Абитуриент учун


O‘QITISH TO‘LOVLARINI AMALGA OSHIRISH VA



Yüklə 66 Kb.
səhifə4/5
tarix04.09.2023
ölçüsü66 Kb.
#141458
1   2   3   4   5
Kelajak kasblari - shartnoma oqitish 8

4. O‘QITISH TO‘LOVLARINI AMALGA OSHIRISH VA
MONITORING QILISH TARTIBI
4.1. Ushbu shartnomaga muvofiq, Ta’lim oluvchini o‘qitish muddati _____ oyni, Ta’lim oluvchini o‘qitishning oylik to‘lovi _____________ (______________________________________
(raqam bilan) (so‘z bilan)
________________________________________________________________) so‘mni tashkil etadi.
4.2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son Qaroriga muvofiq, “Yoshlar daftari” Vasiylik kengashi tomonidan subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida o‘quv kursi uchun belgilangan mablag‘lar Ta’lim oluvchinining o‘qiganligini tasdiqlovchi hisob-faktura va dalolatnomaga asosan O‘quv markazining hisob raqamiga o‘tkazib boriladi.
4.3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son Qaroriga muvofiq, mahalladagi yoshlar yetakchisi ta’lim oluvchi tomonidan haqiqatda o‘quv kursida o‘qiyotganligini, O‘quv markazi tomonidan yoshlarga sifatli ta’lim berilayotganligini va muntazamligini har oyda kamida bir marta monitoring asosida o‘rganadi.
4.4. Tinglovchi darslardan ushbu shartnomaning 2.2.-bandida ko‘rsatilgan asoslarga muvofiq chetlashtirilgan taqdirda, o’zi o’qigan muddat uchun to’lovlarni amalga oshiradi.
O‘rganish jarayonida ta’lim oluvchi tomonidan o‘quv kursida o‘qimayotganligi, O‘quv markazi tomonidan shartnoma shartlariga rioya etilmayotganligi aniqlangan taqdirda, yoshlar yetakchisining taqdimnomasiga asosan o‘quv kursi uchun subsidiya berish to‘xtatiladi.
5. YAKUNIY QOIDALAR
5.1. Ushbu shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha yuzaga keladigan har qanday nizolar o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
5.2. Mazkur shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha yuzaga keladigan nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishning iloji bo‘lmaganida ushbu nizo javobgar tarafning yashash (yuridik) manzili bo‘yicha vakolatli sud tomonidan hal etiladi.
5.3. Mazkur shartnomani imzolanishi shartnoma shartlari bilan to‘liq tanishilganligini hamda shartnomadagi barcha ko‘rsatib o‘tilgan shartlarga rozilikni, e’tirozlar va qo‘shimchalar mavjud emasligini bildiradi.
5.4. Mazkur shartnoma taraflarning har biriga bir nusxadan jami ikki nusxada o‘zbek tilida tuzildi.



Yüklə 66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin