har xil shakldagi hamda sog’lom raqobatchilikning rivojlanishi sharoitida obyektiv ravishda tashqi - e’lon qilinadigan va ichki - tijorat siri hisoblangan qismlarga bo’linishi kerak. Buni yuzaga chiqarish uchun tijorat sirini himoya qiluvchi qonun ishlab chiqilishi kerak bo’ladi. Bunday qonun tadbirkorlarga o’z korxonalarining ishi bilan tanishish uchun faqat tashqi foydalanuvchilarga mo’ljallangan axborotni berish va tijorat siri hisoblangan ichki axborotni saqlab qolish huquqini beradi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, tadbirkorlarning xo’jalik faoliyati o’z maqsadlariga munosib ravishda axborotlarda buzib ko’rsatishning oldini olish uchun bozor munosabatlari mexanizmining zarur shartlaridan hisoblangan mustaqil auditorlik faoliyati keng rivojlantirilishi kerak.
Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik sharoitida mulk egalarining mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan ichki rejalashtirish o’z rivojini topishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik hisobi har bir tadbirkor tomonidan o’zining xohishiga qarab tashkil qilinib, umumbelgilangan talablarga rioya qilish bilan birga boshqarishning ma’muriy - buyruqbozlik tizimiga xos bo’lgan qat’iy tartibga solingan hisobning o’rniga davlat tomonidan qo’yiladigan tartibotini minimumgacha kamaytirib boradi.
Хo’jalik hisobining umumiy uslubiy asoslariga rioya qilish sharoitida, uning nafaqat shakllari va tashkil qilinishi har xil bo’lmay, hattoki, hisob ko’rsatkichlarini olish uslubiyati ham har xil bo’lishi mumkin. Natijada xar xil mulk egalari ixtiyorida bo’lgan korxonalardagi bir xil turdagi ko’rsatkichlar har xil yo’l bilan ishlab chiqilishi mumkin, lekin e’lon qilinadigan hisobotdagi ma’lumotlarning solishtiruvchanligini ta’minlash uchun moliyaviy hisobga ilova qilingan tushuntirish xatida korxona tomonidan qabul qilingan hisob siyosati haqida izohlar keltirilishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti sharoiti mulkchilik tuzilishining o’zgarishi, turli tavakalchilik va noma’lumliklarni yuzaga kelishi, investitsiya, qimmatli qog’ozlar, o’z aksiyalarini chiqarish va sotish, valuta va ko’chmas mulk muomalalarini vujudga kelishi bilan ifodalanadi.
Bunday sharoitda korxona bozor konyukturasini o’rganadi, o’z faoliyati-ni mustaqil rivojlantiradi, iste’molchilarni qidirib topish bilar shug’ullanadi, tovar, ish va xizmatlarni, korxonalarning sotish narxini o’zi belgilaydi, tijorat banki kreditlari va boshqa investorlarning mablag’larini jalb qiladi.
Bunday faktlarni to’g’ri hisobga olish va boshqarish, shuningdek, barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun axborotlarni yig’ish va ishlab chiqishning samarali tizimi zarur.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobi - bu faoliyat ko’rsatayotgan subyektning mulki, majburiyatlari, xo’jalik operatsiyalari va ularning harakatini yoppasiga hamda uzluksiz hujjatlashtirish yo’li bilan tartibli yig’ish, nazorat qilish, o’lchash, ro’yxatga olish, pul o’lchovida ishlov berish tizimidir.
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi - to’liq va ishonarli axborotlarni shakllantirish, ichki va tashqi foydalanuvchilarni u bilan ta’minlash, shuningdek boshqaruv va moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun axborotlardan foydalanish.
Demak, buxgalteriya hisobi bu -

  • subyektning iqtisodiyoti to’g’risida miqdoriy (moliyaviy) axborot beruvchi axborot tizimidir;

  • iqtisodiy axborotni aniqlash, nazorat qilish, o’lchash va uzatish jarayonidir;

  • cheklangan resurslardan foydalanish usulini tanlab olishda zarurdir.

Buxgalteriya hisobini korxona to’g’risidagi moliyaviy axborotlar bilan ta’minlovchi tizim, biznes amaliyotiga iqtisodiy nazariyani amalda qo’llovchi, jahon ishbilarmonlar tili, soliqqa tortiladigan bazani shakllantirish usuli desak, bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalter - moliyaviy axborotlar menejeri, moliyaviy axborotlar bilan ta’minlovchi mutaxassis, moliyaviy asosda qarorlar qabul qilish bo’yicha menejerga faol yordamchi va nihoyat korxona faoliyatini tubdan yaxshilovchi shaxsdir.
Korxonalarni boshqarishda xo’jalik hisobidan samarali foydalanish hamda asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ma’lum talablarga rioya qilish kerak. Bu talablar buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bilan belgilangan.
Amaliyotda buxgalteriya hisobi oldiga an’anaviy ravishda quyidagi talablar qo’yilgan: hisob ko’rsatkichlarining reja ko’rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi; o’z vaqtidaligi, aniqligi va obyektivligi; to’laligi; ravshanligi; tejamliligi va hammabopligi. va x.k.
Нisob ko’rsatkichlarining reja ko’rsatkichlari bilan solishtiruvchanligi - hisob ko’rsatkichlarining markazlashtirilgan tartibda belgilangan reja ko’rsatkichlari bilan solishtirish mumkinligini ta’minlashni nazarda tutadi. Korxonani rivojlantirish rejalari korxonaning o’zi ishlab chiqadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki ishlab chiqarishni rejalashtirish nuqtai nazaridan ko’rilishi kerak. O’z vaqtidaligi, aniqligi va obyektivligi talabiga kelsak, shuni aytishimiz lozimki, xalqaro standartlarga binoan o’rinlilik, ahamiyatlilik va moddiyliligiga ko’proq ahamiyat beriladi. Buxgalteriya hisobida nazariydan ko’ra amaliy tomonga ko’proq e’tibor berilishi kerak.
Тejamliligi va hammabopliligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu talab chegaralangan bo’ladi. Тejamlilikni nazarda tutganda axborotni uni hosil qilish sarflari bilan solishtirish asosida uning muhimliligidan kelib chiqish lozim.
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuniga binoan maxsus talablar bilan belgilangan va ularga asoslangan holda hisob yuritilishi hamda hisobot tuzilishi lozim bo’lgan buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari quyidagilardir: ikkiyoqlama yozuv; uzluksizlik; xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi; aniqlik; hisoblash; ehtiyotkorlik; mazmunning shakldan ustunligi; ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning betarafligi; hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi; aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Buxgalteriya hisobida xo’jalik operatsiyalari o’lchov obyekti bo’lib hisoblanadi. Ular firmaning moliyaviy ahvoliga ta’sir qiladigan xo’jalik hayotining hodisalaridir. Operatsiyalar ikki tomonlama bo’lib, mustaqil sheriklar o’rtasida qiymatliklarni almashtirishdan yoki bir tomonlama, stanok va asbob-uskunalarning eskirishi, foizlar bo’yicha summalarning doimiy jamg’arilishi va boshqalardan iborat bo’lishi mumkin.
Хo’jalik hisobi tomonidan qamrab olinadigan obyektlar raqam ko’rsatkichlari vositasida aks ettiriladi. Ularni olish uchun xo’jalik hisobida moddiy, mehnat va qiymat o’lchovlari qo’llaniladi.
Moddiy o’lchov ma’lumotlarni sanash, tortish, o’lchash yo’li bilan olish uchun xizmat qiladi. Bu uzunlik (metr, santimetr, millimetr), og’irlik (gramm, kilogramm, tonna), hajm (kvadrat metr, litr, kubometr) va boshqa o’lchamlardir. Ulardan qaysi birini tanlash hisobga olinadigan obyektlarning xususiyatiga bog’liq. Moddiy o’lchovlardan asosan tovar moddiy qiymatliklarning miqdorini hisobga olishda foydalaniladi. Ular zaxiralar darajasining eng muvofiqligi va moddiy resurslarning but saqlanishi ustidan nazorat qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har xil navlarini va nomlari bo’yicha hisobga olishda ulardan foydalanish nafaqat miqdoriy ko’rsatkichlarini bera qolmay, shu qiymatliklarning sifat tavsifini ham beradi. Lekin ulardan faqat bir turdagi buyumlarni hisobga olish uchun foydalanish mumkin. Har Turli xil bo’lgan predmetlarning natura ko’rsatkichlarini jamlash mumkin emas.
Demak, moddiy o’lchovlari yordamida korxonaning moddiy qiymatliklarini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko’rsatkich olinishi mumkin emas.
Mehnat o’lchovi sarflangan mehnat miqdorini hisoblab chiqish uchun qo’llaniladi va kishi-kuni, kishi-soati birliklarida ifodalanadi. Mehnat o’lchovi yordamida mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari, korxona xodimlarining ish haqi hisoblab chiqiladi, ishchilarning ishlab chiqarish normalari belgilanadi va nazorat qilinadi. Bu o’lchov ko’pincha moddiy o’lchovi bilan birgalikda qo’llaniladi. Masalan, ishlab chi^arishning normalarini bajarilishini nazorat qilishda mahsulotning u yoki bu miqdorini ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflanayotganligi hisoblab chiqiladi; mehnat unumdorligini hisoblab chiqishda - ularning vaqt birligvdagi (kun, soat) ishlab chiqarish miqdori qancha ekanligi va hokazolar hisoblab chiqiladi. Shunday qilib, mehnat o’lchovi yordamida u yoki bu jarayondagi mehnat sarflarining samaradorligi aniqlanadi.
Natura o’lchovlaridan farqli o’laroq, mehnat o’lchovlari ayrim hollarda, masalan, mahsulotning har xil turlarini ishlab chiqarishga qilingan mehnat sarflari miqdorini aniqlash uchun foydalaniladigan normalashtirilgan vaqt ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish yo’li bilan har xil bo’lgan hajmlarni o’zaro solishtirish imkonini beradi.
Ish vaqtidan universal o’lchov birligi sifatida mehnat sarflarini bevosita hisobga olish uchun foydalaniladi.
Qiymat o’lchovi hisob obyektlarini yagona, bir xil ifodalashda qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasida pul o’lchovi vazifasini so’m va uning qismi bo’lgan tiyin bajaradi. Qiymat o’lchov yordamida har xil bo’lgan xo’jalik mablag’lar va jarayonlarning umumlashtirilgan ko’rsatkichlari, masalan, korxonadagi har xil materiallarning umumiy hajmi yoki undagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qilingan barcha xarajatlarning umumiy summasi hisoblab chiqiladi.
Qiymat o’lchovidan foydalanish qiymat qonunining mavjudligi bilan belgilanadi, chunki unda xo’jalik faoliyatining eng muhim ko’rsatkichlari faqat pul shaklida ifodalanishi mumkin.
Qiymat o’lchovi yordamida korxona faoliyatini rejalashtirish hamda korxona va uning tarkibiy qismi faoliyati natijalari ustidan nazorat amalga oshiriladi. U korxona va tashkilotlarning kredit va hisob-kitob aloqalarini ifodalovchi vosita bo’lib hisoblanadi.
Binobarin, pul o’lchovi xo’jalik faoliyatining eng muhim bo’lgan miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari hisoblangan ishlab chiqarish hajmi, foyda, rentabellik, likvidlik korxonaning to’lov qobiliyati va boshqa ko’rsatkichlarni hisoblab chiqish uchun zarurdir. Qiymat o’lchovi hisobda ko’pincha moddiy va mehnat o’lchovlari bilan birgalikda qo’llaniladi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin