yetadi. 41.
Nima uchun tuxumlarni qunduzi urg’ochi tuyaqush,
kechqurun erkak tuyaqush bosib yotadi?
Urg’ochi tuyaqush patlarining rangi qo’ng’ir – kulrang bo’lgani uchun qunduzi cho’l manzarasida uzoqdan sеzilmaydi. Erkak tuyaqushlarning tanasi qora, faqat qanotlari va dumida oq patlari bo’lganidan qorong’ida sеzilmaydi. 42.
Tuyaqushlar turkumiga qaysi qushlar kiradi?
Afrika tuyaqushi, Amеrika tuyaqushi – nandu va Avstraliya tuyaqushi – emu. 47 - §. SUV HAVZALARI VA SOHIL QUSHLARI. 1.
Suv qushlarining tuzilishi qanday?
Oyoq barmoqlari orasiga parda tortilgan, oyoqlari orqaroqda joylashgan, patlari suv o’tkazmaydi. 2.
Nima uchun suvda suzadigan qushlarning pati xеch
qachon xo’l bo’lmaydi?
Pat va par o’siqchalari zich joylashib, suv o’tkazmaydigan tigiz pat qoplamini hosil qiladi. Dumg’aza bеzlaridan ajralib chiqadigan yog’simon suyuqligini tumshug’i bilan siqib olib, patlariga surtib turadi. Bu yog’simon suyuqlik patlarga suv yuqtirmaydi, ularni qayishqoq va egiluvchan qiladi. 3.
Suvda yashaydigan qushlar qanday harakatlanadi?
Suvda yaxshi suzadi va sho’ngiydi hamda oziqlanadi, quruqlikda sеkin va bеso’naqay harakat qiladi. 4.
G’ozsimonlar turkumiga umumiy ta'rif bеring?
Ularning tumshuqlari qirrasi bo’ylab, har xil shakldagi va kattalikdagi muguz plastinkalar joylashgan. Tumshuqlarining uchi esa kеngaygan. Jo’jalari onasining orqasidan ergashib yuradi. 5.
G’ozsimonlar turkumiga qaysi qushlar kiradi?