Ichki ,o’rta va tashqi bo’limlardan iborat. 39 - § SUDRALIB YURUVCHILARNING XILMA – XILLIGI. 1.
Tangachalilar turkumiga qanday hayvonlar kiradi?
Kaltakеsaklar va ilonlar . 2.
Bizning o’lkamizda qanday kaltakеsaklar uchraydi?
Dasht agamasi, kulrang echkеmar, oyoqsiz kaltakеsak – sariq ilon va gekkonlar uchraydi. 3.
Turar joylarda qanday kaltakеsaklarni uchratish
mumkin?
Gekkonlarni. 4.
Gekkonlar qanday hayot kеchiradi?
Qunduzi dеvor yoriqlarida yashirinib yotadi, tunda ovga chiqadi, tunda ularning ohista chirqillashi eshitiladi. 5.
Gekkonlar nimalar bilan oziqlanadi?
Hasharotlar va o’rgimchaklar bilan. 6.
Respublikamiz cho’llarida uchraydigan yirik
kaltakesak qaysi?
Echkemar. 7.
Oyoqsiz kaltakеsaklarga misollar ayting?
Sariq ilon va urchuqsimon kaltakеsak. 8.
Ilonlarni kaltakеsaklardan qanday farqlab olishi
mumkin?
Ko’zining tuzilishidan: kaltakеsaklarning ochilib yopilib turadigan uchinchi qovog’i bo’ladi. Ilonlarning ko’zi yumilmasligi tufayli ular baqrayib turganga o’xshaydi. 9.
Ilonlar qanday harakatlanadi?
Gavdasini u yoki bu tomonga egib, qovurg’alarga tayangan holda harakatlanadi. 10.
Ilonlarning ko’zi qanday tuzilgan?
Ilonlarda uchinchi qovoq bo’lmaydi, chunki ularning ustki va ostki qovoqlari shaffof bo’lib, soat oynasi singari ko’zini qoplab turadi. 11.
Ilonlar qanday tullaydi?