Абитуриент учун


O‘QUV MARKAZINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI



Yüklə 66 Kb.
səhifə2/5
tarix04.09.2023
ölçüsü66 Kb.
#141458
1   2   3   4   5
Kelajak kasblari - shartnoma oqitish 8

2. O‘QUV MARKAZINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.1. O‘quv markazi quyidagi huquqlarga ega:
Ta’lim oluvchini O‘quv markazining ichki tartib-qoidalari va majburiyatlari bilan imzo qo‘ygan holda tanishtirish;
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son Qaroriga muvofiq, “Yoshlar daftari” Vasiylik kengashidan yoki Ta’lim oluvchidan ta’lim xizmati ko‘rsatganlik to‘lovini ushbu shartnomaga asosan “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan yoki boshqa manbalar hisobidan amalga oshirishni talab qilish;
o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ta’lim oluvchining bilim darajasini aniqlash maqsadida diagnostik imtihon (test) sinovlari o‘tkazish va har oyda kamida 1 marotaba imtihon (test) sinovlarini o‘tkazish.
2.2. Quyidagi hollarda mazkur shartnoma O‘quv markazi tomonidan bir taraflama bekor qilinadi:
Ta’lim oluvchi O‘quv markazi ichki Tartib-qoidalariga rioya qilmasa yoki ularni qo‘pol ravishda buzsa;
Ta’lim oluvchi ahloqiy buzuqlik qilsa, kiyinish tartibi va madaniyatini buzsa, O‘quv markazi xodimlariga nisbatan qo‘pol, hurmatsiz munosabatda bo‘lsa, O‘quv markazi binosi yoki hududida tamaki yoki inson ongini mast qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlarni iste’mol qilsa, O‘quv markazi mulkiga shikast yetkazsa yoki nobud qilsa;
Ta’lim oluvchi uzrli sabablarsiz ketma-ket 3 (uch) kunlik dars mashg‘ulotlarida qatnashmasa;
Tinglovchining uni tinglovchilar safidan chiqarish bo‘yicha arizasiga muvofiq.
2.3. O‘quv markazining majburiyatlari:
mazkur shartnoma shartlariga rioya etishi va o‘z vazifalarini belgilangan muddatda sifatli bajarish;
Ta’lim oluvchiga tanlagan fanlari va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim olishi uchun sharoit yaratish, xususan, xonalarning yetarlicha yorug‘ bo‘lishini, texnika xavfsizligiga rioya etilishini, xonalarda havo aylanish tizimi mavjudligini hamda yoz-qish mavsumiga tayyorligini taminlash;
Ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ta’lim beriladigan o‘quv xonalarida zaruriy o‘quv jihozlari, metodik qo‘llanmalar, ta’lim dasturlari va o‘qitish rejalari bilan ta’minlash;
Ta’lim oluvchiga ta’lim berish uchun tegishli yo‘nalish bo‘yicha malaka sertifikatlariga ega, o‘quvchilarga ta’lim berish yo‘nalishida kamida 1 (bir) yillik pedagogik va psixologik ish tajribasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni jalb etish;
Ta’lim oluvchining barcha dars mashg‘ulotlarni ularni qoldirmasdan ishtirok etishini, topshirilgan vazifalarni bajarishini, ta’lim dasturlari bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirib olishini hamda O‘quv markazi Ustavi va ichki tartib qoidalariga so‘zsiz rioya qilishini ta’minlash;
Ta’lim oluvchida mehnat qilish va mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni kasbiy yo‘naltirishga va kasb tanlashiga ko‘maklashish;
loyiha doirasida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan o‘quv xarajatlari to‘liq qoplab berilgan ta’lim oluvchidan qo‘shimcha pul talab qilib olmaslik;
o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin ta’lim oluvchining bilim darajasini aniqlash maqsadida diagnostik imtihon (test) sinovlari o‘tkazish va har oyda kamida 1 marotaba imtihon (test) sinovlarini o‘tkazish;
ta’lim oluvchi tomonidan oylik imtihon testlaridan yetarli ball (55 foizdan past) to‘play olmagan, dars jarayonlariga e’tiborsizlik bilan yondashgan taqdirda, mahalladagi yoshlar yetakchisini bu haqida xabardor qilish;
loyiha doirasida ish bilan band bo‘lmagan Ta’lim oluvchilarning kelgusida doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish hamda bandligini ta’minlanishga ko‘maklashish;
ushbu shartnoma o‘quv markazi tomonidan bir tomonlama bekor qilingan yoki ta’lim oluvchi uzrli sabablarsiz ketma-ket 3 kunlik dars mashg‘ulotlarida qatnashmagan taqdirda, 3 ish kuni ichida “Yoshlar daftari” Vasiylik Kengashini bu haqida rasman, yozma tarzda xabardor qilish.



Yüklə 66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin